Mavzu: O’quvchilar nutqini o’stirishda frazeologik birliklardan foydalanish reja: kirish



Yüklə 164,09 Kb.
səhifə1/6
tarix10.04.2023
ölçüsü164,09 Kb.
#125089
  1   2   3   4   5   6
kurs ishi namuna uchun




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI O’ZBEK TILI VA ADABIYOTINI O’QITISH FAKULTETI “O’ZBEK ADABIYOTINI O’QITISH METODIKASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: O’quvchilar nutqini o’stirishda frazeologik birliklardan foydalanish

Toshkent – 2022




Mavzu: O’quvchilar nutqini o’stirishda frazeologik birliklardan foydalanish
REJA:
KIRISH
I. bob. Frazeologik birliklarning lingvistik talqini
1.1. Lisoniy birliklar orqali tushuncha ifodalash usul-vositalari
1.2. Sharqona lutfni ifodalashda lisoniy birliklar hamda iboralarning o`rni
II.bob. Frazeologik birliklarning faol nutqqa aylanishi va uning nutq madaniyatidagi o`rni
2.1. Ibora badiiy nutqning ifoda obrazi, ijodkorning badiiy quroli sifatida
2.2. Nutqiy malakani shakllantirishda iboralardan foydalanish
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Til – jamiyat va shaxs hayotida o‘ziga xos o‘rin egallab, jamiyatning har tomonlama rivojida va har bir shaxsning yuksak mavqega erishishida asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Globallashuv davri, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, tobora kuchayib borayotgan raqobat asri bo`lgan hozirgi sharoitda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo`lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda til ta`limining o`ziga xos o`rni bor. Ta`lim-tarbiya jarayonida ona tili o`qitishni zamonaviy uslublarda olib borish, til birliklarining mohiyatini anglash zamon talabi.
Muhtaram Yurtboshimiz 2012 yil 16-17 fevral kunlari Toshkent shahrida "Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizasiya qilishning eng muhim sharti" mavzusidagi xalharo konferensiyada so`zlagan o`z nutqida mamlakatimizda ta'lim tizimining isloh qilinishdagi faoliyatni atroflicha tahlil qilib berdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo`yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta'lim tizimi joriy etildi.
Ushbu modelning prinsipial xususiyati shundaki, umumta'lim maktabidagi 9 yillik o`qishdan so`ng o`quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta'lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo`yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi. O`tgan yillar davomida ta'lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo`yicha miqiyosi va ko`lamiga ko`ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Hariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta'minlandi. O`quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo`yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi. 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi. Barcha ta'lim, fan, madaniyat va maorifat muassasalari ta'lim portali va internetga ulandi.O`tgan davrda oliy ta'lim muassasalarining soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va boshqa oliy o`quv yurtlarida 230 mingdan ziyod talaba ta'lim olmoqda. Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalharo obro`-e'tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo`lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy o`quv yurtlarining filiallari tashkil etildi.
O`tgan davr mobaynida O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etilib, ushbu fond mablag`lari hisobidan hariyb 1500 ta eng zamonaviy, barcha yoshlar foydalanishi mumkin bo`lgan bolalar sporti obekti barpo etildi. Har bir maktab, kollej va litsey ochiq sport maydonchalari qatorida zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan yopiq sport zallari va suzish havzalariga ega. Yurtimizda uch bosqichdan iborat, har yili o`tkaziladigan yaxlit sport musobaqalari tizimi shakllandi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida kollejlar, litsey va oliy o`quv yurtlari uchun o`qituvchilar tarkibini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini qayta tashkil etish, o`quv-uslubiy bazani butunlay qayta ko`rib chiqish va zamonaviy talablarga javob beradigan yangi standartlar, darslik va o`quv-uslubiy qo`llanmalarni tasdiqlash bo`yicha keng miqiyosdagi ishlar amalga oshirildi. Ta'lim sohasi xodimlari faoliyatini baholash va rag`batlantirish mezonlari tubdan
o`zgartirildi. Keyingi o`n yilda kasb-hunar kollejlari, litsey va oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari ish haqining o`sish sur'atlari iqtisodiyotning real sohasidagi ish haqi miqdoridan taxminan 1,5 barobar ko`p o`sdi. Ta'lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo`naltirilayotgan yillik harajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini va bu tizimning Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etdi.
Ta'limni rivojlantirishga yo`naltirilgan xorijiy texnik yordam hajmi 500 million dollardan oshib ketdi. Prezidentimiz tomonidan ta'lim tizimini tubdan isloh etish odamlarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini o`zgartirish, ularning siyosiy va grajdanlik faolligini, o`z kelajagiga bo`lgan ishonchini oshirishning eng muhim omili va mustahkam asosiga aylanganini bildirilib, yangi avlod, bilimli, o`tmishning har qanday illatlaridan ozod bo`lgan yoshlar bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, uni yangilash va ishonchli tarzda ravnaq toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib borayotganini ta'kidlandi.
Inson olam yaralganidan buyon hayot darsini o`qiydi va o`qimoqda. Hayot so`qmoqlarida duch kelgan qiyinchilik,to`siqlar, xursandchilik, hafagarchiliklar hikmatli so`z, maqol, matal va iboralar tarzida dunyoga keladi. Xalqimizga hayotiy tajribalarining majmui quyma satrlarda o`z ifodasini topadi. Uni inson hayotiy tajribalarining oynasi desa bo`ladi. Shuning uchun sodda, ihcham va go`zal bo`ladi. Soddalik mazmun jilosiga burkanib, go`zallik kasb etadi.
Hikmatli so`zlar va maqol- iboralar sodda, ihcham bo`lish bilan birgalikda mazmunan murakkab bo`ladi. Mazmuniy qobig`da hikmatona, ibratona ma`nolar jamlangandir. Ibratnoma fikrlar uzoq hayotiy tajribalar mahsuli sifatida maydonga kelgan. Shuning uchun hikmatlar va maqollar, iboralar avloddan avlodga o`tib, o`z qadrini, qimmatini yo`qotmay kelmoqda. Ma'lumki , til muayyan qonun-qoidalar asosida rivojlanadi. Ushbu qoidalar tilshunoslikning fonetika, grammatika, leksika kabi bo‘limlarida o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Lekin tilshunoslikning shunday bo‘limi mavjudki, unda hech qanday muayyan qoidalariga o‘rin yo‘q. Bu tilshunoslikning barqaror birikmalarni, ya'ni iboralarni o‘rganadigan bo‘limi - frazeologiyadir. Iboralar shunday barqaror so‘z birikmalaridirki, ular hech qachon to‘g‘ri ma'noda qo‘llanilmaydi, yani har bir birikma ostida butunlay boshqa ma'no yotadi. Masalan, o‘zbek tilida kapalagi uchib ketdi , tarvuzi qo‘ltig‘dan tushdi iboralari qo‘rqdi , bo‘shashdi ma'nolarni anglatadi. Bu kabi iboralar barchaga ma'lum, zero, biz har kuni o‘z fikrlarimizni, hissiyotlarimizni, taasurotlarimizni aniqroq ifodalash maqsadida o‘zimiz sezmagan holda ulardan foydalanamiz.
Iboralar ko‘proq so‘zlashuv va badiiy uslubda ishlatiladi. Ulardan unumli foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshiradi.

Yüklə 164,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin