Bo`g`in o`qish. Bunda k harfini o`rganilgan unli harflarga qo`shib bo`g`inlar tuzdiriladi va o`qitiladi.
Rasm asosida suhbat. Bunda o`qituvchi ko`rgazmani harakatlanadigan qilib tayyorlasa, o`quvchilarda qiziqish uyg`onadi, yangi mavzu oson o`zlashtiriladi.
Xattaxtaga bosma harflar bilan quyidagi matn yoziladi:
Kamol Komilaga kitob olib keldi. Komila kitobni oldi. U kitobni toza saqlashga so`z berdi.
Bu gaplar bolalarga bo`g`inlab o`qitiladi. O`quvchilar nutqini o`stirish maqsadida quyidagi savollar beriladi:
Kamol kitobni qayerdan olgan?
U kitobni kimga sovg`a qildi?
Komila nega xursand bo`ldi?
Komila akasiga qanday va‟da berdi? Kartochkalarga yozilgan bo`g`inli so`zlar o`qitiladi.
Dostları ilə paylaş: |