Reja 1.O’zbekiston Respublikasivalyuta siyosatining hozirgi holati 2.Valyuta siyosati 3. O'zbekistonda valyuta siyosatining keng miqyosda erkinlashtirishi
1.O’zbekiston Respublikasivalyuta siyosatining hozirgi holatiO’tgan asrning oxirgi yillaridan boshlab, valyuta siyosatini erkinlashtirishiqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizdamurakkablashgan iqtisodiy holatni hisobga olgan holda milliy valyutakonvertatsiyasiga erishish mamlakatni xalqaro mehnat taqsimotida yanada faolroqishtirok etishiga zamin yaratdi. Bundan tashqari, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalaro’sdi, eksport va import rag’batlantirildi, jahon xo’jaligiga milliy iqtisodiyotningintegratsiyalashuvi tezlashdi, nihoyat, iqtisodiy o’sish va xalq farovonligi oshdi.2006 yilning 9 oyi mobaynida, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankitomonidan amalga oshirilgan valyuta siyosati bir muncha qattiq pul – kreditsiyosatini o’tkazish va monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini pasaytirish orqalimilliy valyutaning xarid qilish qobiliyatini mustahkamlashga yo’naltirildi. Natijadatahlil qilinayotgan davrda iste’mol narxlari o’sishi(inflyatsiya darajasi) istiqbolko’rsatkichlaridan oshmadi va 3.7 % ni tashkil etdi.Kuzatilayotgan iste’mol narxlari dinamikasi va kutilayotgan inflyatsiyatendensiyalaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki2006 yil 15 iyuldan e’tiboran qayta moliyalashtirish stavkasini 16 %dan 14%gacha pasaytirdi. Inflyatsiyaning past darajasini saqlab turilishi va Markaziybankning qayta moliyalashtirish stavkasining pasaytirilishi milliy valyuta –so’mning barqarorligini yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beruvchiko’rsatkichlardir.2006 yilning 9 oyi mobaynida Markaziy bank tomonidan ichki valyutabozorining barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash bo’yicha chora – tadbirlaramalga oshirib borildi. Ko’rilayotgan davrda 25 ta vakolatli banklar chetvalyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi O’zbekistonRespublikasi Markaziy bankining litsenziyasiga ega bo’lgan.2006 yilning 9 oyi mobaynida so’mning AQSh dollariga nisbatan nominalayirboshlash kursi 4,2 %ga, 2005 yilning mos davriga nisbatan esa 7,9 %gadevalvatsiyalandi. Naqd xorijiy valyutaning ayirboshlash kursi 3,4 %ga, 2005 yil 9oyi natijalariga nisbatan 7,2 %ga pasaydi. Naqd xorijiy valyuta ayirboshlashkursining devalvatsiyalanish sur’atlari nominal ayirboshlash kursiningdevalvatsiyalanish sur’atlariga nisbatan bir muncha yuqori bo’lishi ayirboshlashkursining mavsumiy o’zgarishlari bilan bog’liqdir