Mavzuning o`rganilish darajasi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq o`qish darsliklariga va metodik adabiyotlarda o`qitishning samarador usullarini ishlab chiqib, ta'lim jarayoniga tadbiq etish, yuqori natijalarga erishishga katta
ahamiyat berila boshlandi.
Bugungi yosh avlod “Alifbe” darsligi asosida tovush va harfning farqini o`rganib boradi. Tovushni harfga, harfni tovushga aylantirish aqliy faoliyat orqali amalga oshiriladi yoki tovushni harfga, harfni tovushga `tarjima qilish` deb tushunish kerak. O`qitishning bu usuli tahlil-tarkib tovush metodi deyiladi. Tahlil- tarkib tovush metodi deganda nutqdan gapni, gapdan so`zni, so`zdan bo`g`inni, bo`g`indan so`z, so`zdan gap, gapdan nutq anglashiladi. Bu metod S.P. Redazubov tomonidan mukammal ishlangan. Bu usul o`zbek olimlaridan K. Abdullayeva, K.Qosimova, Y.Abdullayevalar tomonidan yoritilgan.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini o`qishga o`rgatish bo`yicha K.Qosimova, S.Matchonov, X. G`ulomova, Sh. Yo`ldosheva, Sh.Sariyev muallifligida oliy ta'lim talabalari uchun yaratilgan “Ona tili o`qitish metodikasi“2 darsligida, T.Ashrapova, M.Odilovalarning pedagogika bilim yurtlari uchun nashr etilgan “Ona tili o`qitish metodikasi“ darsligida boshlang`ich sinf o`quvchilarini o`qish ko`nikmalarini shakllantirish metodikasi yoritilgan. Bundan tashqari, S.Matchonov, X. G`ulomova, M.Suyunov, H. Boqiyevalarning “Boshlang`ich sinf o`qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish“ qo`llanmasida, S.Matchonov, X. G`ulomovalarning “Boshlang`ich ta'lim“ jurnalida boshlang`ich sinf o`quvchilarini o`qishga o`rgatishga doir qator maqolalarida o`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini
takomillashtirish borasida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda o`qishning inson hayotidagi o`rni asoslab berilgan.
Boshlang`ich sinf o`qish darslarini tashkil etish bo`yicha T. G`afforova, X.G`ulomovalarning “1-sinfda o`qish darslari“, T. G`afforova va boshqa mualliflar hamkorligida yaratilgan “2-sinfda o`qish darslari“, M.Umarovaning “3-sinfda o`qish darslari“ S.Matchonov, X.G`ulomova, Z. Doliyevlarning “4-sinfda o`qish darslari“, S.Matchonov va boshqalar ” Boshlang`ich sinf o`qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” metodik qo`llanmalarida3 o`quvchilarni o`qitish bo`yicha metodik tavsiyalar berilgan.
Dostları ilə paylaş: |