Mavzu: Oʻqish dasturi tahlili 1-sinf oʻqish kitobi tahlili Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Asosiy qism 1. 1-sinf oʻqish darsligi tahlili



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə2/5
tarix14.12.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#120988
1   2   3   4   5
2 g

Asosiy qism
1. 1-sinf oʻqish darsligi tahlili
Umumiy oʻrta taʼlim maktabining 1-sinf uchun "Oʻqish" darsligi 15-nashri Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan nashrga tavsiya etilgan boʻlib, "Sharq" nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati tomonidan 2019- yilda Toshkentda nashr qilingan.
Mualliflari: T.Gʻafforova, E.Shodmonov, G.Eshturdiyeva
Maʼsul muharriri: Safo Matchon -pedagogika fanlar doktori professor
Taqrizchilar:Sharofat Yoʻldosheva- Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti
Qimmatxon Mamatqulova - Respublika taʼlim markazi metodisti. Nargiza Nurmatova- Toshkent shahar Yunusobod tumani 273-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi.
1-sinf "Oʻqish" darsligi 127 sahifadan iborat.
Darslikning ikkinchi sahifasida uyga vazifa, topshiriqlar, oʻylab koʻring, dars tugadi kabi shartli belgilar berilgan. Darslikka kiritilgan mavzular oddiydan murakkabga tamoyili asosida tuzilgan boʻlib, mavzuga oid turli rasmlar, jadvallar, rebuslar berilgan. Rasmning rangli tasvirda boʻlishi 1-sinf oʻquvchilarning kitobga boʻlgan qiziqishini yanada oshiradi. Darslik dasturiga mos ravishda mavzular kiritilgan.
Darslikdagi mavzular tarkibiga kiritilgan mashqlar rang- barang boʻlib, ogʻzaki, yozma, mustaqil bajarishga moʻljallangan. Shuningdek, mavzu doirasi turlicha boʻlgan bayonlar ham kiritilgan. Materiallarni oʻrgatishda xalq ogʻzaki ijodiga mansub maqol, topishmoq, tez aytish, ertak va rivoyatlar berilgan.
Oʻquvchilarni har tomonlama barkamol avlod ruhida tarbiyalashga oid matnlarni ifodali oʻqish va tahlil qilish, ularning dunyoqarashini kengaytirish zarur hisoblanadi.
Darslik oʻquvchilarning oʻqish fanidan olgan bilimlarini yanada kengaytirishga va mustahkamlashga qaratilgan.




Darsliklardagi bo’limlar hasriy yoki lirik (she’riy ) ko’rinishda berilgan. Mavzu janrlari bir xil bo’lishi ham goho bolaga zerikarli bo’ladi. Misol qilib aytsak, 1-sinf “o ‘qish kitobi” darsligida “Biz vatanning ertasi” bo’limida 4 ta she’riy matn, 3 ta nasriy matn berilgan. ”Moʻjizaviy qish“ bo’limida 3 ta she’riy matn, 2 ta nasriy matn berilgan.Jami 9 ta bo’lim mavjud bo’lib,25 dan ortiq she’r va 45 dan ziyod matn va ertaklar mavjud. Bo’limlarni o’rganishda o’qituvchi shu bo’lim mavzusi g’oyasi, maqsadidan kelib chiqqan holda, bukletlar va suratli ko’rgazmalar tayyorlasa, sinf xonasining xat taxtasiga to bo’lim mavzulari tugaguncha ilib qo’yilsa yanada samarali bo’ladi. Har bir bo’limlar so’ngida bo’lim yuzasidan takrorlash darsi o’tiladi. O’qituvchi mana shu darsda darsliklarda keltirilgan savol-topshiriqlargagina tayanib qolmasdan qo’shimcha ishlashi lozim. Hozirgi ilg’or maktab ta’limining talabi shundan iboratki o’qituvchi zamonaviy usullardan foydalanib dars berishda mohirlikdan ijodkorlikka intilishi va bu bilan ta’lim sohasi rivojiga hissa qo’shishi darkor. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, bo’sh o’zlashtiruvchi bolalarni o‘z kuchiga bo ‘lgan ishonchni hosil qilish, o’quvchilar o’rtasida do’stlik, o’zaro hamkorlik aloqalarini shakllantirishga erishishi lozim bo‘ladi. Shu talablami nazarda tutgan holda bo‘limlar bilan ishlashda ham bolalarga qo‘shimcha topshiriqlar berish yanada samarali usul hisoblanadi. Masalan: bir guruhga bo‘limdagi biror nasriy asardan eng qiziqarli qismini sahnalashtirish, yana bir guruhga esa bo’limdagi o’zlariga yoqqan mavzularga moslab rasm chizish, yana bir guruhga esa bo ‘lim nomiga oid kichik ma’lumotlar yig ‘ish (“Bilimdon”, “G‘uncha”, “Dono-vord” jurnallaridan) topshiriqlarini berish mumkin.
Ba’zi bo‘limlar yakunida bo‘limdagi qaysi mavzu sizga ko‘proq yoqdi? deya savol beriladi. Ana shu savol har bir bo‘lim yakunida berilishi kerak. Bolaga oldindan o‘ziga yoqqan asar haqida yozishi, yoki shu bo’limdan nimalarni o‘rganganligi haqida matn tuzib yozish topshirig‘i beriladi. Yana “Xalq og’zaki ijodi” bo’limi o’rganilayotganda bolalarga mustaqil ravishda maqol, latifa, topishmoq, ertaklarni ota-onalari yoki buva-buvijonlaridan o’rganib, to’plab kelish topshirig’i ham berish mumkin. Bu topshiriqlar bo‘lim yuzasidan takrorlash darslarida nazorat qilinadi va baholanadi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida bo’limlar bilan ishlashda noananaviy usullardan foydalanish bolalarning intelektual qobiliyatlarini o’stirishga, tushuncha va tasavvurlarini boyishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida o’quvchilarning faol bo’lishiga, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirishga hissa qo’shadi. Zeroki “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ham, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham o’quvchining mustaqil fikrlashiga alohida e’tibor berilgan. Buning uchun o’qituvchilardan o’quvchilarda kitobxonlik, mushtariylik darajasini oshirish, izlanuvchanliklarini tarbiyalash borasida targ’ibot-tashviqot va hamkorlik ishlarini kengaytirish talab qilinadi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin