Мавзу: O’zbek xаlqining shаkllаnish jаrаyonini o’rgаnish tаrixidаn



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#113960
1   2   3   4
ozbek xalqining etnik shakllanishi tarixshunosligi

q

qning e’ti q

q

qodlari,  q

q

qimmatba h

h

ho toshlar bilan bo g

g

g





li q

q

q ba’zi 

odatlar  h



h

ham eslatilgan. 

Beruniyning yu q



q

qorida eslatib o’tilgan asarlaridan keltirilgan tarixiy-etnografik 

ma’lumotlar o’zbek xalqining etnik tarixini, etnogenezini yoritishda eng ishonchli 

manbalar  ekanligiga  hech  shubha  yo’q,  albatta.  Lekin  bu  asarlardagi 

ma’lumotlardan foydalanayotgan tadqiqotchi o’rta asr tarixini mukammal bilmasa 

xatoga^yo’l qo’yishi ham mumkin. 

O’zbek xalqi va Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlarning til va etnik 

tarixini o’rganuvchi tadqiqotchi yirik tilshunos olim Mahmud Qoshg’ariyning (XI 

asr) «Devonu lug’otit turk» asarini chetlab o’tolmasa kerak. Mazkur asarda turkiy 

tillarga  oid  muhim  ma’lumotlar  qatorida  Markaziy  Osiyoda  yashovchi  turkiy 

xalqlar,  qabilalar  va  ularning  til  xususiyatlari,  dialektlar  haqida  ham  fikr-

mulohazalari berilgan. Asarda 80 dan ortiq shahar va qishloqlarning nomlari va 80 

ga  yaqin  turkiy  etnonimlar  keltirilgan.  Unda  yana  Sirdaryo  sohillarida,  Farg’ona, 

Etti  suv  va  SHarqiy  Turkistonda  turg’un  yashovchi  turkiy  aholi,  eron  tilli 

so’g’diylar  (Mahmud  Qoshg’ariyda  Sug’dak)  va  til  jihatvdan  turklashgan 

so’g’diylar  hamda  yirik  turkiy  xalqlar  (qarluq,  basmil  va  boshq.)  tilga  olingan. 

Mahmud Qoshg’ariyning X asr oxirlari va XI asrda Sirdaryo soxillarida, Ettisuvda 

va  SHarqiy  Turkistonda  yashovchi  xalqlarning  tilini  va  etnik  tarixini  o’rganishda 

muxim  manba  ekanligi  haqidagi  o’z  fikr-mulohazalarimizni  oldinroq  bildirgan 

edik.  SHu  o’rinda  ta’kidlab  o’tish  lozimki,  Mahmud  Qoshg’ariyning  asari  ba’zi 

afsonaviy  ma’lumotdan  ham  xoli  emas.  Masalan,  asarda  turkiy  xalqlarning  kelib 

chiqishini  «Nuh  payg’ambar  o’g’li  YOfasning  o’g’li  Turk»  bilan  bog’lanishi, 

Afrosiyobni  Qoraxoniy  turklarining  xoni  deyilishi:  uning  (Afrosiyobning)  qizi  — 

Kazvin  shahrini;  hamda  Kaz  suvi  (Balxash  ko’li)  qirg’og’ida  shahar  qurilganligi, 

o’g’li  Barman  —  Barman  shahrini;  boshqa  bir  o’g’li  Balasag’un  —  Balasag’un 

shahrini bino qilganligi haqidagi ma’lumotlar afsonaviy ma’lumotlardir. Olimning 



bu  xildagi  qarashlariga  tanqidiy  qarab,  ularni  nima  sabab  bilan  keltirganligini 

obdon tushunib olish lozim. 

Arab  tilida  yozilgan  manbalardan  yana  biri  Ibn  al-Asirning  (1232—33  yy.) 

«Kitob  al  kamilfit  tarix»  nomlangan  asari.  Mazkur  asarda  bizni  qiziqtirayotgan 

X—XII  asrlarga  oid  ma’lumotlar  mavjud.  Unda  shu  asrlarda  Markaziy  Osiyoda 

yuz  bergan  siyosiy  holat,  chunonchi  qoraxoniylarning  Movarounnahr  hududini 

egallashi, 

G’arbiy  Qoraxoniylar  davlatining  vujudgakelishi,  qoraxitoy 

qabilalarining  Ettisuvni  va  keyin  Movarounnaxrni  egallab,  qoraxoniylarni  tobe 

etishi,  G’arbiy  Qoraxoniylar,  G’aznaviylar,  Saljuqiylar  va  Xorazm  shohlar 

o’rtasidagi  siyosiy  munosabatlar,  qarluq,  xalach  qabilalari  Qoraxoniylar 

davlatining  siyosiy  hayotida  tutgan  o’rni  va  bir  qancha  boshqa  masalalar  haqida 

gap ketadi. 

Ibn 


al-Asirning 

ma’lumotlaridan 

XII 

asrlarda 



Markaziy 

Osiyo 


mintaqalarining  etnik  xaritasida  ham  o’zgarish  bo’lganligini  tushunib  olish  qiyin 

emas.  Ma’lumki,  999  yil  qoraxoniylar  somoniylar  ustidan  g’alaba  qozonib, 

Movarounnahrni  egallashlari  bilan  bu  hududga  Ettisuvdan  va  SHarqiy 

Turkistonning  g’arbiy  mintaqalaridan  qarluq,  chigil,  xalach  va  boshqa  turkiy 

qabilalar  ko’plab  ko’chib  o’tadilar  va  ular  qoraxoniylarning  harbiy-siyosiy 

hayotida  muhim  rol  o’ynaydilar.  Qarluq,  xalach  va  o’g’uz  qabilalari  G’azna  va 

Xorazmning  siyosiy  hayotida  ham  faol  qatnashganlar.  Ettisuvga,  bu  erlar  uchun 

yod bo’lgan yangi etnos — qora xitoylar (qorakidan, kidan) kelib o’rnashdilar va 

o’z  hukmronligini  o’rnatdilar.  Movarounnahr  va  Ettisuvning  etnik  tarkibida  yuz 

bergan o’zgarishlar o’sha davrning (X—XI asr) etnik taraqqiyotiga muayyan ta’siri 

bo’lgan, albatta. 

Fors  tilida  ham  bir  qancha  asarlar  mavjud.  Bularning  ham  eng  asosiylariga, 

(ishimizdagi  ba’zi  masalalarni  yoritish  uchun)  kerak  bo’lgan  manbalarning 

ayrimlariga to’xtab o’tmoqchimiz. 

Fors  tilida  yozilgan  asarlardan  biri  Buxoroning  Narshaxiy  qishlog’ida  899  yili 

tug’ilgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning «Buxoro tarixi»dir. Bu 

asar  dastavval  Narshaxiy  tomonidan  arab  tilida  yozilgan.  1128  y.  hozirgi  Quva 



shaxrida  yashagan  al-Quboviy  nomli  kishi  tomonidan  fors-tojik  tiliga  tarjima 

qilingan. 

Narshaxiyning  «Buxoro  tarixi»  asarida  O’rta  Osiyoda  arablar  «istilosi 

natijasida islom dinining tarqalishi (VIII asr) hamda IX—XII asrlardagi Buxoro va 

Buxoro vohasidagi shahar va qishloqlarning iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va siyosiy 

tarixiga  oid  ma’lumotlar  beriladi.  Asarda  yana  qadim  davrlardan  turklarning 

Buxoro  va  uning  atroflariga  kelib  joylashishi,  Buxoro  xalqining  tarixi,  Turkiston 

va  Etti  suv  turklari  bilan  o’zaro  siyosiy  va  etnik  aloqalari,  Buxoro  aholisining 

e’tiqodlari,  bayramlari,  qoraxoniylar  sulolasi  xonlarining  Buxoroda  va  uning 

atroflarida qurgan qasrlari va qo’riqxonalari haqida va shunga o’xshash bir qancha 

boshqa masalalar yoritilgan.Asarda keltirilgan ma’lumotlar ilk o’rta asrlarda O’rta 

Osiyo  xalqpari  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  hayotini  tushunib  olishimizga  katta 

yordam 

beradi. 


Narshaxiyning 

asarida 


Xurosonda, 

Afg’oniston 

va 

Movarounnahrda  yashovchi  ayrim  turkiy  xalqlar  va  etnik  guruxdar  ham  tilga 



olinadi.  Masalan,  Qoraxoniy  turklari,  g’uz  (o’g’uz)  shular  jumlasqdandir.  Tilga 

olingan  bu  xalqlar  va  etnik  guruhlar  O’rta  Osiyoning  siyosiy  hayoti  va 

etnogenezida sezilarli iz qoldirgan, albatta. 

 Etnik tarixni va etnogenezni o’rganish masalasiga oid yana bir muhim manba 

X  asrda  fors  tilida  yozilgan  «Hudud  al-olam»  asaridir.  Asarning  muallifi  ma’lum 

emas, shuning uchun ham bu asar ko’pincha «Tumanskiy ko’lyozmasi» nomi bilan 

mashhur  bo’lib  qolgan.«Hudud  al-olam»  geografik  asar  bo’lib,  uvda  dunyo 

xalqlarining  geografik  joylanishi,  ma’muriy  va  iqtisodiy  sharoitlari  batafsil 

yoritiladi.  Asarning  talay  qismi  Markaziy  Osiyoga  bag’ishlangan  bo’lib,  unda 

mintaqalardagi  tabiiy  boyliklar,  daryolar,  cho’l  va  sahrolar,  aholi  yashaydigan 

viloyatlar  haqida  gapiriladi.  Masalan:  to’g’uz-o’g’uzlar,  kimaklar  yashaydigan 

hududlar,  ularning  shaharlari,  shuningdek  Movarounnahr,  Xuroson,  Xorazm 

viloyatlari  va  ularning  shaharlari  haqida  ham  qisqa  ma’lumotlar  berilgan.  Bu 

ma’lumotlar asosida X asrda Movarounnahrda, Sirdaryo bo’ylarida, Ettisuv, O’rol 

oldi mintaqalarvda va SHarqiy Turkistonda yashovchi xalqlarning etnik xaritasini 

tasavvur qilish qiyin emas. 




Evroosiyo mintaqalarida joylashgan xalqlar, yirik qabila uyushmalari haqida 

ma’lumot beruvchi manbalar qatoriga Gardiziyning (XI asr) «Zayn ul-axbor» asari 

ko’p yillar davomida tarixchi-tadqiqotchilarning diqqatini o’ziga jalb qilib kelgan. 

Asar  fors  tilida  yozilgan.Asarda  Evroosiyo  hududlarida  yashovchi  bir  qancha 

turkiy  xalqpar  va  qabilalar,  chunonchi  qarluq,  kimak,  qirg’iz,  yag’mo,  chig’il, 

pecheneg,  to’g’uz-o’g’uz  (to’qqiz-o’g’uz),  hazar,  suvor,  bulg’or  va  boshqa 

etnonimlar tilga olinib, ularning joylashgan erlari, xo’jalik faoliyati, e’tiqodlari va 

urf-odatlari  yoritiladi.  Gardizi  bergan  axborotlar  «Hudud  al-olam»  va  uvdan 

odtsinroq o’tgan mualliflarning asarlaridagi ma’lumotlarni birmuncha to’ldiradi va 

shu  bilan  Evroosiyo,  xususan,  Ettisuv,  Janubiy  Sibir,  SHarqiy  Turkistonda  va 

Sirdaryo soxillarida yashovchi aholining etnik tarkibi borasida aniq tasavvur qilish 

imkoniyatini beradi. 

Turkiy  xalqlarning  etnik  tarixini,  uni  etnogenezini  o’rganuvchi  tadqiqotchi 

Muhammad  ibn  Mansur  Marvarudiyning  (XII  asrning  ikkinchi  yarmi  XIII  asr 

boshlari) «Tarixi-Muborakshox» asariga murojaat qilmasdan o’tolmaymiz. Bu asar 

umumiy tarix bo’lib, juda ko’p mamlakatlar va xalqpar haqida ma’lumotlar beradi. 

Bizning  ishimiz  uchun  asarning  eng  muhim  joyi  Turkiston  va  turkiy  xalqpar 

haqidagi ma’lumotlaridir. 

Asarda Turkiy xalqlarning juda katta hududda yashaganligi, ularning sharqiy 

chegarasi  Xitoy  bilan,  G’arbiy  Rum  bilan,  shimolda  shimoliy  xalqlar  bilan, 

janubda  —  Hindistonning  baland  qorli  cho’qqilari  bilan  tutash  ekanligi 

ta’kidlanadi.  Turklarning  Evroosiyo  va  arab  mamlakatlaridagi  o’rni  (mavqei) 

hamda  ular  yuqori  madaniyatli  xalqlar  bo’lganliklari,  o’z  yozuvlariga  ega 

ekanliklari ham asarda qayd qilingan. Asarda 60 dan ortiq turkiy etnonimlar tilga 

olinadi. 

SHaraf  ul-zamon  Tohir  Marvaziy  (XII  asr  boshida  yozilgan)  asaridan 

keltirilgan  ayrim  ma’lumotlar  ham  diqqatga  sazovor.  Asarning  bir  bobi  Xitoy 

mamlakatiga  va  Hindistonga  bag’ishlangan.  SHu  bobning  katta  qismida  turkiy 

xalqpar haqida gapiriladi. Marvaziyning asari XII asr boshlarida yozilgan bo’lsada, 

uning  turkiy  xalqlar  haqidagi  ma’lumotlari  ilk  o’rta  asrlarni  (VI—X  asr)  to’la 




qamrab olgan. 

Marvaziy  o’g’uz,  uyg’ur,  kun,  qay,  sariq  (shari),  kimak,  yag’mo,  pecheneg, 

qirg’iz, qarluq, xaloch, bulg’or va boshqa etnonimlar haqida muhim  ma’lumotlar 

beradi. Asarda tilga olingan qabilalarning etnik tarixi, xo’jalik faoliyati, moddiy va 

madaniy  hayoti,  e’tiqodlari  haqida  gapiriladi.  So’zsiz,  Marvaziyning  barcha 

ma’lumotlarini  boshqa  manbalar  bilan  solishtirmasdan,  chuqur  tahlil  qilmasdan 

qabul  qilib  bo’lmaydi.  Olimning  ishidan  foydalangan  har  bir  kishi  u  bergan 

izoxlarni ham e’tiborga olishi kerak bo’ladi. 

Olmaliq  shahrida  1230  yili  tavallud  topgan,  turkiy  xalqlardan  chiqqan  fors-

tojik tilvda asar yozgan tarixchi va shoir Jamol Qarshiyning «Mulhakat as-surah» 

asarida  ham  ishimizga  oid  ba’zi  ma’lumotlar  mavjud.  Asarda  asosan  Mo’g’ul 

xonlari,  ayrim  tarixiy  shaxslar,  shahar  va  viloyatlar  (Qoshg’ar,  Xo’tan,  Xo’jand, 

SHosh,  Farg’ona  va  boshq.)  haqida  gapiriladi.  Biz  uchun  eng  muhimi,  asarning 

Qoraxonlar  tarixiga  bag’ishlangan  qismi.  Bunda  muallif  Qoraxonlar  xoni  (X  asr 

o’rtalarida  vafot  qilgan)  Satuk  Bug’raxon  Abd  ul-Karimning  va  uning  yaqinlari 

tomonidan  islom  dini  qabul  qilinganligi,  islom  dinining  ko’chmanchi  va  yarim 

ko’chmanchi  xalqiar  orasiga  kirib  borishi  hikoya  qilinadi.  O’sha  asrda  islom 

dinining  chorvadorlar  orasida  keng  tarqalib  borishi,  ular  madaniy  darajasining 

o’sishi turg’un aholi bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning yana mustahkamlanib 

borishida  muhim  omil  bo’lgan.  Asarda  Qoraxonlar  sulolasiga  mansub  bo’lgan 

xonlarning nomlari keltirilgan. 

 

 



 

 

 




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin