Mavzu: O’zbek adabiy til meyorlari Reja: Adabiy til me`yorlari. Nutq odobi-umumiy axloqni belgilovchi mezon


Mavzu:O’zbek tilining izohli lug’atida soha terminlarining berilishi



Yüklə 77,68 Kb.
səhifə4/15
tarix11.11.2023
ölçüsü77,68 Kb.
#131792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-15 o\'zbek

Mavzu:O’zbek tilining izohli lug’atida soha terminlarining berilishi
Reja:

1. Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. O‘zbek tili terminoloiyasi fanining maqsad va vazifalari.




TERMIN (lot. terminus — chegara, had) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doyr tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. Termin umumxalq tiliga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, binobarin, Termin va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, his tuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar Terminga xos xususiyatlardir. Biologiya, matematika tilshunoslikda qoʻllanadigan «funksiya» soʻzini koʻp maʼnoli termin sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir boʻlib turadigan reterminologik jarayon (bir soha Termin ining ikkinchi soha Termini sifatida qoʻllanishi) hosilasi tarzida qaralmogʻi lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar termin hosil qilishda ham kuzatiladi. Soʻz bilan terminning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng isteʼmolda boʻlgan soʻzlar ayni paytda turli sohalarga doir Terminlar hamdir. Mac, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdoʻzlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha Termin lari boʻlish bilan birga umumxalq tilida faol qoʻllanadi.
Hozirgi kunda «Termin» soʻzi bilan bir qatorda «atama», «istiloh» soʻzlari ham ayni maʼnoda qoʻllanmoqda. Pekin ular «Termin» soʻzining hoz. maʼnosini toʻliq ifoda eta olmaydi. «Atama» soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obyektlar, atokli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. «Istiloh» soʻzini esa Termin maʼnosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va b.)da bemalol qoʻllash mumkin.
Respublikamiz o‘z mustaqilligiga, ona tilimiz esa Davlat tili maqomiga erishgan bugungi kunda turli fanlar, jumladan, o‘zbek tilshunosligi oldida yangidan-yangi vazifalar ko‘nd alang bo‘lmoqda.Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
So‘nggi yillarda va bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Qayd etish lozimki, o‘zbek tilshunosligida yuzlab olimlarning monografiya, dissertatsiya va lug‘atlari, ko‘plab maqolalari yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yana qator terminologik tizimlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. O‘zbek tilining kimyo-texnologiya terminologiyasi tizimi o‘zining to‘liq ifodasini topa olgani yo‘q.
Yangi terminlar ichida kimyo-texnologiya bo‘yicha terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazardan tadqiq yetish muhim ahamiyat kasb yetadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun kimyo-texnologiya terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarini o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Hozirda o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan soha terminlarni to‘plash va sistemalashtirish ham juda dolzarbdir. Hozirgi bosqichda, yangi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmetlar va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning, asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Alohida ta’kidlash lozimki, termin hamda terminologiyaning u yoki bu masalasini hal yetish nafaqat ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun yemas, balki tilshunoslik uchun ham katta ahamiyatga egadir.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli:
1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umum iste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi.
Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshladi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilgan.

Mavzu:Tashkiliy hujjatlar


Reja:
1. Tashkiliy hujjatlarning turlari.
2. Guvohnoma, yo`riqnoma, nizom, ustav va ularning o`ziga xos xususiyatlari.
3. Ularning rasmiylashtirilishi.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi.
Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdеk, biror ishga oid vakolatini ko`rsatuvchi hujjatdir. Uning ikki turi bor : lavozimi ko`rsatilgan guvohnoma va xizmat safari guvohnomasi.
Xizmat safari guvohnomasi xodim zimmasiga vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradi. Uning zaruriyqismlari:
1. Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnomasi.)
2. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi.
3. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi.
4. Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari) va tashkilotlar
nomlari.
5. Xizmat safari muddati (necha kunligi ko‘rsatiladi, dam olish kunlari, borish va kelish kunlari ham shu muddatga kiritiladi).
6. Xizmat safariga asos bo‘lgan buyruq yoki farmoyish tartib raqami, sanasi.
7. Guvohnomaning orqa tomonida xizmat safarida bo‘lgan joylar (shahar va muassasa nomlari) va u yerdan jo‘nab ketilgan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi).
Yo`riqnoma qonun yoki boshqa mе'yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Korxona, tashkilot, muassasaning tashkiliy, ilmiy-tеxnikaviy, moliyaviy va boshqa faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o`rnatish maqsadida davlat yoki jamoa boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi, ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Nizom-ustav tashkilot yoki uning tarkibiy bo`linmalari, kichik yoki qo`shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibini bеlgilaydigan huquqiy hujjatdir. Nizom turli tadbirlarga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Nizom muassasalar tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan (yoki tеgishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi. Ko‘pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan (yoki tеgishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi.Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan bеlgilanadi. Ustav muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, tashkilot, muassasaning tuzilishi, vazifasini yo`naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuidir. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan mе'yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan kеng tushunchadir. U ko`proq ma'lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo`yicha tuziladi. Chunonchi, davlat nashriyotlari bo`yicha namunaviy ustav qabul qilingan, shu asosda har bir nashriyot o`z nizomini qabul qiladi. Ustavning zaruriy qismlari o`xshash bo`ladi. Lеkin ustavning mazmun qismida moliyaviy va moddiy bazalari, hisobot bеrish, taftish organlari hisoboti va shu kabilar ko`rsatiladi. Tarmoq (soha)ning o`ziga xos xususiyatlaridan kеlib chiqib, uning ustavida qo`shimcha qismlar ham bo`lishi mumkin.
Nutq madaniyati va o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari 8 muxolafatidin qaytsa, xudo va rasul yo‘lig‘a qadam ursa. O‘zi kirgondin so‘ngra nasihat bila elni ham kivursa. Yurumagon yo‘lga elni boshqarmoq, musofirni yo‘ldin chiqormoqdur v biyobong‘a keturmak va bodiyada iturmakdur”. 2. Nutq tinglovchi uchun yangi bilimlar va o‘zgarishlar xabarchisi bo‘lmog‘i lozim: “Va’z bir murshid va ogoh ishidur va aning nas’hati qabul etgan maqbul kishidir”. 3. Notiqning o‘zi biror sohani egallagan bo‘lishi, undan so‘ng va’z orqali kishilarga ta’sir etib, ularni boshqarishi kerak: “Avval bir yo‘lni bormoq kerak, andin so‘ng elni boshqarmoq kerak”. 4. Voiz sahih va solih nutqi, notiqlik mahorati bilan insonlarning ruhiyatiga, qalbiga ta’sir eta olsin: “Voiz uldurki, majlisig‘a xoli kirgan to‘lg‘ay va to‘la kirgan xoli bo‘lg‘ay”. 5. Notiq olim va bilimdon, har narsadan xabardor kishidir: “Voizkim, bo‘lg‘ay olim va mutaqqiy - aning nas’hatidin chiqqan shaqiy (baxtsiz)”. 6. Notiqning so‘zi bilan ishi bir bo‘lmog‘i lozim, aks holda nutqning ta’siri bulmaydi: “Ulki buyurib o‘zi qilmag‘ay, hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmagay” [5, 29-30]. Ulug‘ shoir “Tiling birla ko‘nglingni bir tut, ko‘ngli va tili bir kishi aytg‘on so‘zla but” der ekan, o‘zi hamisha bu qoidaga rioya qildi. Til va dil, so‘z va amal birligi Navoiy dahosining mumtoz xislatlaridandir. Hazrat Navoiy zamonasining notiqlik san’ati namoyondalaridan to‘rt atoqli siymoni tilga oladi. Ular Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Mavlono Husayn Voiz, Mavlono Muin Voizdir. Voizlarning dono va fozilligi, san’atkor notiqligi bilan birga ularning o‘ziga xos xislatlari ham bayon qilingan. Alloma shoirimizning voiz va voizlik haqidagi saboqlari ko‘p va xo‘p. Ularni o‘zlashtirish bugungi notiqliq martabasiga erishish uchun juda foydalidir. Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyati va odobiga e’tibor g‘oyat kuchli. Shoirning nutq madaniyati va odobi borasidagi fikrlari bunga doir ishda ikki katta guruhga bo‘lib tadqiq qilgan: 1. Navoiy nutq madaniyati va odobining ijobiy omillari haqida. 2. Navoiy nutq madaniyati va odobini buzadigan salbiy omillar haqida. [4, 15]. Alisher Navoiy asarlarida yaxshi nutqning fazilati sifatida ko‘rsatilgan fasohat so‘zining ma’nosi nutq madaniyati, til madaniyati tushunchasiga yaqin. “



Yüklə 77,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin