Mavzu: “O'qish darslarida masal o'tish uslubiyati mundarija: kirish



Yüklə 117,5 Kb.
səhifə12/13
tarix25.11.2023
ölçüsü117,5 Kb.
#134526
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu “O\'qish darslarida masal o\'tish uslubiyati mundarija kir

Uzum haqida masal
Bir-birini tushunmaslik doʼstni dushmanga aylantirishi haqida Jaloliddin Rumiyning shunday masali bor.
Turli tillarda turlicha aytilgan aynan bir soʼz baʼzan oʼzaro nizoga sabab boʼlishi mumkin. Turk, arab, fors va yunon millatidan boʼlgan toʼrt nafar yoʼlovchiga bir saxiy odam oltin tanga hadya etadi.
Yoʼlovchilar oʼrtasida tangani qanday sarflash borasida janjal chiqadi. Forsiy tilda soʼzlovchi yoʼlovchi sheriklariga:
— Yuringlar, bozorga boramiz-da, angur* (izoh: انگور – fors tilida uzum) sotib olamiz, —deydi.
— ey firibgar! — uning soʼzini boʼladi arab. — Men angur emas, eynab* (izoh: عنب – arab tilida uzum) yeyishni xohlayman!
Turkiy yoʼlovchi esa ularning har ikkisiga eʼtiroz bildirib, shunday deydi:
— Birodarlar, nega shovqin koʼtarasiz, balki bu pulga uzum sotib olarmiz?
Yunonistonlik yoʼlovchi esa:
— Qanday odamsiz oʼzi. Kelinglar, stafil* (izoh: σταφύλια – yunon tilida uzum) sotib olamiz-da, mazza qilib yeymiz, — deydi.
Shu tariqa toʼrt yoʼlovchi bir-birini tushunmay, janjallashib qoladilar. Аslida ular aynan bir narsani istashardi.
Toʼrt yoʼlovchi bilimsizlik, nodonlik tufayli bir-birlarini rosa doʼpposlashdi. Аgar ularning orasida yuz tilni biladigan odam boʼlganda bir soʼz bilan nizoga chek qoʼyishi mumkin edi.
Masal (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Taʼlimiy harakterdagi, aksariyat kichik sheʼriy, baʼzan nasriy shakldagi asar. M.da insonga xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz asosiga quriladi, komiklikning va ki-noyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunligi M.ga hajviy ruh bagʻishlaydi. M.ning hikoya qismi hayvonlar haqidagi ertaklar, novella yoki latifalarta yaqin boʻlib, xotimasi, taʼlimiy xulosasi maqol, hikmatli soʻz va iboralar tarzida boʻladi. M. materiallari aksariyat ertak, majoz, novella, latifa va boshqa da ham qoʻllanishi mumkin. Ramzli hikoyadan farqli ravishda M.ning oʻz anʼanaviy obrazlar va motivlar doirasi mavjud boʻladi (hayvonlar, oʻsimliklar, qushlar, muayyan tizimdagi odamlar va h.k.). M. janri unsurlari juda qadimdan maʼlum. Uning namunalari "Kalila va Dimna" (Panchatantra, 3-asr) tarkibida uchraydi. M.lar Farididdin Attor, Rumiy, Navoiy asarlarida tamsil uchun ishlatilgan. Gulxaniy "Zarbulmasal" asarida M.dan mohirlik bilan foydalangan.
Qad. yunon adabiyotida Ezop (milodiy 6—5-asrlar), Rim adabiyotida Fedr (miloddan avvalgi 1-asr), fransuz adabiyotida Lafonten (17-asr), rus adabiyotida Krilov bu janrning yetuk namoyandalari sifatida shuhrat qozonganlar. Rus adabiyotida D. Bedniy, S. Marshak, S. Mixalqov M.ning ajoyib namunalarini yaratdidar. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida S. Abduqahhor, O. Qoʻchqorbekov, Ya. Qurbonov va boshqa M. janrini rivojlantirdilar


XULOSA
Ma’lumki, tarbiya ko’proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’kuvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar.
Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi.
Har bir Masalda yotgan hikoyalar bolalarga haqiqiy hayot nima ekanligini va bu qiyin yo'lda qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini tushunadigan tilda aytib beradi. Va eng muhimi, har bir Masalda siz ushbu vaziyatdan chiqishning bir nechta yo'lini topishingiz mumkin.
Biz ko’pincha Masalning kirish qismida, ba’zan oxirida qissadan xissa, ya’ni ibratli xulosa chiqariladi. Bu o’quvchilarni ahloqiy tomondan tarbiyalashga katta imkon beradi.
Masalda fikrning qisqa, lo’nda, chiroyli va ifodali tasvirlanishi, tilining o’tkirligi va xalqchilligi o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirishda muhim material hisoblanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminasion nuqta va echimi bo’lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa va mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi.



Yüklə 117,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin