Nogironligi boʻlgan shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar, umuman, koʻmakka muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz boʻlib qoladi
O\'zbekiston Respublikasi prezidenti sh. Mirziyoyevning oliy majlisga murojatnomasida ijtimoiy sohani isloh qilish bo\'yicha qabul qilingan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi
Nogironligi boʻlgan shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar, umuman, koʻmakka muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz boʻlib qoladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar, umuman, koʻmakka muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz boʻlib qoladi.
Kelgusi yilda tadbirkorlik, biznes uchun yanada qulay muhit yaratish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, aholi daromadlarini koʻpaytirish, pensiya taʼminotini yaxshilash boʻyicha ham koʻp ishlar qilishimiz lozim.
Shularning barchasini hisobga olib, 2018 yilda boshlagan ishlarimizni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida, men kirib kelayotgan yangi – 2019 yilga“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”, deb nom berishni taklif etaman.
Aziz doʻstlar!
Yilga bunday nom berganimiz barchamizga juda katta vazifalar va masʼuliyat yuklaydi. Investitsiyalarni qanday qilib koʻpaytiramiz, ijtimoiy muammolarni qanday hal qilamiz, degan savollar oldimizda koʻndalang boʻlib turibdi.
“Oynai jahon” orqali bizni kuzatib turgan xalqimiz ana shu savollarga bizdan javob kutishga toʻla haqli.
Bu vazifalarni hal qilishga bugundan boshlab kirishmasak, bor kuch va imkoniyatlarimizni shu yoʻlda safarbar etmasak, koʻzlagan maqsadga, marraga erishish qiyin boʻladi.
Har bir rahbar – u vazir yoki markaziy idora boshligʻi boʻladimi, deputat yoki senator boʻladimi, kompaniya yoki xoʻjalik birlashmasi raisi, viloyat yoki tuman hokimi boʻladimi – barcha-barchamiz bu ishni eng birinchi vazifamiz, deb bilishimiz zarur.
Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz.
Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi.
Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart.
Qadrli yurtdoshlar!
Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim:
– ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish;
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;