Mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari Mavzu rejasi


O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari



Yüklə 22,74 Kb.
səhifə3/6
tarix01.12.2023
ölçüsü22,74 Kb.
#136929
1   2   3   4   5   6
Mavzu O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.

Hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, ta’lim tizimini takomilashtirish, o’quv adabiyotlari bilan sifatli ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida ta’rbiyalash shuningdek, amaldagi ta’lim tizimini isloh qilish va ilg’or xorijiy tajribaga mos ravishda ta’lim tizimini yaratish bo’yicha bir qancha o’zgarishlar bo’ldi.
Jumladan, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni qabul qilinib, mazkur qonun 2020-yilning 23-sentabrdagi O’RQ-637-son kunidan kuchga kirdi. Ushbu qonunga ko’ra ilk bor inklyuziv ta’lim joriy etildi. Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo’lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan ta’lim olish shakli hisoblanadi. Bunda ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:

  • ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);

  • nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;

  • oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;

  • katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish;

  • jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar (shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;

  • eksternat tartibidagi ta’lim - o’quv dasturlarini mustaqil ravishda o’zlashtirishni o’z ichiga olib, uning yakunlari bo’yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o’tish;

  • mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

Qonunga muvofiq, davlat oliy ta’lim, o’rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o’rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etilishi hamda nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yildi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya esa Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berish joriy etildi. Bundan tashqari mazkur qonun bilan pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari belgilab qo’yildi. Xususan, pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinishi, pedagog xodimlar ijtimoiy qo’llab-quvvatlanashi, o’z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro’sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilishi, shuningdek o’z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar berilishi nazarda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, ushbu qonun bilan joriy qilinayotgan yangiliklar ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar salohiyati va ta’lim sifatining oshirilishida, oliy ta’lim muassasalariga eng iqtidorli yoshlarning qabul qilinishida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli hamda tizimli o’zgarishlarda ta’lim muassasalarining faol ishtirok etishini ta’minlashda qo’l keladi.

Yüklə 22,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin