O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan berilgan parchani o`rganish
Maqsad va vazifalar
Maqsad: 1.Ta’limiy: O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalarni o`rganish, hikoyalar matni ustida ishlash.
2.Tarbiyaviy: o’quvchilarning e’tiborini onaga bo`lgan mehr hissiga qaratish, insonni avaylashga o`rgatish. O`quvchilarni badiiy ijodga muhabbat ruhida tarbiyalash;
3.Rivojlantiruvchi: og’zaki va yozma nutqni, aktyorlik mahoratini hamda eng ezgu insoniy fazilatlarni rivojlantirish.
Vazifalar: o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish,ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.Mustaqil ishlashga undash.
Mavzuga oid berilgan topshiriqlar qay darajada bajarilganini nazorat qilish va ularning bilimini baholash.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, adabiy bilimlarni amaliyotda qo`llash kompetensiyalari
Dars turi: bilm, ko`nikma, malaka va layoqat hosil qiluvchi
Dars uslubi: aralash
Dars usuli: noan’anaviy:”Tilsim”,”Rolli o`yinlar”, “Sirli sandiq” , “Assisiment”
Dars shakli: individual va kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, elektron darslik, videoproyektor, kompyuter, ekran, slayd tushirilgan disk, audiomatnlar, rag’bat kartochkalari, adib surati va asarlari.
Nazorat: og’zaki nazorat va savol-javob.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
Kutiladigan natija
O`qituvchi: Mavzuning qisqa vaqt davomida barcha o`quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi.Fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi.Bir darsda barcha o`quvchi baholanadi. O`quvchilarni mavzuni mustaqil o`rganishga, xotirada saqlashga undaydi.Oldiga qo`yilgan muammolarni yechishga o`rgatadi.
O`quvchi: Yangi bilimlarni tezlik bilan egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi va nutqi rivojlanadi. O`z-o`zini nazorat qiladi. Savollar ustida ishlaydi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo`ladi.
Kelgusidagi rejalar
O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtiradi, yangi metod va usullarni tatbiq etadi. O’z ustida ishlashga undaydi. Pedagogik mahoratini oshiradi.