Mavzu: O’zbekiston Respublikasi prezidentining Maktabgacha ta’limga doir qaror, farmon va farmoyishlari Reja


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING



Yüklə 407,95 Kb.
səhifə16/32
tarix14.06.2022
ölçüsü407,95 Kb.
#116917
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
xubbimova gulhayo

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Oldingi tahrirga ko’ra
DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI XODIMLARINING AYRIM TOIFALARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga ko’ra.
Uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga ko’ra.
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ayrim toifalarining:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga ko’ra.
a) 2018-yil 1-martdan boshlab — direktorlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 30 foizga;
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
b) 2018-yil 1-sentabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga ko’ra.
oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda — 30 foizga;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
Oldingi tahrirga ko’ra.
oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 20 foizga;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
Oldingi tahrirga ko’ra.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 10 foizga tabaqalashtirib oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga ko’ra .
2. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Urgut, Bulung‘ur va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Forish, Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlari, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani xamda Farg‘ona tumanining “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to‘lovi miqdori 2023-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda ikki baravar pasaytirilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. 2018-yil 1-martdan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq to‘lash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2018-yilda ushbu qarorga muvofiq davlat ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga moliyalashtirilishini ta’minlasin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasini shakllantirishga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining qat’iy ravishda 15 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda tutsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 32-ilovasiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.

Yüklə 407,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin