2.2. Nutqiy malakani shakllantirishda iboralardan foydalanish O`qituvchi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan qaysi yo‘nalishda ish tutsa, ular tez shunga moslashadi. O‘quvchini fanga qiziqtirish, undagi qobiliyatni yuzaga chiqarish kichik sinf o‘qituvchisidan mohirlikni, o‘ziga xos uslubiyatni, bolajonlikni talab etadi Shu sababli ona tili mashg`ulotlarida o`qituvchi nafaqat qayta xotiralashga asoslangan o`quv topshiriqlardan, balki qisman ijodiy topshiriqlardan ham unumli foydalanishi lozim. Ijodiy topshiriqlar ustida ishlash bolalarning yoshi va bilim saviyasi oshgan sari asta-sekin murakkablashib boradi.
Bola ilk bor maktabga qadam qo’ygan ekan, ma’lum so’z jamg’armasi bilan keladi.U oilada, bog’chada ko’p so’zlarni ishlatsa-da, hali ularning ma’nosini chuqur anglamaydi.8-9 yoshli bolalar esa bir yildan ziyodroq tajribaga ega bo`lgan bolalar bo`lib, ularda dars jarayonida mustaqil xulosalar chiqarish ancha tarkib topgan bo’ladi. Mashhur psixolog V.A. Kruteskiyning ta`kidlashicha, bu davrda ular o`z oldilariga “ Nima uchun bunday?” – “Nima uchun shu narsani o`rganish
kerak?” degan savolni qo`ya oladigan bo`lishadi. Bu davrda ular “Nima uchun o`z ona tilimizni bilishimiz kerak?” degan savolga javob bera oladilar. Ona tilini o`rganish ularning nutqiy muloqot doirasini kengaytirishini, sezgirlik, topqirlik, xushyorlik, qat`iyatlik, bilimdonlik, mustaqillik, tadbirkorlik, ijodkorlik kabilar ko`pincha darslarda tarkib toptiriladi.
Ona tilidan tashkil etiladigan ta`limiy jarayonda egallangan bilimlarni faqat xotirada tiklashni va uni takrorlashni, shu egallangan bilimlarni qisman yangi sharoitda (notanish sharoitda) qo`llashni va tomomila yangi sharoitda qo`llashni talab etishi mumkin.
Dars mashg`ulotlarida faqat bir xildagi topshiriqlar bilan cheklanib qolmay, balki ko`proq ijodiylikka undovchi o`yin – topshiriqlarga e`tiborni kuchaytirishga to`g`ri keladi. Zero, o`quvchilarni fikrlashga, o`ylashga, matn yaratishga o`rgatmasak, hozirgi zamon darsiga qo`yilgan muhim talab shaxsning rivojlanishiga erishib bo`lmaydi. Bunda iborlardan foydalanish mumkin.Bunda iboralarning ma`nolarini izohlash, uni ma`nodosh, qarama-qarshi ma`noli iboralarni topish va izoflash mumkin.
Ma`lumki, ma’no yaxlitligiga ega bo’lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so’zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, ma’nosi bir so’zga teng keladigan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko’chma ma’nodagi so’zlar birikmasi yoki gaplarga frazeologizmlar (iboralar) deyiladi. Frazeologizmlar gap tarkibida yaxlit holda bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap bo’lagi vazifasida keladi. Frazeologizmni tashkil etgan so’zlar frazeologizmning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo’laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi. Masalan, Rais daladagi hosilni ko’rib boshi osmonga yetdi. Bu gapda boshi osmonga yetdi qismi butun holda kesim vazifasida keladi.
XULOSA Til tafakkur gulshanining darvozalarini ochib beradigan, aqliy tafakkurga chorlaydigan muqaddas va mo`tabar ne`matdir.Tilga e`tibor va e`tirom esa inson zotining o`zligiga, muhtaramligiga ishoradir. O`zbek tilidagi mantiqiy mushohada, betakror go`zallik uning har bir lisoniy vositasida o`z aksini topgan. O`zbek gapirsa, qochib qol, o`zbek qopib emas, topib gapiradi,o`ynab gapirsa ham o`ylab gapiradi, deganlarda bir haqiqat bor. Zero, o`zbek tilidagi lisoniy birliklar borliqdagi voqelikni ifodalab, ong faoliyati, undagi saralash, umumlashtirish va tasniflash jarayoni bilan uzviy bog`liq. Tarixiy taraqqiyot, xalqning maishiy turmush tarzi hamda madaniy rivojlanish bevosita tilimizda o`z aksini topgan. O`zbek adabiy tilida narsa-hodisalarning nomini ifodalanishida ham ongdagi saralash jarayoniga amal qilinadi. Masalan, bir yillik o`simlik nomini ifodalovchi kungaboqar so`zining eng muhim birlamchi belgisi saralangan, kun-quyosh bilan aloqadorligi (yahni hamisha oftob tomonga harab harakatlanishi) nazarda tutilgan.So`z va tushunchaning mushtarak jihatlari til taraqqiyotining keyingi jarayonlarida ham kuzatiladi. Tilshunoslikdagi polisemiya( ko`p ma`nolilik) hodisasi ayni ongning borliqdagi voqelikni umumlashtirish( integrallash) ehtiyoji mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, «Devoni lug`atit turk» asarida «bola» so`zi faqat hayvon va jonzotlarning bolalari ma`nosida qo`llanilishi tahkidlansa, hozirda bu so`zning ma`nosi kengaygan, ya`ni inson va jonzotlarning bolalari ham tushuniladi yoki buning aksi bo`lgan ma`no torayish hodisasi narsa-predmetning yo`qolib borishi, unga ehtiyojning kamayishi bilan sodir bo`ladi. Turkiy tillarda so`zlar ham ot, ham fe`l vazifasini bajargan, tilshunos E.Umarov ta`kidlashicha, Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostonida osmoq so`zi – og`zi doirasimon idishlarni osib qo`yadigan chambaraksimon uy-ro`zg`or buyumini ifodalagan, hozirda esa bu so`z ma`nosida torayish ro`y bergan. O`zbek tilshunosligida shaxs faoliyati bilan bog`liq iboralar xalqning etnik xususiyati, dini va madaniyati, ijtimoiy qarashlari natijasida paydo bo`ladi. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, o`zbek nutqida shaxsni tavsiflab ifodalash maqsadida turli ma`noli va turli shaklli iboralardan foydalanish ko`plab uchraydi. Shaxsga ijobiy yoki salbiy baho berish xalqimiz madaniyati, qadriyatlari bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularni quyidagi turlarga ajratishni tavsiya etaman:
1. Xarakter-xususiyat bilan bog`liq iboralar: bag`ri keng, bahosi yo`q, qo`li ochiq, didi baland, og`zidan bol tomadi, musichadek beozor, qo`y og`zidan cho`p olmagan-ijobiy baholi iboralar; beti qattiq, betga chopar,ilonning yog`ini yalagan,bir qamchi yo`rg`asi bor, tili bir harich, ammamning buzog`iday,alifni kaltak deya olmaslik-salbiy baholi iboralar.
2. Insonning tashqi belgilarini ifodalovchi iboralar: bitko`z,bichimi kelishgan, burni ko`tarilgan,gul yigit, bo`z yigit, devkor yigit, diydasi sovuq, so`xtasi sovuq kabi.
3. His-hayojon, tuyg`u, kechinmalarni ifodalovchi iboralar: terisiga sig`may ketmoq, og`zi qulog`iga yetmoq, og`zi qulog`i yetmoq, yurak-bag`ri qon bo`ldi.
Ko`rinadiki, bir qamchi yo`rg`asi bor, ammamning buzog`iday, alifni kaltak deya olmaslik kabi iboralar faqat o`zbek turmush tarziga xos lisoniy birliklar bo`lib, u boshqa tillarda turlicha ifodalanadi. Zero, insonning so`ziga qarab, uning millati, e`tiqodi, dunyoqarashini aniqlash mumkin. Atrofni qanday so`zlar bilan o`rasa, ruhiyati ham shunga mos o`zgaraveradi. Axir so`zda sehr bor, deb bejiz aytilmagan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. I.Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T.- Ma`naviyat., 2008
2.I.Karimov. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.- O`zbekiston., 2011
3. Rahmatullaev SH. O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati. T., 1978.
4. G’ulomova M. “ Yozuv daftari ”T., 2006 yil
5. Abdullayeva K. va boshqalar “Ona tili ” T., “O’qituvchi ”1999 yil
6. Shoazimova A. va boshqalar “ O’qish kitobi ” , 4- sinf , T., 2006 iyl
7. Shojalilova A . va boshqalar “O’qituvchi ” 1999 yil
8. Qosimova K va boshqalar “ Ona tili ” 2- sinf uchun T., “O’qituvchi ” 1997 yil
9. Fuzailov S. , Xudoberganova M., “ Ona tili ” 3- sinf uchun T., “O’qituvchi ”1999yil
10. Ikromova R. va boshqalar “ Ona tili ” 4- sinf uchun T., “ O’qituvhci ”1999 yil
11. G’ulomova X., Yo’ldasheva Sh . “ Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi ” ma’ruza matnlari T., 2006 yil
12. “ Boshlang’ich sinflarning takomillashtirilagan davlat ta’lim standarti ” Boshlang’ich ta’lim 2006 , 5- son .
13. “ Boshlang’ich ta’lim takomillashtirilagan o’quv dasturi ” Boshlang’ich ta’lim 2006 , 5- son .
14. Gapporova T., va boshqalar 1-sinfda “ Ona tili ” darsligi T., 2003
15. 2.Gapparova T., Shodmonov E. , Eshturdiyeva G.l , “Alifbe ”; “Savod ” ; “ Ona tili ” T ., “O’qituvchi ”1999 yil
16.G’affarova T. va boshqalar 1-sinfga o’qish darslari , T. , 2003 yil
17.Abdullayeva Q. va boshqalar “ O’qish ktobi ” 2- sinf ,T., 2006 yil
18.Abdullayeva Q. va boshqalar 2- sinfga o’qish darslari , T., 2004 yil
19.Umarova , Xakimova Sh. “ O’qish kitobi ” , 3- sinf , T., 2006 yil
20.Umarova M . va boshqalar 3- sinfga o’qish darslari , T., 2004 yil
21..http//opi/nuu.uz
http//www ziyonet