Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix01.01.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#110365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish

Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishiga oid ta’kidiy diktant. 

1.  Dala  yo’lining  ikki  tomoni  bog‘lar,  tutash  gullar  bilan  qoplangan.  2. 

Daraxtlar  orasidan  ishchilarning  bir  xilda  qurilgan  shinam  uylari,  kichik-kichik 

bog‘chalari ko‘rinib turadi. 3. Xirmonga katta yo‘ldan yoki yolg‘izoyoq yo’ldan 

boriladi  4.  Tabiatdan  inson  manfaatlarini  ko‘zlab  oqilona  foydalanish,  tabiat 

boyliklarini  asrash,  qo‘riqlash va ko‘paytirish hammaning burchi hisoblanadi. 6. 

Teraklarning  elektr  nuridan  olachipor  ko‘ringan  barglari  goh  shivillar,  goh 

shovillardi. 



Matnni  o‘qib,  uyushiq  bo‘laklarni  topish. Uyushiq bo‘laklar orasiga nima 

uchun vergul qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini tushuntirish. 

Bir-birini  kesishgan,  uzun,  adil,  keng  va  jimjitgina  ko‘chalar  bo‘ylab 

qatorlashgan  uylar  yap-yangi  va  shinam  edi.  Daryo  tomondan  suvlarning  jonli, 



 

 

nash’ali  kuyi  oqar  edi.  Uylar  orasidagi  devorlarni  chirmovich  gullar  yo  qovoq 



palaklari yoki yosh mevali daraxtlarning novdalari bezar edi.  

Uyushiq bo‘laklarda vergulning ishlatilishiga oid o‘z-o‘zini tekshirish diktanti. 

1.  Inson  mehnati,  odobi,  axloqi  va  intizomi  bilan  go‘zal.  2.  Zarqishloqning 

katta-kichik  ko‘chalarida,  serdaraxt  bog‘larida  ko‘klam  namoyishi  kezadi.  3. 

Dilmurod  goh  to‘xtar,  goh  bir-ikki  odim  bosardi.  4.  Inson  birlik,  do‘stlik,  ezgu 

maqsadlar 

bilan 


go‘zal 

va 


kuchli. 

5.Uchopganidanmi 

yo 

qattiq 


hayajonlanganidanmi tez-tez nafas olardi. 6. Sayohatchilar goh atrofdagi xilma-xil 

o‘simlik va gullarga, goh qorli cho‘qqiga qarab yuqoriga intilishmoqda.  



Mustaqil ish. Biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchili va bog‘lovchisiz bog‘langan 

uyushiq bo‘lakli gaplar tuzish. 

So’ngra  uyushiq  bo‘laklarning  bog‘lovchi  vazifasida  qo‘llangan  bilan 

ko‘makchisi, -u (-yu), -da, ham yuklamalari yordamida bog‘lanishiga oid amaliy 

ishlar bajariladi, nazariy ma’lumotlar o‘rganiladi. 

Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.  

Bilan  ko‘makchisi  biriktiruv  bog‘lovchisi  vazifasida    ham  qo‘llanadi.  Bu 

vaqtda  uning    o‘rnida  va,  hamda  biriktiruv  bog‘lovchilarini  qo‘llash  mumkin 

bo‘ladi: 

                                             bilan 

 

Shu payt eshikdan vrach    va      hamshira kirib keldi. 



 

                                    hamda 

 

Bilan ko‘makchi  bo’lib kelganda  esa uning  o‘rnida  biriktiruv bog‘lovchilarini  



qo‘llab bo‘lmaydi. Biz qunt bilan o‘qiymiz, o‘rganamiz. 

Bilan  bog‘lovchi  vazifasida  kelganda,  uyushiq  bo‘laklar  orasida  pauza 

sezilmaydi.  Shunga  ko‘ra  bilan  ko‘makchisi  bog‘lovchi  vazifasida  qo‘llangan 

uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmaydi: 

                                kim? 

       kim? 

Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi. 



 

 

Agar bilan so‘zidan keyin qisqa pauza qilinsa, uyushiq bo‘laklar emas, birgalik 



ma’nosini ifodalovchi to‘ldiruvchi hosil bo‘ladi: 

                                kim  bilan?       kim? 

Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi. (hamshira vrach bilan...) 

Mustaqil ish. Bilan qaysi gaplarda ko‘makchi, qaysi gaplarda bog‘lovchi 

vazifasida qo‘llanganligini aniqlash. 

1.  Tog‘  bilan  tekislik  orasida  ham,  tog‘lar  orasida  ham  ko‘pgina  shahar  va 

qishloqlarimiz bor. 2. Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra 

boshladi.    3.  Malikov  bilan  Anvar  boshqa  brigadaga  qarab  yo‘l  oldilar.  4. 

Bepoyon Qizilqumning janubiy qismi Amudaryo qirg‘oqlari bilan tutashib ketgan. 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin