Dialektologiya fanining makoni mahalliy sheva dialekti va lahjasi bo’lib, maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat :
sheva va dialektlarning fonetik. morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarini har tomonlama tavsif qilish;
milliy tilning paydo bo’lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan o’rni va shu milliy tilga asos bo’lgan shevalarni aniqlash:
shevalarning o’zaro munosabatini, ularning adabiy til va qardosh tillarga bo’lgan munosabatini belgilash;
o’xshash xususiyatlariga ko’ra shevalarning tarqalish chegarasini aniqlash;
umumiy o’xshash lingvistik xususiyatlarini belgilash asosida shevalarning ma’lum hududdagi tarqalish kartalarini tuzish va shevalarni tasnif qilish;
Transkriptsiya
Transkriptsiya haqida umumiy ma’lumot. Transkriptsiya dialekt va shevalarda uchraydigan tovushlarning turli ko’rinishlarini yozuvda ifodalash uchun qo’llanadigan ma’lum belgilar sistemasidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun qo’llanadigan ma’lum belgilar sistemasidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun xizmat qiladigan yozuv – transkriptsiya (lotincha -qayta yozish ) deb ataladi.
Transkriptsiya uchun u yoki bu iste’moldagi (lotin, rus, o’zbek alfaviti kabi) traditsion alfavitdan o’rni bilan ma’lum bir o’zgarishlar kiritish orqali foydalaniladi. Shuning uchun ham transkriptsiyada belgilar soni o’ziga asos bo’lgan alfavitdagi harflar sonidan ko’p bo’ladi.
Transkriptsiyaning fonetik transkriptsiya, fonematik transkriptsiya yoki fonologik transkriptsiya kabi turlari bor.
Transliteratsiya. Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir matnni (masalan arab alifbesida yozilgan eski o’zbek tili yodgorliklarini) nashr etishda shu yodgorliklarning yozuv sistemasini boshqa til yoki yodgorlik bosilayotgan xalqning mavjud yozuv sistemasi orqali ifodalash t r a n s l i t e r a ts i ya deb ataladi. Demak, transliteratsiya – biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib ifodalash usulidir.

Fonetik va fonologik transkriptsiya. Ma’lum bir maqsad uchun turli sohalar bo’yicha ishlatiladigan transkriptsiyalarning aniqlik darajasi bir xil emas.
Lingvistik asarlar (qiyosiy va tarixiy grammatikalar, etimologik lug’atlar, turli til tekstlaridan namunalar ham shu kabilar)ni nashr etganda transliteratsiyadan foydalanilsa ham, qardosh tillarning fonetikasi qiyos qilinganda, dialektologik ishlarda va dialektologiya fanida fonetik transkriptsiyadan foydalaniladi.