Mavzu: Ozbek tilshunosligida fonema va tovush masalasi


Umumiy fonetika – fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma’lumot beruvchi turi



Yüklə 174,53 Kb.
səhifə3/7
tarix29.09.2022
ölçüsü174,53 Kb.
#118039
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Tovush va harf fonema va uning variantlari-azkurs.org

1. Umumiy fonetika – fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma’lumot beruvchi turi.

2. Xususiy fonetika – fonetikaning muayyan bir til tovushlarini, ularning turlari fizik-akustik va artikulyasion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi. U quyidagi 2 qismdan iborat:


    • A) tavsifiy fonetika – muayyan tilning fonetik tizimini statik (o’zgarmas) holatda (til taraqqiyotining oldingi bosqichida yuz bergan hodisalar bilan bog’lamay) o’rganadi.

    • B) tarixiy fonetika – biror tilning tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tilning tarixiy taraqqiyoti bilan bog’lab) o’rganadi va shu asosda tilning fonetik-fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o’zgarishlar aniqlanadi.

3. Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o’rganadi.

4. Eksperemental fonetika – nutq tovushlari, o’rg’u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulyasion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o’rganadigan fonetikadir.

Tovush nutqning – eng kichik birligi sifatida


  • Inson nutqi makon va zamonda ketma-ket paydo bo’ladigan kichik va katta birliklardan tashkil topadi. Tilda uch asosiy qatlam – fonetika, leksika, grammatika farqlanib, ular o’z oldiga qo’ygan vazifasiga ko’ra nutqni tarkibiy qismlarga ajratadi. Nutqning eng kichik bo’linmas birligi tovush bo’lib, tildagi so’zlar, iboralar va umuman nutq tovushlar orqali shakllanadi. Nutq tovushlari nutqning bu birliklari uchun ifoda materiali bo’lib xizmat qiladi. Nutq tovushlarining quyidagi o’ziga xos uch jihati mavjud:

1. Ular nutq apparati vositasida hosil qilinadi.

2. Nutq tovushlari eshituv apparati yordamida eshitiladi.

3. Ular ijtimoiy qiymatga ega.

Demak, nutq tovushlarini talaffuz etmay, shuningdek, eshitmay turib tevarak olamdagi narsa-hodisalar haqida muayyan tushunchalarga ega bo’la olmaymiz. Zero, real predmetlar tovush yoki tovushlar shaklida ongimizda qayta gavdalanadi. Muhimi tovushlarning ketma-ketligi, o’ziga xos ma’no zanjiri vositasida bizga axborot etkaziladi. Insonlar nutq tovushlari yordamida fikr berib, fikr oladilar. Aynan mana shu xususiyatiga ko’ra nutq tovushlari tabiatdagi jonsiz jismlar va hayvonlarning tovushidan farq qiladi. Umuman, inson tili tovush tili bo’lib, ularning ishtirokisiz hech qanday nutq va muloqot amalga oshmaydi.


  • Demak, nutq tovushlarini talaffuz etmay, shuningdek, eshitmay turib tevarak olamdagi narsa-hodisalar haqida muayyan tushunchalarga ega bo’la olmaymiz. Zero, real predmetlar tovush yoki tovushlar shaklida ongimizda qayta gavdalanadi. Muhimi tovushlarning ketma-ketligi, o’ziga xos ma’no zanjiri vositasida bizga axborot etkaziladi. Insonlar nutq tovushlari yordamida fikr berib, fikr oladilar. Aynan mana shu xususiyatiga ko’ra nutq tovushlari tabiatdagi jonsiz jismlar va hayvonlarning tovushidan farq qiladi. Umuman, inson tili tovush tili bo’lib, ularning ishtirokisiz hech qanday nutq va muloqot amalga oshmaydi.

  • Tilning tovush tomoni murakkab hodisa bo’lib, uni (fonetik va fonologik) jihatdan quyidagi 4 aspektda o’rganiladi:

Yüklə 174,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin