Mavzu: O’qish darslarida badiiy til vositalari ustida ishlash. Mundarija I. Kirish


O’qish darslarida badiiy til vositalari ustida ishlash



Yüklə 65,27 Kb.
səhifə2/17
tarix24.11.2023
ölçüsü65,27 Kb.
#134042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
23 O‘qish darslarida badiiy til vositalari ustida

1. O’qish darslarida badiiy til vositalari ustida ishlash
O'quvchilaming nutq madaniyatini o'stirish til va adabiy ta'limda muhim ahamiyatga ega. Chunki og'zaki va yozma nutqni yaxshi egallagan o'quvchi barcha fanlarni oson va to'liq o'zlashtiradi, unda bilim olishga va yangiliklarga intilish to- bora kuchayadi. Hozirgi zamon pedagogikasida o'quvchilar nutqini o'stirishga muhim pedagogik muammo sifatida qaraladi. Zero, A.Zunnunovning «Adabiyot o'qitish metodikasi»da keltirilganidek, o'quvchilar nutqini o'stirish, bu - uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, nutq o'stirish bilan bog'liq bo'lgan mashg'ulotlar izchil, doimiy ravishda o'tkazib borilmasa, ta'limning yaxshi, sifatli bo'lishiga, o'quvchilarning madaniy nutqini egallashlaiiga erishib bo'lmaydi.
Matn ustida ishlash orqali o'quvchilar nutqini o'stirish eng maqbul usullardan bo'lib, bu jarayonda quyidagi ko'nikma va malakalar hosil qilinadi:

  1. bilim olish;

  2. to'g'ri, ravon va ifodali o'qish;

  3. ijodiy va mustaqil fikrlash;

g) tahlil qilish va kerakli xulosa chiqarish;

  1. odob-axloqli bo'lish;

  2. nutq madaniyatini egallash. 1

O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirishga harakat qilish lozim. Chunki har ikkala nutq shakli bir-birining o'sishi hamda takomillashib borishi uchun xizmat qiladi. Asar matni ustida ishlashda ham bu talablarga amal qilinadi.
Boshlang'ich sinf o'qish darslari yuqori sinflardagi adabiyot darslarining tarkibiy qismi bo’lib, ulardagi asosiy ish turi matn ustida ishlashdir. Asar matni ustida ishlash orqali ham og'zaki, ham yozma nutq o'stirishni o'qish darslarida o'rganiladigan matnlar misolida ko'rsatish mumkin.
Lug'at ustida ishlash orqali nutq o'stirish. Bunda o'quvchilar matnni o'qib bo'lgach, undagi notanish so'zlami aniqlaydilar va o'qituvchi yordamida ularni tushunib oladilar. Masalan, 2-sinf “O'qish kitobi”da (mualliflar: Q.Abdullayeva, M.Yusupov, M.Mahmudova, S.Rahmonbekova) keltirilgan “Sumalak”3 (rivoyat) matni ustida quyidagicha lug'at ishi o'tkazish mumkin:
Urug'lik - ekish uchun olib qo'yilgan don.
Ivitish - suvga solmoq Nish urmoq - o'sa boshlamoq Qiymalash - mayda qilib to'g'rash Azonda - erta tongda Tatib ko'rmoq - yeb ko'rmoq Lazzatli ne’mat - shirin ovqat Bardam bo’lish - sog'lom bo'lish

  1. Matn mazmunini qayta hikoya qilish orqali nutq o'stirish. Mazkur turda o'quvchilar matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib, obrazlarni o'zgartirib, o'z fikilarini bildirib qayta hikoya qiladilar. Qayta hikoyalashda, albatta, matndagi so'zlardan foydalanish yaxshi samara beradi. “Sumalak” rivoyatini qayta hikoyalashda o'quvchilar asosiy o'rinlarni ajratishi, lug'at ustida ishlash orqali o'rgangan so'zlarini ishlatishi lozim. Bunday qayta hikoyalash quyidagicha bo'lishi mumkin:

“Qadim zamonda bir dehqon bor ekan. U bahor kelgach, urug'likka olib qo'ygan donini suvga solib qo'yibdi. Ob-havo yomon bo'lib, ivitilgan bug’doy nish urib o'sa boshlabdi. Dehqonning bola-chaqasi och ekan. Shuning uchun bug'doy uvol bo'lmasin deb, kampiriga undan biror ovqat qilishini aytibdi. Kampir dehqon qiymalagan bug'doyni qozonga solib qaynatibdi. Azonda uyqusi o'chib, qozondan xabar olgani borsa, juda ajoyib hid dimog'iga urilibdi. Qozondagi ovqatni tatib ko’rsa, juda mazali emish. Kelasi yil ham dehqon bolalarining o'sha taomdan yegilari kelibdi. Shu tariqa sumalak pishirish odati paydo bo'lgan ekan. Sumalak xalq orasida keng tarqalib, bahoming lazzatli ne’matiga aylanibdi. Sumalak har yil Navro'z bayramida tayyorlanadi. Bu ovqat odamlarning sog'ligini tiklashga va bardam bo'lishga yordam beradi”

  1. Matnga oid savol-javoblar ustida ishlash orqali nutq o'stirish. Bunda faqat darslikdagi savol va topshiriqlar bilangina cheklanib qolmay, balki har bir darsda o'quvchilarni o'ylashga, mulohaza yuritishga chaqiruvchi yangi savollar tuzish va o'quvchilar hukmiga havola etish lozim. “Sumalak” matniga oid quyidagicha yangi savollar tuzish mumkin:

  1. Dehqon nima uchun bug'doyni ivitib qo’yadi?

  2. Dehqon nimani o'ylaydi?

  3. Kampir pishirgan taomni ta'riflash uchun qanday so'zlar ishlatgan?

  4. Rivoyatdagi “mo'l-ko'l” so'zini qanday tushunasiz?

  5. Keyinchalik dehqonlar donni nimalarga olib qo’yadigan bo'lishibdi?

  1. Dehqonning bolalari xush ko'radigan taom nima deb atalibdi?

  2. Sumalak qanday xususiyatlarga ega ekan?

  1. Test topshiriqlari ustida ishlash orqali nutq o'stirish. Bu usul o'quvchilarni har tomonlama o’ylashga, matn mazmunini chuqurroq o'zlashtirishga, matndagi har bir so'zga alohida ahamiyat berishga o’rgatadi. Test usili o'quvchilar uchun qiziqarli bo'lib, ular berilgan topshiriqlarni bajonidil bajaradilar.

Masalan, “Sumalak” rivoyatiga oid quyidagicha test topshiriqlarini tuzish mumkin: . “Sumalak” rivoyati qahramonlari qaysi javobda to'g'ri berilgan?

  1. dehqon, hunarmand.

  2. kampir, kenja botir.

  3. to'g'ri javob yo'q.

  1. “Sumalak” haqidagi rivoyatda nima uchun bug'doy nish urib o'sa boshlabdi?

  1. suvga solib qo'yilganligi uchun.

  2. ob-havo hadeganda ochilmaganligi uchun.

  3. a va b.

3. Sumalakni qanday usulda pishirishadi?

  1. qaynatish usuli bilan.

  2. qovurish usuli bilan.

  3. olovda toblash bilan qovurib olinadi.

  1. “Sumalak” matnida “suvga solmoq” birikmasining ma'nosiga teng bo'lgan ma'nodosh so'zni toping.

  1. bardam.

  2. ivitish.

  3. bo'ktirish.

  1. “Sumalak” rivoyatida nima tasvirlangan?

  1. sumalakning kelib chiqishi va pishirilishi.

  2. dehqon va kampirning bolalarini ochlikdan qanday qilib saqlab qolganligi.

  3. a va b.

Matndagi iboralar, so'z va so'z birikmalari o'quvchilar nutqiga ko'chib, ular nutqining jozibador bo'lishiga olib keladi. Qadimdan nutq madiniyati va odobiga alohida ahamiyat berib kelingan. Misol uchun Kaykovus o'zining “Qobusnoma” nomli asarida farzandiga qarata shunday deydi: “.... Ey farzand, so'zning yuzin va orqasin bilg'il va ularga rioya qilg'il, har ne so'z desang yuzi bila degil. To suxangoy bo'lg'aysan. Agar so'z aytib, so'zning nechuk ekanin bilmasang qushga o'xsharsankim, unga to'ti derlar, ul doim so'zlar, ammo so'zning ma'nosin bilmas.
... So'zni bag'oyat ulug' bilg'il, so'z osmondin kelmas va ul xor narsa emasdur. Qay bir so'zniki bilsang joyini o'tkarmay aytgil, vaqtni zoye qilmagil, yo'q ersa donishga sitam qilg'on bo'lg'oysan. Har so'z desang rost degil va bema'nilikni da'vo qilguvchi bo'lmag'il”
Shunday ekan, nutq o'stirish ishining qulay, samarali va yangicha usullaridan foydalanib, bolalarimizga nutq madaniyatini o'rgatish, imloviy savodxon bo'lishiga ko'maklashish eng muhim vazifalardandir.Bu ishlarni amalga oshirishda esa matn ustida ishlash texnologyalaridan unumli foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 65,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin