O’zbekistonda dialektologik ishlarni boshqarib boruvchi yagona ilmiy markaz – O’z FAning Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti dialektologiya bo’limi mavjud. Bu bo’lim hozirgi vaqtda uch yo’nalish bo’yicha ish olib bormoqda:

1.O’rganilmagan o’zbek shevalarini monografik tadqiq qilish.
2.O’zbek shevalari lug’atini tuzish.
3.O’zbek tilini dialektal atlasini tuzish.
O’zbek shevalarida umumturkiy izoglassalar mavjudligini dastlab 1930 yillarda professor E.D.Polivanov ta’kidlab o’tgan edi.
1944 yilda professor A.K.Borovkov o’zbek tili shevalari atlasini yaratish maqsadida «O’zbek sheva-lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar» anketasini tuzdi. Shu anketa asosida 1945-1950 yillar mobaynida Farg’ona vodiysi shevalaridan materiallar to’plandi.

Oradan 20 yil o’tgandan keyin 1965 yildan boshlab, o’zbek shevalari xususiyatlarini kartalashtirish ishi yana kun tartibiga qo’yildi, programma va so’roqnoma tuzildi, dialektologik materiallar to’plana boshlandi.
O’zbek shevalarini kartalashtirish ishini V.V.Reshetov boshlab berdi. U Toshkent viloyatining bir qismini, Ohangaron hududi shevalarida uchraydigan fonetik, leksik va grammatik farqlarni ko’chirdi. O’zbek dialektologiyasida birinchi bo’lib o’zbek qurama shevalarining 49 ta lingvistik kartasini tuzdi. Taxminan 150 kartadan iborat «Toshkent viloyati shevalari atlasi» ni tuzish ishlari 1980 yilda yakunlandi.
V.V.Reshetov tuzgan lingvistik kartalarda quyidagi fonetik, grammatik va leksik belgilar olingan. Fonetika bo’yicha «dj»lash, «j»lash va «y»lashning tarqalishi, ya’ni so’z boshida (djg’) j g’yg’ hodisasi (karta №1, izoglassa: Djoq-joq-yoq), «o» lash va «a»lashning tarqalishi , ya’ni tipik orqa qator (a) ning saqlanishi yoki uning o’rnida (o) uchrashi (karta №2, izoglassa:bar, bor), tanglay garmoniyasi va lab garmoniyasining xarakteri (karta №3A, 3B, 3V,4A, 4B, 4V), yuqori-o’rta ko’tarilish unlilarining diftonglashuvi (karta №5A, 5B, 5V, 5G); izoglassa.

V.V.Reshetov o’zi o’rgangan hududdagi izoglassalarning tarqalishini o’rganib, ayrim sheva vakillarining etnogenezini aniqlashga va shuningdek, real til vaqtlari asosida qurama shevalarining aniq tasnifini berishga muvaffaq bo’ldi.