1.Lingvistik geografiyaning o’rganish ob’ekti: izoglassa, izofonema, izomorfema tushunchalari bo’yicha materiallar yig’ish.
2.Monografik usul bilan lingvogeografik usulining farq qiluvchi tomonlarini aniqlash.
3.Lingvistik xarita yaratish bo’yicha amaliy darslarda mashq o’tkazish.
2-asosiy savol Lingvistik geografiyaning jahon tilshunosligida paydo bo’lishi. Yevropa tilshunosligida tuzilgan eng muhim atlaslar.
O’qituvchining maqsadi: Xalq shevalarini lingvogeografik usul asosida o’rganishning jahon tilshunosligida boshlanishi, uning namoyondalari haqida talabalarga tushuncha berish. Yevropa va boshqa hamdo’stlik mamlakatlari tilshunoslari tomonidan lingvistik atlaslarni nomma-nom talabalarga sindirish.
Identiv o’quv maqsadi
2.1.Yevropa va jahon tilshunosligida dialektlarni lingvogeografik usul asosida o’rganish istiqbolli ekanligini anglaydi.
2.2.Jahon tilshunosligidagi lingvogeografik usul asoschilarini bilib oladi.
2.3.Tilshunoslikda eng muhim dialektologik atlaslarning borligini isbotlaydi.
Lingvistik geografiya X1X asrning o’rtalarida, dialekt va ularning xususiyatlari to’g’risida yetarli faktik materiallar to’plagan joylarda paydo bo’ladi. Bu fan bo’yicha olib borilgan birinchi tajribalar – tilni bu yangi metod orqali o’rganish qanchalik istiqboli ekanligini ko’rsatadi.
Lingvistik geografiya asoschilarining fikricha bu metod tilshunos olimlarga yangi faktlar beradi, o’z davriga turg’un bo’lib qolgan (masalan, dialektning mohiyati, shevalar orasidagi o’zaro munosabatlarning xarakteri haqidagi) tushunchalarni yangicha baholashga, yangicha tahlil qilishga da’vat etadi.
Tilshunoslikdagi bu yangi yo’nalishga, dialektologik fikrning keyingi taraqqiyotiga Yevropa lingvo-geograflarning belgili xizmatlari bor.
Lingvistik geografiyaning asoschilari: Frantsiyada Jan Jileron, Germaniyada Georg Venker, F.Vrede, P.Meyer, Rossiyada I.I.Sereznevskiy…
Dialektologik atlaslarning dastlabki namunalari X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida yaratilgan. 1821 yilda K.de Monbre tomonidan tuzilgan frantsuz shevalari chegaralarini belgilovchi karta Fransiya qirollik jamiyatiga taqdim qilinadi. 1823 yilda D.Mine o’zining lingvistik karta tuzish g’oyasini oldinga suradi. Yevropada tuzilgan eng muhim dialektologik atlaslar quyidagilar: Venker va Vredelarning «Nemis tili atlasi» (1876-1926 yillar mobaynida yaratilgan); Margburgdagi nemis dialektologiyasi markaziy instituti nashr etgan «Nemis leksikologik atlasi», J.Jileron va E.Edmonning 12 jildli «Frantsuz tili atlasi» (1902-1912 yillar mobaynida yaratilgan), Yaberg va Yudning 8 jildli «Ital’yan-shveytsar atlasi» (1928-1940 yillar mobaynida yaratilgan).