Mavzu: O'zbekiston Respublikasi prezidenti sh. Mirziyoyevning oliy majlisga murojatnomasida ijtimoiy sohani isloh qilish bo'yicha qabul qilingan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi


Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart



Yüklə 323,36 Kb.
səhifə5/6
tarix22.08.2023
ölçüsü323,36 Kb.
#128727
1   2   3   4   5   6
O\'zbekiston Respublikasi prezidenti sh. Mirziyoyevning oliy majlisga murojatnomasida ijtimoiy sohani isloh qilish bo\'yicha qabul qilingan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi

Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart.

  • Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart.
  • Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas.
  • Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.
  • Oʻtish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir.
  • Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin.
  • Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimini respublikamizda 2020 yil 1 yanvardan boshlab toʻliq joriy etishimiz lozim.
  • Iqtisodiyotning barqaror oʻsishi, birinchi navbatda, yetakchi sohalar rivojiga bevosita bogʻliqdir.
  • Qaysi sohada yuqori qiymatga ega mahsulot yaratilsa, biz ana shu sohani birinchi navbatda qoʻllab-quvvatlaymiz.
  • Shuning uchun iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishimiz lozim.
  • Vazirlar Mahkamasi mamlakatni 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilishni kelgusi yil 1 aprelgacha yakunlasin.
  • Byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish zarur.
  • Byudjet hisobidan mablagʻ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor koʻrsatkichlaridan iborat, natijaga yoʻnaltirilgan indikatorlari boʻlishi kerak.
  • Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ushbu vazifalarni amalga oshirish yuzasidan taklif kiritish topshiriladi.
  • Kelgusi yil uchun Davlat byudjeti defitsiti 4,5 trillion soʻm atrofida boʻlishi va yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,1 foiz boʻlishi rejalashtirilmoqda.
  • Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi hozirdan boshlab qoʻshimcha imkoniyat va manbalar hisobidan byudjet daromadlarini koʻpaytirish, shu orqali kutilayotgan defitsitni kamaytirish yuzasidan aniq choralar koʻrsin.
  • Shuningdek, bir oy muddatda tashqi bozordagi oʻzgarishlarning iqtisodiyotimizga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish lozim.

Yüklə 323,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin