O`qish darslarini o`rgatish davrida o`quvchilarni o`qishga o`rgatishda kesma harflar va jadvallardan foydalanish
Ma'lumki, O`qish darslarini o`rgatish jarayonidagi asosiy davrning vazifasi o`quvchilarni tovush va harf bilan tanishtirish, ularning to`g`ri talaffuzini o`rgatish orqali bolalarda bo`g`inlab to`g`ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini shakllantirishdir. Shuningdek, o`quvchilar lug`atini boyitish, bog`lanishli nutqini o`stirish, bilimini boyitish, tafakkurini, eshitish, qabul qilish sezgisini o`stirish ham shu davrning vazifalariga kiradi.
Asosiy davrda tovush-harf bilan tanishtirish Nn tovush va harfi bilan boshlanadi, o`rganilgan tovush-harflarni o`zaro bog`lab so`z tuzish va o`qish alifbo davri sanaladi. Bo`g`inlardan so`z tuzish va o`qish, so`zlardan gap tuzish va o`qish mashqlari bajariladi. Bolalar tovushlarni yozuvda harf bilan ifodalash, harflardan bo`g`in va so`z tuzishga, ularni o`qishga o`rganadilar. Gap va bog`lanishli matnni ongli, to`g`ri , bo`g`inlab o`qish ko`nikmasini egallaydilar.
O`qish darslarini o`rgatishning asosiy davri darslarida o`quvchilarning boshqalar nutqini diqqat bilan tinglash va nima haqida gapirayotganini tushunib olish ko`nikmalari o`stiriladi. Bolalar sinf o`quvchilari oldida gapirishga, o`qituvchining savollariga javob berishga, topshiriqlarni mustaqil bajarishga, bilmaganlari va o`zlari qiziqqan narsalar to`g`risida so`rab bilib olishga, o`qiganlarini qayta hikoyalashga, o`zlari kuzatgan, ko`rgan diafilm va kinofilmlar hamda eshitgan va o`qigan hikoya, ertaklarini kuzatgan rasmlari haqida hikoya qilib berishga o`rganadilar.
“Alifbe”, tarqatma material va metodik qo`llanmalarda berilgan didaktik o`yinlardan foydalanib, bir turidan boshqa turiga o`tiladi va toliqishining oldi olinadi.
O`quvchilarni o`qishga o`rgatish bo`g`in asosida olib boriladi. Bo`g`inlab o`qishga o`rgatish uchun so`zni bo`g`inga bo`lish, bo`g`in chegarasini aniqlash muhim sanaladi. O`qish darslarini o`rgatish davrida o`quvchilar so`zlarni bo`g`inlarga to`g`ri bo`la bilsalar, o`qish ko`nikmasini ham yaxshi egallaydilar. Bu analitik mashqlar asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |