Mavzu: O`qish darslarida ertak o`tish uslubiyoti. Mundarija


II-Bob. Ertaklarni janriy xususiyatlariga ko`ra o`rganish



Yüklə 44,52 Kb.
səhifə6/7
tarix26.11.2023
ölçüsü44,52 Kb.
#136348
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu O`qish darslarida ertak o`tish uslubiyoti. Mundarija-fayllar.org

II-Bob. Ertaklarni janriy xususiyatlariga ko`ra o`rganish.
2.1. Ertakni o`qish metodikasi.
Biz bilamiz,ertaklar bolajonlar uchun juda qiziq bo`ladi.Shu sabab biz bu bo`limizda,bunga alohida to`xtalishni xohladik. Ertak kichik hajmli badiiy asar bo`lib, unda kishi hayotidagi ma`lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Ertak ko`pincha kishi hayotida bo`lgan bir epizodni tasvir etadi.
Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir” Ertak mazmunan boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarni qahramonlaming xatti harakati, tashqi ko`rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi ertaklar ko`proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami ertak bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog`lab olib boriladi.Boshlang`ich sinflarda ertakni o`qishga bag`ishlangan izohli o`qish darslarida o`qilgan ertak mazmunini ochish, lug`at ustida ishlash, o`qilgan matnni qayta ertaklash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Ertak mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So`roqlardan ikki maqsadda: ertak mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xattiharakat o`rtasidagi bog`lanishlami aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ertakni o`qish darsida o`quvchilar tushunmaydigan so`z va iboralar ma`nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular ertak mazmunini tushuna olmaydilar. Ertakni o`qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o`quvchilar nutqini o`stirish markaziy o`rin egallaydi. Ertak o`qib bo`lingach, o`quvchilar o`ylashi, o`z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O`qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad ertak bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta `sir etganini bilishdan iborat.
Shundan keyingina ertak sujeti, voqeaning yo`nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g`oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. Badiiy asarni tahlil qilishda sujetni to`liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e `tibordan chetda qolmasligi lozim. Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o`ziga tortadi. Lekin ertak janri ham hayotiyligi bilan o`ziga xos. Ertakda voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog`liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O`quvchilar qahramonlaming xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar.


XULOSA
Albatta biz so`zimiz so`ngida shunga iqror bo`ldik,ertak bilan dars o`tish juda muhimdir,bolajonlar qiziqib o`rganishiga imkon beradi.Ertak kichik hajmli badiiy asar bo`lib, unda kishi hayotidagi ma`lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Ertak ko`pincha kishi hayotida bo`lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir». Ertak mazmunan boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarni qahramonlam ing xatti-harakati, tashqi ko`rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi ertaklar ko`proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami ertak bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog`lab olib boriladi. Boshlang`ich sinflarda ertakni o`qishga bag`ishlangan izohli o`qish darslarida o`qilgan ertak mazmunini ochish, lug`at ustida ishlash, o`qilgan matnni qayta ertaklash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Ertak mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So`roqlardan ikki maqsadda: ertak mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ertakni o`qish darsida o`quvchilar tushunmaydigan so`z va iboralar m a`nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular ertak mazmunini tushuna olmaydilar. Ertakni o`qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o`quvchilar nutqini o`stirish markaziy o`rin egallaydi. Ertak o`qib bo`lingach, o`quvchilar o`ylashi, o`z mulohazalarini ay. tishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O`qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad ertak bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahram onning xarakteri bolaga ta`sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina ertak sujeti, voqeaning yo`nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g`oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. ―Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir‖ – degan edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda egallangan bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko‘p yil, balki asrlarga ham asqotadi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim- tarbiya beruvchi o‘qituvchiga juda ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi erkin fikrli keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, yangiliklarni tezda ilg‘ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar bo‘lishi lozim.Shundagina u ko‘zlagan maqsadiga yetishadi.Ona tili darslarida imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish hozirgi kun tilshunoslik ta‘lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir. Umuman olganda, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat o‘quvchilarning, balki shu yurt tuprog‘ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-biyron so‘zlayotgan har bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi yo‘l belgilaridek bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quvchilarni bolalikdanoq bilimli, salohiyatli va aqli raso qilib tarbiyalash lozim. Shundagina, har qadamda, bot –bot duch keladiganimiz – imloviy xatoliklarning birmuncha oldi olinardi, deb o‘ylayman.


Yüklə 44,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin