Mavzu: O‘zbek milliy go‘shtli taomlar, tayyorlash jarayoni, to‘yimliligini hisoblash reja



Yüklə 117,62 Kb.
səhifə7/8
tarix01.01.2022
ölçüsü117,62 Kb.
#106409
1   2   3   4   5   6   7   8
REFERAT

Masalliq: hamiri uchun 500 gr oq un, 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig‘ida tuz olinadi; qiymasi uchun 500 gr laxim go‘sht, 4 - 5 bosh piyoz, 1 choy qoshig‘ida tuz, 0,5 choy qoshig‘ida murch kerak bo‘ladi.

Norin. Elangan undan tuzli suv yordamida qattiq hamir qorilib, 30-50 daqiqa tin­diriladi. Qalinligi 2-3 mm hamir qo’lda yoki mashinada yoyilib, eni 20x10 sm. li kvadrat qilib kesilib, qaynab turgan tuzli suv yoki go‘sht, suyak sho‘rvasida pi­shiriladi. Hamir sho‘rvadan suzilib olinib, quruq mato yoki stol ustiga yoyiladi, yuzidagi suyuqligi silkitilib, sovutiladi. Keyin dog‘lanib, sovutilgan o‘simlik yog‘i surtiladi, eni 4-5 sm. li lenta qilib kesi­lib, ustmaust qo‘yilib, eni 1-2 mm. li somoncha qilib turrab, norin hamiri tayyorlanadi.

Birlashtiruvchi to‘qimasi o‘rtacha mol yoki quy go‘shti pishirib sovutiladi. Xonaki usulda ziralangan mol, ot, quy go‘shti va qazilardan tayyorlanishi ham mumkin. Pishgan go‘sht somoncha qilib to‘g‘raladi va ta’bga ko‘ra zira aralashtiriladi.

Bosh piyoz halqa yoki yarim xalqa qilib to‘g‘ralib, yanchilgan qora murch bilan aralashtiriladi.

Pishgan hamir, go‘sht o‘zaro bir xil aralashtirib, norin tayyorlanadi. Norin taqsimchaga uyib solinib, ustiga murch sepib aralashtirilgan piyoz solib dasturxonga tortiladi.

Dasturxonga yana go‘sht sho‘rvasi bilan «hul norin» ham tortilishi mumkin. Buning uchun norin kosaga solinib (275 g. hisobida) ustidan go‘sht yoki qazi qaynatilgan sho‘rva (225 g. hisobida) qo‘yiladi, murch, to‘g‘ralgan piyoz sepiladi.

Maydalangan go‘shtli norin yoyilgan va pishirilgan hamir, go‘sht va qazidan tayyorlanadigan milliy taom. Norin tayyorlash uchun qazi va go‘sht sovuq suvli idishga solinib, 1,5-2 soat davomida mildiratib qaynatiladi. Pishgach, olib oovitiladi. Norinning hamiri chuchvaraniki singari tayyorlannb, 2-3 mm qalinlikda yoyiladi. Yeymadan 10X10 sm, 10X5 sm li kulchatoylar kesiladi. Kulchatoylar go‘sht sho‘rvasi (yoki suv)da pishirilib, so‘ng suziladi. Hamir birbiriga yopishib kolmasligi uchun har ikki tomoniga dog‘langan paxta yog‘i surtilib, laganga taxlab chiqiladi.

Sovigan go‘sht, qazi va hamir kata kichikligi gugurt chupiday qilib to‘g‘raladi, ozozdan bir biriga qorishtirib aralashtiriladi.

Tayyor taom lagan yoki likopchalarda ustiga 2 parrak qazi, mayda to‘g‘ralgan piyoz va murch qo‘shib dasturxonga tortiladi. Bu taom « maydalangan go‘shtli quruq norin» deb ataladi va yaxna taom sifatida iste’mol qilinadi.

Quruq noringa hamir pishirishdan oldii olib qo‘yilgan go‘sht sho‘rvasi hamda piyoz qo‘shib ham iste’mol qilinadi. Bunday norin «hul norin» deb ataladi va dasturxonga kosalarda tortiladi.    




Yüklə 117,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin