Test № 2. Predmetlardan foydalanish testi.
Ushbu testda sinaluvchiga bir nechta real predmetlar havola etilib ulardan foydalanish usullari haqida yozma javob berish taklif etiladi.
Masalan:
bo‘sh shisha idish;
katta mix;
daraxt qirindisi.
Havola etilgan predmetlarning har bir guruhining tavsifi uchun 2 minutdan vaqt ajratiladi. Sinaluvchi ajratilgan vaqt oralig‘ida imkon darajada ushbu predmetlardan foydalanish usullarini ko‘proq keltirishga harakat qilishi lozim.
Masalan: 1) Bo‘sh shisha idish: uyning devorini ko‘tarishda, sindirib lupa qilishda, hamir yoyishda, pul yoki tanga saqlashda, gul uchun vaza, qurol sifatida, musiqa chiqaruvchi instrument sifatida va hokazo.
Mix-uchli predmet sifatida, silarni aylantirishda, grabl uchun tish yasashda, ildirg‘ich yasash maqsadida, shifer qoqishda, qalin yog‘ochlarni birlashtirishda va hokazo.
Daraxt qirindisi –yonilg‘i, uy pechkasi uchun o‘tin, spirt uchun xom ashyo, polni tozalash maqsadida, o‘yinchoq yasashda, dengiz yuzidagi neftni yo‘qotishda, sport o‘yinlarida, tsirkda va hokazolar. Ushbu test natijalari ham o‘ziga xos tarzda tahlil qilinib, eng original, qimmatli fikr eglari alohida aniqlanadi.
Test № 3.
Deduktsiya-Bunda sinaluvchiga narsa va hodisalarga aloqador bo‘lgan bir nechta sifat so‘zlar havola etiladi. Sinaluvchilarning vazitfasi shu belgilar xos bo‘lgan predmetlarni imkon darajada ko‘proq keltirib ularni yozishdan iborat.
1. Qizil. 2. Yumaloq. 3. Tuganmas.
Bunda ham har bir belgi uun predmetlarni kueltirishga sinaluvchiga
minutdan vaqt ajratiladi va o‘ziga xos yangi, original, ahamiyatli fikrlar alohida hisobga olinadi.
Masalan: 1) qizil-olma, ko‘ylak, mato, qon, qalampir, tarvo‘z, gul, mashina, uy va hokazo.
yumaloq-oyna, tuxum, o‘zuk, g‘or, tog‘ora, geometrik shakl, aylana, qozon, doska va hokazo.
tuganmas, cheksiz-fazo, vaqt, kino, tarix, kuylar, havo, suv, olov, koinot, olam, dunyo va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |