Fonema va tovush. Eng kichik lisoniy birlik fonemalardir. Fonema muayyan til egalarining ma'lum tovushlar tipi haqidagi umumiy tasavvurlaridir. Har bir fonema so'zlovchilar ongida o'z tipini farqlovchi belgilari majmui asosida vujudqa kelqan maxsus "akustik artikulyatsion portret" yoki "tovushlar obrazi" sifatida saqlanadi. Muayyan fonemaning farqlovchi belgilari uning artikulyatsion va akustik xususiyatlari asosida shakllanadi. Artikulyatsion belqilar muayyan tovushlarni talaffuz qilish uchun nutq a'zolarining bir xildagi harakatga moslashgan avtomatik, standart holatlari haqidagi tasavvur bo'lsa, akustik belgilar sifatida bir turdagi tovushlarga xos talaffuz sifati va miqdori tushuniladi.