-Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasiga kirgan ko’pchilik shevalarda qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchasining bitta: -ni,-nъ, -tъ, -dъ,-li,-shъ variantlari bilan kelishidir
-Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasiga kirgan ko’pchilik shevalarda qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchasining bitta: -ni,-nъ, -tъ, -dъ,-li,-shъ variantlari bilan kelishidir.
-Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasiga kirgan ko’pchilik shevalarda qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchasining bitta: -ni,-nъ, -tъ, -dъ,-li,-shъ variantlari bilan kelishidir.
V.V.Reshetov tasnifida qorluq - chigil-uyg’ur lahjasi quyidagi guruhga bo’lingan.
Toshkent guruhi: Toshkent dialekti; Jizzax dialekti.
Qarshi guruhi: Qarshi dialekti; Samarqand-Buxoro dialekti
-Shimoliy o’zbek guruhi: Iqon - Qorabuloq dialekti; Turkiston-Chimkent dialekti.
Nazorat topshiriqlari
1.Olimlar tomonidan qilingan tasniflarni o’rganish va ularning bir-biridan farqlarini bilib olish.
2.G’ozi Olim tasnifini amaliy jihatdan o’rganish va uning qismlarini farqlay bilish. G’ozi Olim tasnifidagi turk-barlos shevalari va qipchoq shevalari o’rtasidagi tafovutni daftarga yozib amaliy soatda so’zlab berish.
3.Tasniflar yuzasidan kartotekalar tayyorlash va 5 ta ko’rgazmali qurol ishlashni talabalarga vazifa qilib topshirish.
4.O’zingiz yashab turgan qishloq, shahar, tuman shevasi tasnif bo’yicha qaysi biriga aloqadorligini isbotlang.
O’zbek dialektologiyasining XX asrning 60 yillaridan keyingi yutuqlari. Milliy istiqlol va xalq shevalari ravnaqi masalalari.
Identiv o’quv maqsadi
3.1.XX asrning 60-yillaridan so’ng o’zbek shevalarining o’rganilish ahvolini biladi.
3.2.Dialektolog olimlarning asarlari orqali o’zbek xalq shevalarining tarqalish hududini aniqlaydi.
3.3.Sho’rolar davridagi xalq shevalarining o’rganilishini milliy istiqlol davri bilan taqqoslaydi, yutuqlarini isbotlaydi.
60- yillar o’zbek dialektologiyasi taraqqiyotida muhim o’rin tutgan, ko’plab dialektologik kadrlar etishtirib bergan Rossiya va O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi A.K.Borovkovdir. U faqat o’zbek dialektologiyasida emas, umuman, o’zbek tilshunosligi fanining taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Chunki o’zbek tilshunosligining hamma sohalari bo’yicha chuqur ilmiy asosga qurilgan asarlar yaratdi.