Mavzu: O‘zbek adabiyotida davr va qahramon masalasi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 64,93 Kb.
səhifə1/5
tarix06.12.2022
ölçüsü64,93 Kb.
#120508
  1   2   3   4   5
kurs ishi (1)


Mavzu: O‘zbek adabiyotida davr va qahramon masalasi.
Reja:
I.KIRISH.
II. Asosiy qism:
1.Adabiyotda qahramon tushunchasi.
2.Badiiy asarda davr masalasi.
3.Said Ahmadning qahramon yaratish mahorati.
III. Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
.
Kirish.
Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida xalqning aniq maqsad yo‘lida harakat qilishida ta’lim-tarbiyaning roli naqadar muhim ekanini uqtirarkan: “Hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda... Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz”, -deb ta’kidladilar. Darhaqiqat, mustaqillik biz yoshlar uchun yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Biroq, yosh avlod shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoga hamqadam bo‘lishi, olis va yaqin o‘tmish merosimizni qaydarajada o‘zlashtirishi, ularning o‘zligini anglashiga ham bog‘liqdir.
XX asr o‘zbek adabiy tilining umummilliy adabiy til darajasiga ko‘tarilishi va rivojlanishida o‘ziga xos davr bo‘ldi. O‘zbek milliy ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, adabiy tili, adabiyoti va madaniyatining shakllanishi va taraqqiy etishida badiiy adabiyotning o‘rni beqiyosdir. Chunki adabiy tilning rivoji uchun badiiy adabiyot tili eng boy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiy tilning badiiy mukammallikka, milliy xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xoslikka erishishida so‘z san’atkorlarining mashaqqatli xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Shu bois ularning asarlari tili va uslubini lingvistik jihatdan o‘rganish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Zero, «o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkur ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Buyuk marifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy so‘zlari bilan aytganda, «Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur».
O‘zbek adabiyotshunosligida badiiy asar tahhliliga doir muammolarni qahramon va davr nuqtayi nazaridan o‘rganish va uni milliy adabiyot sathida tadqiq etish zaruriyati filologiya sohasida ham jiddiy vazifalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. O‘zbek adabiyotshunosligining xalqaro maydondagi o‘rni va o‘zbek madaniy merosini tadiq etish, milliy g‘urur hamda qadriyatlarni anglash zarurati bugungi globallashuv jarayonida milliy adabiy meros mohiyatiga yanada chuqur kirib borish, adabiiy asarning jahon adabiyoti rivojidagi munosib o‘rnini asoslash, keyingi davr adabiyotga kuchli ta’sir o‘tkazgan ijodkorlar merosini chuqur o‘ranishni taqozo etmoqda. Bugungi madaniy-ma’rifiy sohalardagi islohotlar jarayoni o‘zbek adabiyotshunosligi oldiga ham qator yangi vazifalar qo‘ymoqda. “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilahga qaratilgan innovasion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga innovasiyaga tayangan davlat yutadi”1
Badiiy adabiyot ijtimoiy ong shakllaridan biridir. U qadimgi zamonlarda og‘zaki keyin esa yozma shaklda rivojlanib keldi. Falsafa, ahloq, huquq, tarix, psihologiya kabi fanlarda bolganidek, badiiy adabiyotda ham asosiy obyekt inson va insonning ichki hamda tashqi dunyosi, taqdiri, hayoti va kurashidir. Ammo uzoq tarixga ega bo‘lgan adabiyotda inson obrazi turli davrlarda turlicha tasvirlangan.Qadimgi davrlarda adabiyotda bevosita insonlarni, ularning o‘zaro munosabatini tarvirlashdan ko‘ra, asosan tabiatni kun va tunni, quyosh oy va yulduzlarni o‘simliklar va hayvonlarni aniqrog‘i insonning tabiat hodisalariga munosabatini tasvirlash markaziy o‘rinni egallagan. Chunki u davrlarda inson tabiat hodisalarini ilohiy kuch qudratning zohir bo‘lishi deb tushungan.
Adabiy asar haqida gap ketganida, avvalo, uning nutq hodisasi ekani haqida to‘xtalish lozim bo‘ladi. Negaki, adabiy asarning moddiy asosi til unsurlaridan tarkib topgan matn, ya’ni zamonda voqe bo‘lgan va yozuv yordamida qotirib qo‘yilgan nutqdir. Til unsurlari esa, muloqot jarayonidagina nutq hodisasiga aylanadi. Demak, adabiy asarning asosi bo‘lmish matn ham muoloqot jarayonida vujudga keladi, ya’ni adabiy ijodning o‘zi mohiyatan muloqotdir. Buni yorqinroq tushunish uchun tamsil qilishga zarurat bor.2

Yüklə 64,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin