Mavzu: O'zbekiston Respublikasi prezidenti sh. Mirziyoyevning oliy majlisga murojatnomasida ijtimoiy sohani isloh qilish bo'yicha qabul qilingan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi


Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi



Yüklə 323,36 Kb.
səhifə3/6
tarix22.08.2023
ölçüsü323,36 Kb.
#128727
1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston Respublikasi prezidenti sh. Mirziyoyevning oliy majlisga murojatnomasida ijtimoiy sohani isloh qilish bo\'yicha qabul qilingan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi.

  • Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi.
  • Bugungi kunda yurtimizda, chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
  • Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlar tobora kuchayib borayotganini hisobga olib, biz yangi Mudofaa doktrinasini qabul qildik.
  • Qurolli Kuchlar tarkibidagi barcha qoʻshin turlarining tuzilma va vazifalari qayta koʻrib chiqildi.
  • Armiya va xalq birligini taʼminlash maqsadida barcha hududlarda harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etildi.
  • Albatta, yil mobaynida amalga oshirgan ishlarimiz roʻyxatini uzoq davom ettirish mumkin. Lekin bunday misollarni keltirish, qayd etishdan maqsad – koʻkrakka urib maqtanish emas. Biz bundan mutlaqo yiroqmiz. Bizning maqsadimiz – oʻtgan bir yillik taraqqiyot yoʻlimizni xolisona va tanqidiy baholashdan iborat.
  • Fursatdan foydalanib, islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan, barcha qiyinchilik va sinovlarni mardona yengib, oʻzining fidokorona mehnati bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshayotgan olijanob xalqimizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
  • Muhtaram anjuman ishtirokchilari!
  • Yana sanoqli kunlardan keyin yurtimizga yangi – 2019 yil kirib keladi. Yangi yil arafasida anʼanamizga koʻra 2019 yilga qanday nom berish toʻgʻrisida bugun sizlar bilan maslahatlashib, bir qarorga kelsak, ayni muddao boʻladi.
  • Albatta, biz bu haqda koʻp oʻyladik. Joylarda xalq bilan muloqotlar davomida va murojaatlarda bildirilgan fikrlar, taklif-mulohazalarni atroflicha koʻrib chiqdik.
  • Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan.
  • Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
  • Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.
  • Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: investitsiya deymiz, islohotlar deymiz, modernizatsiya, deymiz.
  • Lekin bu oʻzgarishlardan koʻzlangan asosiy maqsad nima oʻzi?
  • Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir.
  • Bu yoʻnalishda oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bogʻliq.
  • Yoshlarimizga munosib taʼlim berish, ularning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini roʻyobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishimiz, oʻrta va oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va oʻquv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak.
  • Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sogʻliqni taʼminlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz.

Yüklə 323,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin