3. O'qilgan asar mazmunini to'liq anglash, bilib olish uchun
o'qituvchi topshirig'ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi
mumkin:
o'qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering.
(,,Omonatga xiyonat", 4-sinf)
o'qing va nima uchun hunarsiz kishi o'limga yaqinligini tu-
shuntirib bering. (,,Hunarsiz kishi o'limga yaqin", 4-sinf) va hokazo.
Ba'zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi:
matnning ayrim o'rinlaridan foydalanib (ko'chirma olib) qayta
hikoyalash;
hikoyani bir sujet chizig'i asosida qayta hikoyalash;
matnni qisqartib qayta hikoyalash;
matnning shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va boshq.
4. O'qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.
Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
o'qilgan matnga oid rasm chizish;
rasmga matndagi so'zlar yoki o'z so'zi bilan sarlavha qo'yish;
o'qituvchi tomonidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib
reja tuzish;
matnni qismlarga bo'lish va har bir qismga sarlavha qo'yish va
hokazo.
Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o'quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni to'g'ri tashkil qilish uchun material tanlashda o'qituvchiga yordam beradi.
3.“Toshkent” hikoyasi matnini ifodali o’qish va ko’rgazmali usulda o’rgatish orqali o’quvchilar nutqini rivojlantirish Ifodali o’qish deb asardagi tinish belgilari mantiqiy urg’u o’qish jurati to’htamlari rioya qilib o’qishga aytiladi. 5 Ifodali o’qish intonatsiya ohang yordamida asarning g’oyasi va jozibasi to’g’ri aniq yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. Ifodali o’qish adabiyotni konkret va ko’rgazmali o’qishning dastlabki va asosiy formasidir. Demak, ifodali o’qishning asosiy vazifasi asosning mazmuni va inosionalligini intonatsiya orqali o’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. Ifodali o’qishning asosiy tamoyili shuki, o’qiladigan asar g’oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushintirishdir.
Ohang og’zaki nutqning birgalikda xarakat qiluvchi (urg’u, jurat, ritm, ovozning past-balandligi) ning yig’indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta'sir etadi va xammasi birgalikda asarning mazmunini, g’oyasini, qaxramonlarni turli kayfiyatini, ichki kechinmasini ifodalaydi.
O’quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardir:
Nutq jarayonida nafas olishdan foydalana bilish (nafasni taqsimlay bilish)
Har-bir tovushning to’g’ri artikulyasi va aniq diktiya (burro gapirish) malakasini egallash.
Adabiy talaffus me'morlarinigina egallash emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya qilishga ham ta'luqlidir; o’quvchining har qanday hikoyasi ifodali bo’lishi zarur.
Ifodali o’qitishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilin uzviy bog’lanadi. Shuning uchun o’qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talafuz qilayotganda o’z nafasini boshqara olish va ovozdan to’g’ri foydalanishda o’rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchli, baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik, yoqimli -yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O’quvchilar matn mazmuniga qarab baland yoki past ovozda o’qishda, nutqda tez o’rtacha yaki sekin suratni tanlashga, biror tuyg’uni ifodalashga o’rganadilar.
Ifodali o’qishga tayyorgarlik shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi.
Asarning aniq mazmunini tushunish unda qatnashgan shaxslarning xatti- harakatini taxlil qilish, asarning g’oyasini belgilash, ya'ni asarni, uning timsollarni badiiy vositalari bilan yaxlit xolda tushunish.
Matn qayerda to’xtab, mantiqiy urg’uning o’rnini, o’qish suratini belgilab olish.
O’qishni mashq qilish. Avtor fikrini uning tasvirlangan voqea-xodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan bera olish uchun shartini qayta o’qish.
Asarning mazmunini va g’oyaviy yo’nalishini taxlil qilish ifodali o’qishga o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda mantnni tushunish, avtor hikoya qilgan vokealarga o’z munosabatini bildirish asosiy vazifa xisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish uchun asarni o’qituvchinng o’zi ifodali qilib o’qib berishi muxim ahamiyatga ega.
Ifodali o’qish ko’rsatkichlari:
-Belgilangan surat va tinish belgilariga rioya qilib o’qish,
-Belgilangan to’xtamlarga rioya qilish,
-Ovozning past-balandligini to’g’ri belgilash,
-O’qiyotganda timsol xususiyatlarini ifodalash,
Quyidagi “Toshkent” hikoyasini ifodali o’qish usulida o’rgatish darsidan namuna bermoqchimiz.
Xulosa Talim - tarbiya jarayoniga “interfaol metodlar” nomi bilan kirib kelayotgan metodlardan biri bo’lgan aqliy xujumning maqsadi o’quvchilarning faolligini oshirish ularni erkin mustaqil mulohaza yuritishga undash hammani bir xil qalipda fikrlashdan ozod qilishi malum mavzu yuzasidan har xil fikrlarni to’plash va masalaga ijodiy yondashuvni taminlashdan iborat, o’quvchilar oldiga ulardan aqliy zo’riqishini talab qiladigan muayyan bir masala qo’yiladi. Shu masala bo’yicha ishlayotgan har bir o’quvchi tomonidan aytilgan fikrni rag’batlantirishi va qayd etib borishi ishtirokchilarning erikinliklarni taminlash bildirilgan fikrlar asoslanishni talab etish baxs davomida birorta fikrni talab emunossir qolqirmaslik talab qilinadi.
O’quvchilar tomonidan aytilayotgan fikrlarga e'tiborsizlik bilan qarashlarni tanqid qilish yoki fikrlardan qutulish taqiqlanadi. Aqliy xujum o’quv muammolarini hal qilishda qo’llaniladigan metod. U qatnashchilarning masalalari bor bilish va imkoniyatlardan unumli foydalanishga yo’naltirilgan har qanday muammoni masalaga ko’p sonli yechimlar topishga imkon yaratadi.