Mavzu: O'zbekiston Respublikasi prezidenti sh. Mirziyoyevning oliy majlisga murojatnomasida ijtimoiy sohani isloh qilish bo'yicha qabul qilingan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi


Ayniqsa, har qachongidan ham ogʻir boʻlgan bu yilgi mavsumda mirishkor dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilganlarini alohida taʼkidlashni istardim



Yüklə 323,36 Kb.
səhifə2/6
tarix22.08.2023
ölçüsü323,36 Kb.
#128727
1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston Respublikasi prezidenti sh. Mirziyoyevning oliy majlisga murojatnomasida ijtimoiy sohani isloh qilish bo\'yicha qabul qilingan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Ayniqsa, har qachongidan ham ogʻir boʻlgan bu yilgi mavsumda mirishkor dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilganlarini alohida taʼkidlashni istardim.

  • Ayniqsa, har qachongidan ham ogʻir boʻlgan bu yilgi mavsumda mirishkor dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilganlarini alohida taʼkidlashni istardim.
  • Aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori oʻtgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirildi. Xususan, pedagog xodimlarning ish haqi soʻnggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha koʻpaytirildi.
  • Koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli aholining real umumiy daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshdi.
  • “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida 2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi.
  • Bu yildan boshlab, soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ qoldirildi.
  • Bu, oʻtgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan esa – shunga eʼtibor berishingizni soʻrayman – 32 barobar koʻpdir.
  • Hurmatli yurtdoshlar!
  • Yakuniga yetib borayotgan yil barchamiz uchun muqaddas Vatan timsoli boʻlgan qishloqlarimiz, mahallalarimizni obod qilish boʻyicha ulkan ishlar boshlangan yil boʻldi.
  • Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Joriy yilda bu boradagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
  • Natijada 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega boʻldi.
  • Oʻtayotgan yilda hayotimizning boshqa sohalarida, jumladan, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish yoʻlida ham muhim qadamlar qoʻyildi. Ayniqsa, yurtimiz yoshlari Indoneziyada boʻlib oʻtgan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, Argentinada oʻtkazilgan oʻsmirlar Olimpiadasida yuqori oʻrinlarni olgani barchamizni quvontirdi.
  • Hurmatli parlament aʼzolari!
  • Xalqaro munosabatlarda ochiq va amaliy, faol tashqi siyosat olib borilayotgani tufayli ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro obroʻsi tobora ortib bormoqda.
  • Barcha qoʻshnilarimiz bilan doʻstona va oʻzaro ishonch ruhidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi.
  • 2018 yilda 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar amalga oshirildi va 52 milliard dollarlik 1 ming 80 ta loyiha boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Yüklə 323,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin