4. Bolalar sporti barkamol avlodni tarbiyalash xizmatida Yurtboshimiz iborasi bilan aytganda “Ne-ne bahodirlarni yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farxod haqidagi rivoyatu dostonlar afsona emas, xalq ruhining, xalq mardligining timsolidir”. Albatta, bunday alpqomat pahlavonlar birdaniga o‘z-o‘zidan baquvvat, jasur bo‘lib qolmaganlar, o‘z ota-onalari, yaqinlari va ustozlari rahbarligida tinmay mashq qilganlar, kurash, jang qilish, otda chopish, qurol ishlatish sir-asrorlarini o‘rganganlar. Jahonga mashhur avlodlarimiz buyuk davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi nafaqat o‘zlari pahlavonlik, mardlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, ilm-fan bobida o‘rnak bo‘lganlar, balki o‘z askarlari, bo‘lajak el-yurt himoyachilari tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Bashariyat sivilizatsiyasi va uning porloq kelajagiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Farobiy, A.Navoiy, Furqat kabi ko‘pdan-ko‘p olimu-allomalarimiz hamda dunyo ilmida dong taratgan olamga mashxur Al-Buxoriy, B.Naqshband, A.Yassaviy kabi ulamolarimiz ham yoshlarga ma’naviy va jismoniy tarbiya bo‘yicha saboq berganlar1. Yaqin o‘tmishimiz mutafakkir-ma’rifatchilar bo‘lgan A.Qodiriy, A.Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Behbudiy, U.Nosir va boshqa ko‘pgina allomalarimiz risolayu-o‘gitlari yoshlar hayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ammo, sobiq “ittifoq” davrida ulug‘ ajdodlarimizning bebaho madaniy-ma’naviy meroslari, ilmu-fanga oid mangu dolzarb asarlari hamyurtlarmiz, yoshlarimiz ongiga o‘zgacha talqin bilan taqdim etildi, ularning ma’naviy-madaniy, hatto jismoniy shakllanishi “katta og‘alar” chizig‘i bilan belgilandi. Darhaqiqat, XX asr bizga mustaqillik nashidasiyu - beqiyos islohotlar, Vatan ozodligiyu el-yurt farovonligi bilan bir qatorda “ittifoq” tazyiqi, “oq” va “qizil” imperiyalar buyurtmasiga xos g‘oya, axloq-odob, ma’rifat-madaniyat, zaharlangan ekologiya-tuproq, suv, havo, me’yorlanmagan mehnat kabi illatlarni “meros” qilib qoldirdi. Bu, albatta, inson salomatligiga, ayniqsa bo‘lajak onalar va bolalar salomatligiga salbiy ta’sir etmasdan qolmadi. A.Yorqulovning (1997) ma’lumotlarga qaraganda 1997-yilning 1-yanvarigacha Respublika bo‘yicha 15-19 yoshli yigit va qizlarimiz o‘rtasida 1127443 ta kasallik holatlari qayd qilingan, 110600 ta turli nuqsonlar bilan tug‘ilgan nogiron bolalar mavjudligi aniqlangan. Ular orasida 23286 tasi aqliy va 79641 tasi jismoniy zaif rivojlangan bolalar ekan. Tug‘ish yoshidagi ayollarning 2- 6,8% yurak-qontomir, 4,5-6,8% ovqat hazm qilish, 7,8-12,8% nafas olish a’zolari, 60% dan ortiqrog‘i kamqonlik va boshqa kasalliklarga chalingan. Lekin so‘nggi yillarda mustaqillik sharofati tufayli, mamlakatimizning turli hududlarida, ayniqsa uzoq qishloqlarda zamonaviy tibbiy-davolash va profilaktik majmualar, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan diagnostik va muolaja markazlari bunyod etilib, xalqimiz, ona va farzandimizga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan turli yillarni “Inson manfaati” (1997), “Oila” (1998), “Ayollar” (1999), “Sog‘lom avlod” (2000), “Ona va bola” (2001), “Qariyalarni qadrlash” (2002), “Obod mahalla” (2003), “Mehr va muruvvat” (2004), “Sihat-salomatlik” (2005), “Homiylar va shifokorlar” (2006), “Ijtimoiy himoya” (2007) yili deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan ishlab chiqilgan uzoq muddatli davlat dasturlarining izchillik bilan amalga tadbiq etilayotganligi sog‘lom turmush tarzini kuchaytirish, aholi salomatligini mustahkamlash, ma’naviy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni shakllanishiga olib kelmoqda. Mustaqillik tufayli O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning odilona siyosati asosida millat genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo‘lmish jismoniy tarbiya va sport tobora milliy istiqlol mafkurasining “Strategik quroli”ga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi konseptual hujjatlarda jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor berilishi, 1992-yilda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” Qonunni qabul qilinishi va 2000-yilda uning yangi tahriri hayotga tadbiq etilishi, “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, futbol, tennis, kurash sport turlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlar, ayniqsa 2002 yil 24 oktyabrda yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tuzish to‘g‘risida”gi farmoni va shu farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan e’lon qilingan Hukumat qarori hamda ularni izchillik bilan hayotga bosqichma-bosqich joriy etilayotganligi jismoniy tarbiya va sport, jumladan bolalar sportini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida ravnaq topayotganidan dalolat beradi. Taxsinga sazovor joyi shundaki, birinchi Prezidentimizning har bir chiqishi yoki ma’ruzasi qaysi soha, mavzu yoki yo‘nalishga oid bo‘lishidan qat’iy nazar jismoniy tarbiya va sport mavzusiga urg‘u beriladi. Uning quyida keltirilgan ayrim iboralari mazkur sohani nechog‘lik muhim mohiyatga ega ekanligini ochib beradi. Bu so‘zlar nafaqat soha mutaxasisslariga yuksak ma’suliyat yuklaydi, balki yurtimizning har bir fuqarosini jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga hamda tasavvurini kengaytirishga undaydi. Qayd etish lozimki, ta’lim, sihat-salomatlik, jismoniy tarbiya va sportga oid hujjatlar asosida o‘z hayotiy aksini topib kelayotgan Davlat dasturlarining yanada chuqurroq va global miqyosda amalga oshirilishida, bugungi va kelajak avlodni ma’nan hamda jismonan sog‘lom qilib tarbiyalashda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining o‘rni beqiyosdir. Jumladan, Farmonda alohida urg‘u berilgan, bolalar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish borasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga, bolalar sportini aniq maqsad yo‘lida va barqaror avj oldirishga ko‘maklashishi, bolalarda sportga mehr uyg‘otish, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, ularni salbiy ta’sirdan himoya qilish hamda zararli odatlardan xalos etish, bolalarni barqaror fe’l-atvorli. Vatanga mexr-muhabbat va o‘z mamlakati uchun g‘urur-iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, - birinchi navbatda qishloq joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasini shakllantirish, aholi manzilgohlarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog‘ini barpo etish, ularni zamonaviy sport uskunalari hamda anjomlari bilan jihozlash, ulardan samarali foydalanishni ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha zarur moliyaviy va moddiy mablag‘larni jamlash, bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan uyg‘un kamol topishini ta’minlashni nazarda tutgan holda tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash, hudud aholisining zichligini, sport mashg‘ulotiga jalb etiladigan bolalar soni, jinsi va yoshini e’tiborga oladigan bolalar sport maydonchalari va komplekslarining ilmiy asoslangan namunaviy loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish, bolalarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko‘nikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashg‘ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko‘maklashish. Bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublarini joriy etish, bolalar sporti bo‘yicha ustozlar va pedagog kadrlarni mamlakatning etakchi ilmiy hamda ta’lim markazlarida va chet ellarda tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasida Respublika Milliy Olimpiya Qo‘mitasi, sport federatsiyalari, klub va tashkilotlari bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish bolalar ommaviy sportini rivojlantirish, istiqomat joylarida texnikaviy jihozlangan, zamonaviy bolalar sporti komplekslarini barpo etish ahamiyatini keng targ‘ib qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ushbu vazifalarni ro‘yobga chiqarishga jamoatchilikni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik vakillarini, korxona va tashkilotlarni, shu jumladan xalqaro tashkilotlarni faol jalb etish. Mamlakatimiz hamda chet el investitsiyalarini, homiylik mablag‘lari va grantlarni bolalar-o‘smirlar jismoniy tarbiya va sporti sohasiga keng ko‘lamda jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish kabi masalalar “Jamg‘arma”ning asosiy vazifalari deb belgilanishi muammoni o‘ta dolzarb va qanchalik muhim ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda ushbu farmon talablari doirasida bolalar sportini ilmiy asosda tashkil qilishi bo‘yicha talaygina tadqiqotlar tashkil etilib kelinmoqda, natijalar tahlillari mahalliy, Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar muhokamalariga qo‘yilmoqda hamda samarali tavsiyalar amaliyotga joriy etilmoqda. Chunonchi, 2003- yil 1-noyabrda Toshkentda “Bolalar – o‘smirlar sportini rivojlantirish muammolari va istiqbollari”, 2003-yil Termiz shahrida “Bolalar va yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari”, shu yili Andijon shahrida “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiyani takomillashtirish muammolari”, 2004-yil Samarqandda “Sog‘lom avlod davlatimiz kelajagi” mavzulari bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘pdan-ko‘p ilmiy-amaliy anjumanlar shular jumlasidandir. Ushbu anjumanlarda yurtimiz olimlari T.S.Usmonxodjayev, R.S.Salamov, F.A.Kerimov, SH.X.Xonkeldiyev, K.M.Maxkamjanov, T.T.Yunusov, Yu.M.Yunusova, A.N.Livitskiy, Z.G.Gapparov, L.R.Ayrapetyans, E.A.Seytxalilov, M.S.Axmatov, J.E.Eshnazarov, B.T.Haydarov B.B.Kipchakov, Z.B.Boltayev va boshqalar bolalar sportini ilmiy asosda tashkil qilish, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish jismoniy sifatlar hamda sport-texnik malakalarni samarali shakllantirish masalalariga oid ilmiy-tadqiqot natijalari atroflicha tahlil etilgan. Alohida ta’kidlash joizki, mualliflarning ilmiy ishlarida bolalar sportining turli qirralari va yo‘nalishlari tadqiqot obyekti sifatida tanlangan bo‘lib, munosib ilmiy uslublar yordamida o‘rganilgan hamda nazariy xulosa va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan. Jumladan, I.E.Shkandina, Ch.R.Alimxodjaeva (2007)lar bolalar-o‘smirlar sport harakatiga oid muammolari haqida fikr yuritib, quyidagi ma’lumotlarga asoslanishgan: aholi sog‘ligi 15-20% nasliy omillarga, 20-30% tashqi muhit ekologiyasiga, 40-50% turmush tarzi, 10% sog‘liqni saqlash xizmati faoliyatiga bog‘liq ekan. Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam va maqsadli shug‘ullanish immunitetni kuchaytirish a’zaldan isbot qilingan1. Demak, shug‘ullanuvchilar yoshi, jismoniy va funksional tayyorgarligiga qarab qo‘llaniladigan hamda borgan sari “to‘lqinsimon” prinsipda orttirib boriladigan sport mashg‘ulotlari yuklamalari nafaqat jismoniy sifatlarni va sport mahoratini shakllantiradi, balki salomatlikni ham mustahkamlab boradi.
Xulosa Hozirgi davrda sportning borgan sari rivojlanib borishi sport fiziologiyasi oldidagi yana ham ko’proq vazifalar qo’ymoqda. Sport trenirovkasini ilmiy asosda tashkil etish, davrimiz talabiga mos bo’lgan sport vakllarini tayyorlash kabi masalalar sport mutaxassislaridan yuqori darajadagi bilimni talab etadi. Sport trenirovkasining ilmiy asoslash uchun sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya o’qituvchilari sog’lom biroq sport bilan shug’ullanmaydigan kismlar organizmi bilan sportchilar organizmining funksional sarqlarini yaxshi bilmog’i kerak. Bundan tashqari, har bir sport mutaxassis sportchiga beriladigan nagruzka ta’sirida yuzaga keladigan o’zgarishlarni aniq tasavvur etmog’i zarur. Har bir inson uchun kun tartibiga rioya qilib ishlash organizmning faoliyatini va o’z kuchlarini qayta tiklab olish uchun shart-sharoit yaratadi. Jihat-salomatlikni saqlaydi, umrni uzoq qiladi kundalik ish faoliyatini maxsuldorligini va sifatini a’lo darajada bajarishga yordam beradi. To’g’ri tuzilgan va qat’iy rioya qilingan kun tartibi organizmda muayyan faoliyat ritmini vujudga keltiradi. Muayyan ishni har doim bir xil vaqtda bajarilishi organizmda dinamik stereotipini shakllanishiga olib keladi. Bu shartli reflekslarning tartibga solingan muvozanatli bir tizimdan iboratdir. Tizimli faoliyat natijasida dinamik sporti mustaxkamlanib boradi va u saqlanib qolish uchun akademik I.Pavlov ta’kidlab o’tkanidek tobora kamroq asab zo’r berishi talab qilinadi. Doimiy rejimning bo’lmasligi yoki shakllanib qolgan stereotipning tez-tez o‟rganishi organizmga salbiy ta’sir ko’rsatib uni ish qobiliyatini susayib ketishiga olib keladi. O’tiladigan jismoniy madaniyat dars mashg’ulotlari jarayonida DTS davlat dasturidan keng ko’lamda foydalanib unda o’quvchilarni qiziqishiga qarab mashg’ulotlarni tashkil etish. Bolalarni jismoniy madaniyat dars mashg’ulotlarini o’tish jarayonida bolalardagi jismoniy tayyorgarlik va harakat faoliyatlari aniqlab borilishi. Bolalar o’rtasida muntazam ravishda sport turlari bo’yicha sport xaftaligi musobaqalari va sport kechalari tashkil etilishi. Umum ta’lim o’rta maktab jismoniy madaniyat o’qituvchilari va sport murabbiysi tanlovini o’tkazib g’olib chiqqan jismoniy madaniyat o’qituvchisi nomini aniqlab borish va x.k. Rasional kun tartibi sportchini faqat ish qobiliyatini saqlab qolishdagina emas balki muvaffaqiyatli mashg’ulotlarni o’tkazishga va o’z vaqtida to’g’ri ovqatlanish, to’g’ri taqsimlashga yordam beradi. Sportchi sportda yuqori natijalarga erishish uchun mashg’ulotlarni uzluksiz olib borishi, tashqi sharoit o’zgarishlariga bardash bera oladigan tezmaslashadigan bo‟lishi kerak. Sportchilarni ovqatlanishi sport malakasining maxsus talablariga aks ettiradigan ayrim tuzatishlar kiritilgan umumiy fiziologik tamoyillar asosida tuziladi. Sportchilarning ish qobiliyatiga kun tartibi ovqatlanish, uyqu ovqat tarkibi, bioritm, iqlim sharoiti va boshqalar o’z ta’sirini ko’rsatar ekan.