Mavzu: O’zbek adabiy tilining og’zaki va yozma shakli



Yüklə 6,62 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2023
ölçüsü6,62 Kb.
#121926
  1   2   3
Mavzu O’zbek adabiy tilining og’zaki va yozma shakli-fayllar.org


Mavzu: O’zbek adabiy tilining og’zaki va yozma shakli

MAVZU:O’ZBEK ADABIY TILINING OG’ZAKI VA YOZMA SHAKLI


REJA
1. Til va nutq
2. Tilninig ijtimoiy mohiyati
3. Til va tafakkur
4. Fikr va nutqning o’zaro bog’liqligi
5.Til birliklari va ularni to’g’ri qo’llashning ahamiyati (tovush, so’z, gap va matn)
Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko’rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinish vositasidir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun u umumxalq dahosi va xusisiyatiga ega bo’ladi; nutq esa ayrim shaxsga oid bo’ladi. Har kim o’z qobiliyati, so’z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi.
Til-aloqa quroli, u vosita. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Tilning umri uni uni yaratgan xalqning o’zidek uzoq bo’ladi. Nutqning umri esa qisqa bo’ladi. Og’izdan so’z chiqdimi – uchadi-ketadi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug’ talab qo’yiladi: o’ynab gapirsang ham, o’ylab gapir.
O’ZBEK ADABIY TILINING OG’ZAKI VA YOZMA SHAKLI
Tilni a’lo darajada sharaflagan Alishir Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi: «Til o’zining shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq no’maqul bo’lib chiqsa, tilning ofatidir». Demak, tilning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo’ladi. Tilning qonun qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o’zgarishda bo’ladi; vaziyatga yoki nutqiy a’zolar faoliyatiga qarab so’zni tovush tomoni o’zgaradi. Nutq so’zlovchining saviyasiga, uslubiga, o’rin va mavqeiga qarab har xil bo’ladi.
O’ZBEK ADABIY TILINING OG’ZAKI VA YOZMA SHAKLI
O’ZBEK ADABIY TILINING OG’ZAKI VA YOZMA SHAKLI
OG”ZAKI
YOZMA
OZBEK ADABIY TILINING SHAKLLARI
Og’zaki adabiy tilda ommaviy axborot vositalari (radio,televideniye) ish ko’rsa, yozma adabiy tilda vaqtli matbuot ( gazeta, jurnal) badiiy va ilmiy adabiuot, rasmiy xujjatlar yaratiladi. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakllari o’z me’yorlariga ega. Uning o’g’zaki shakli bevosita, yozma adabiy til esa bilvosita aloqa vositasi hisoblanadi. Chunki yozuvda qog’oz, ruchka, yorug’lik bo’lishi kerak.
Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qo’yiladi. Fikrning aniq va tushunarli bo’lishi, jumlaning to’g’ri, ravon hamda ta`sirli tuzilishi har qanday nutqning bosh fazilatidir.
Lekin yozma va og’zaki nutq ayrim holatlari bilan bir-biridan farq ham qiladi. Aytilgan so’z – otilgan o’q sanaladi, uni tuzatib bo’lmaydi.

Yüklə 6,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin