Makonni o’rganish nuqtai nazaridan dialektologiya ikki xil bo’ladi: 1)tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya; 2)tarixiy dialektologiya.
Makonni o’rganish nuqtai nazaridan dialektologiya ikki xil bo’ladi: 1)tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya; 2)tarixiy dialektologiya.
Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya mahalliy sheva va lahjalarga xos fonetik va leksik, morfologik xususiyatlarni qayd etadi, yozib oladi va ularni kartaga tushiradi.
Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlari bilan birga, shu xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlarda o’zgarish, qardosh tillar bilan munosabati va shu shevalarning tashkil topishida qardosh va qardosh bo’lmagan tillarning ishtiroki kabilarni o’rganadi.
Keyingi yillarda barcha o’zbek shevalarini areal va lingvogeografik usullar bilan o’rganish ham tarixiy maqsadlarni ko’zda tutadi.
Keyingi yillarda barcha o’zbek shevalarini areal va lingvogeografik usullar bilan o’rganish ham tarixiy maqsadlarni ko’zda tutadi.
Dialektologiyaning shevalarni o’rganishi esa til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli materiallar beradi, chunki, adabiy tilda allaqachon yo’q bo’lib ketgan yoki o’zgarishga uchragan so’zlar, ayrim grammatik shakllar mahalliy shevalarda saqlanib qolganligi tabiiy. Ularni topib adabiy tilga olib kirish yoki uni boyitish juda muhimdir. O’zbek dialektologiyasi o’zbek tili tarixidagi ayrim noaniq masalalarni oydinlashtirish, hal qilish uchun asosiy manba beradi.
Qadimgi o’zbek yozma yodgorliklari tilining biz uchun noaniq bo’lgan ayrim xususiyatlarini hozirgi o’zbek shevalari materiallari yordamida aniqlashimiz va to’ldirishimiz mumkin. Shevalarni o’rganish o’zbek adabiy tilining fonetik, leksik, grammatik normalarini belgilash, orfografiya va orfoepiyasini stabillashtirish uchun katta yordam beradi.
Shevalarni o’rganish orqali o’tmishdagi urug’-qabilalarning joylashish hududini aniqlash, etnonimlar, toponimlar,gidronimlar,umuman onomastika (nomlar) vositasida xalq tarixining ayrim mavhum tomonlarini yoritish mumkin. Shu jihatdan dialektlarni o’rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga egadir.

Dialektologiya ( lahjashunoslik) ning o’rganish makoni: sheva, dialekt va lahja atamalari.Bu atamalar dialektologiyaning o’rganish makoni (ob’ekti ) hisoblanadi.
Sheva- biror til doirasidagi xalq jonli tilining o’ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarga ega bo’lgan eng kichik qismi hisoblanadi. Masalan, Toshloq shevasi, Qarnoq shevasi, Turk shevasi .