Mavzu: O`zbekiston Respublikasida erkin bozor iqtisodiyotini vujutga keltirish to`g`risidagi iqtisodiy konsepsiyalar. Reja


Kо’р ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishi



Yüklə 31,79 Kb.
səhifə2/2
tarix15.11.2023
ölçüsü31,79 Kb.
#132526
1   2
0000O`zbekiston Respublikasida erkin bozor iqtisodiyotni vujudga keltirish to`g`risidagi iqtisodiy konsepsiyalar

Kо’р ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishi
Bozor iqtisodiyoti, avvalo, turli xil mulk shakllariga, ko’p ukladli iqtisodiyotga asoslanadi. Shu boisdan O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkdorlar tabaqasini shakllantirish iqtisodiy islohotlarda birinchi o’rinda turdi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida iqtisodiyot xilma-xil mulk shakllaridan iborat bo’lishi, har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik vа mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo’yilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi. O’zbekistonda xususiylashtirish qandaydir kishilar manfaatiga bo’ysundirilmadi, chek (vaucher) asosida xususiylashtirishga yo’l qo’yilmadi. davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish yо’li tutildi. Shu bilan birga xususiylashtirish chog’ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xo’jaligi davlat xo’jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi. Xususiylashtirishga davlat boshchilik qildi. Вu jarayonni tashkil etish va rahbarlik qilish uchun 1992- yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va хususiylаshtirish davlat qo’mitasi tuzildi, 1994- yilda uning funksiylari kengaytirilib, Davlat mulkini boshqarish va tаdbirkorlikni qo’llab-quvvаtlаsh davlat qo’mitаsi sifatida qayta tashkil etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish vа xususiylashtirish 1991- yil 18-nоyabrda qаbul qilingan mulkni Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risidаgi, (1993- yil 7-mаy) qonunlar va 20 dan ortiq maxsus davlat dasturlari asosida amalga oshirildi. Xususiylashtirish savdo, xizmat ko’rsatish va mahalliy sanoat korxonalarini, uy-joy fondini, qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo’jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Вu kichik xususiylashtirish deb nоm oldi. 1993-1994- yillarda davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan bерul berildi. Urush faxriylari, o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bерul berildi. 2002- yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi. 1994- yil 21-yanvarda e’lon qilingan "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi va 1994- yil 16-martda e’lon qilingan "Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida" gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayonida yangi turtki bo’ldi. 1992-1994- yillarda 54 mingga yaqin savdo, xizmat ko’rsatish, avtomobil transporti, qurilish, qishloq хо’jalik korxona vа obyektlari davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. Qishloq xo’jaligida bog’larning yarmi, uzumzorlarning 40 foizi xususiy foydalanish uchun berildi. 14 mingdan ortiqroq fermer xo’jaliklari tashkil topdi, ularga 193 ming gektar yer ajratib berildi. Xususiy tadbirkor subyektlarining soni 300 mingga yetdi, ularning 250 mingtasini patent asosida yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanadigan kishilar tashkil etdi. 1994- yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo’ldi.

Xulosa
Respublika xalq xo’jaligini, uning tarmoqlarini boshqarishning mа’muriy-buyruqbozlik tizimini tugatish, boshqaruvni bozor munosabatlariga moslashtirish maqsadida institutsional (muassasalar sohasida) o’zgarishlar amalga oshirildi. Mustabid sovet tuzumidan meros bo’lib qolgan markaziy iqtisodiy organlar - davlat reja qo’mitasi, davlat ta’minot qo’mitasi, davlat narxlar qo’mitasi, davlat agrosanoat qo’mitasi iqtisodiyot tarmoqlarini boshqaruvchi boshqa vazirliklar, qo’mitalar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Makroiqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi qoshida narxlarni nazorat qilish bo’yicha maxsus boshqarma, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi, davlat soliq qo’mitasi, davlat bojxona qo’mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi kabi yangi boshqaruv organlari tuzildi. Ittifoq parchalanib ketgach, O’zbekiston hududida joylashgan ittifoq va ittifoqdosh respublikalar bo’ysunividagi korxonalar respublikamizning to’la mulki bo’ldi. Endi ularni bozor iqtisodiyotiga moslab boshqarishni tashkil etish zarur edi. Iqtisodiy islohotlar davomida respublikadagi bu yirik korxonalar o’z faoliyat sohalariga qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq uyushmalariga, konsernlarga, korporatsiyalarga, xolding kompaniyalariga aylantirildi. Noishlab chiqarish tarmoqlarini boshqarish qayta tuzilib milliy kompaniyalar tashkil etildi.


Foydalanilga manbalar:
1. https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/iqtisodiyot/bozor-iqtisodiyotiga-o-tishning-yo-llari-va-modellari
2. https://genderi.org/ozbekiston-tarixi-1-ozbekiston-respublikasi-mustaqilligining-e.html?page=8
3. I. А. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо’lidа. T., O’zbekiston, 1995


Yüklə 31,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin