Mavzu: O'zbekistonda ma'naviy yangilanish jarayonida inson ma'naviy salohiyatining roli Reja: 1



Yüklə 20,99 Kb.
tarix24.12.2022
ölçüsü20,99 Kb.
#121774
O\'zbekistonda ma\'naviy yangilanish jarayonida inson ma\'naviy salohiyatining roli


Mavzu:O'zbekistonda ma'naviy yangilanish jarayonida inson ma'naviy salohiyatining roli
Reja:
1. “Madaniyat” tushunchasida tarixiylik va ilmiylik
2. Madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rni
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni sotsial faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarining shaxslar aro va guruhlar aro aloqalari shakli vasifasini ham bajaradi.Ijtimoiy taraqqiyot faoliyati bilan madaniyatning o’zaro munosabatlarida o’zgarishlarga olib keladi. An’anaviy va industrial jamiyatlarida informatsion faoliyat mustaqil sohani tashkil etgan bo’lsa, “kompyuter inqilobi” sharoitida informatsiyalar bilimlar ishlab chiqarilishi, ya’ni texnalogiyalar yaratish alohida turdagi faoliyat sifatida shakillanadi. Informatsiya qimmatbaho tavarga aylanadi. Jamiyat taraqqiyotida tarixiy inertsiya katta ta’sirini hisobga olish kerak. Inertsiyaning ta’sirida insoniyat bajarishi lozim bo’lgan vazifalardan tamoman boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’ladi. Chunki jamoa tafakkuri qiyinchiliklari bilan qayta quriladi. Bu hozirgi davrdagi mavjud muammolarga o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib yengib o’tganlarini o’rgana borib o’tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o’tmish bizga javob qaytaradi va shu bilan o’tmish, hozirgi zamon va kelajak o’rtasida doimiy muloqot bo’lib turadi.Madaniyat kishilarga tana azolari, instinktlar yoki tug’ma iste’dod kabi tabiatdan berilmaydi, har bir individ o’zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak atrofidagi kishilarning, jamiyatning va o’tgan avlodlarning to’plagan tajribalarini o’zlashtiradi. Shaxsning shakillanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki shaxsiy “tabiat”ni ham o’zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, “ikkinchi tabiati”ga aylanadi.Shaxsning madaniyat bilan o’zaro munosabati hech qachon to’liq va uyg’un bo’la olmaydi. Ijtimoiy va individual hayot, shuningdek madaniyat bir-biri bilan mos kelmasligi mumkin. Madaniyat doimo inson bilan chambarchas bog’liq bo’ladi va usiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida u o’z rivojlanishi qonunlarida va borliqqa nisbatan mustaqqildir. U madaniy merosni o’ziga mujassamlashtirgan konkret sotsial guruhlarning ma’noviy hayotiga nisbatan boyroq va chuqurroqdir. Madaniyat doimo qadryatlarning eng yirik zahirasi, tajribalar xazinasi bo’lib qoladi. Insoniyat avlodlari undan foydalanadilar va unga o’z hissalarini qo’shadilar.“Inson eng oliy darajadagi tarixiy mavjudoddir: inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonga mujassam” (N.Berdiyayev). Negaki har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan o’lchanadi.Tarixiy antrapologiyaning eng muhim tushunchalaridan biri bu mentalitetdir. “Mentalitet” bu madaniyatga ta’luqli bo’lgan kishilarga yoki boshqa muhitning muayyan “aqliy vositalar yig’indisi”, “psixologogik moslama”larning mavjudligini bildiradi. Ular insonga o’zlashtirishning sotsial borlig’ini mustaqil qabul qilishi va idrok etishga sharoit yaratadi. Betartib uzuq-yuluq tushunchalar va ta’sirlar tafakkur orqali qayta ishlanadi, nisbatan tartibli dunyo manzarasiga aylanadi. Bu manzara inson hatti-harakatida o’chmas iz qoldiradi. Bir sotsial va madaniy umumiylikning tegishli bo’lgan, tarixiy jarayoning subyektiv tomoni hisoblanuvchi idrok va his qilish uslublari tarixning obyektiv jarayoniga qo’shiladi. “madaniyat” tushunchasi qo’llanilishiga qarab quyidagicha o’rganamiz a) individual – shaxs madaniyati; b) guruhiy madaniyat – milliy, sinfiy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy; v) makon va zamonga cheklangan muayyan tipdagi jamiyat madaniyati; g) insoniyat madaniyati.
r qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, bor bilim olami bo’lib, u insonni qayerda yashashini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun o’ta shaxsiy mohiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabatga o’tadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo’luvchi axloq va shakillarni yaratishda va anglashda insonga yordam beradi. Taxsinga loyiq joyi shundaki, insonda boshqalarga nisbatan munozarali emas, balki muloyim munosabat shakillanadi. Munozaralar tug’ulgan holda jamiyatni mustahkamlashda munosib bo’lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi. Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraqqiyoti bosqichida tabiatdan ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi bo’lib, rivojlanuvchi kishilar hayotiy faoliyatlarning majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq tipidir. Ishlab chiqarish munosabatlarining majmui ijtimoiy munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi jamiyatni vujudga keltiradi. Shaxs bilan jamiyatning o’zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo’lib, shaxs madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham o’z navbatida muayyan bir jamiyat madaniyatida shakillanadi. Har bir jamiyat shaxs madaniyatni kamol toptirishda o’zining me’yoriy qadriyatlarini belgilaydi va shaxsning madaniyat ehtiyojlarini ta’minlaydi. Jamiyat bilan shaxsning o’zaro munosabati shaxsning erkinligi, uning, huquq va burchlari, insoniy qadriyatlar haqidagi muammo barcha tarixiy davrlaridagi muhim masala hisoblanadi.
Inson tabiatning oliy mahsuli bo’lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisi bilan belgilanadi. Inson ayni paytda ham tarixni taraqqiyotning mahsuli, ham uning sub’yektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakillantiradi. Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat narsalar yaratib qolmay, o’zini, o’z shaxsiyatini ham qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o’zini takror ijod qiladi va u ijtimoiy mavjuddir. Odam ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish natijasida shaxsga aylanadi.Inson ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida muayyan huquq va burchlarga egadir. Bu uning shaxs ekanligini ifodalaydi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini mustahkamlash johon ham jamiyatida o’zining munosib o’rnini egallash jarayonida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda – kishilar tafakkurida tubdan o’zgarish – milliy g’oya-milliy mafkurani shakillantirish jarayoni kechmoqda. Prezident I.Karimovning quyidagi so’zlari o’ta ibratlidir: “Biz kelgusi asrga o’zimiz bilan nimani olib o’tishmiz mumkin? Va nimalardan vos kechishimiz darkor? Ya’ngi ming yillikda qanday muammolarning yechimi bizning diqqat e’tiborimiz turmog’i lozim? ¹” ( I.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. 1999-yil 3-bet.)Madaniy me’ros - bu o’tmishdan qolgan qadriyatlar, g’oyalar, tajriba, bilimlar ularni o’zlashtirish usullari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat usullari va ularni tashkil qilish hamda uning natijasidir. O’zlashtirish yoki aniqrog’i madaniy me’ros jarayoni o’ta muhim bo’lib, madaniyatning harakatdagi siyosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon insoniyatning o’tmishi, buguni va kelajagi bir butun holda birlashtirib, odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi. Bor narsani izlash, ma’lum narsani ochish, qilinga kashfiyotni kashf etish kerak bo’lmaganidek o’tmish ajdodlar qilgan ishni takrorlash shart emas. O’tmish bilan batamom uzulish mumkin emas. Insoniyat tarixida mutlaqo yangi madaniyat yaratishga urunishlar bo’lgan biroq bunday urunishlar xunuk natijalarga olib kelgan. Bunda 1920-yillarda Sovet Rossiyasida “proeetar madaniyati”yaratishga urunishi yoki madaniyat inqilobini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu “inqiloblar” jarayonida yangi madaniyat yaraladi, aksincha bori ham yo’q bo’ladi: qo’l yozmalar,kitolar, suratlar yoqildi; me’moriy yodgorliklar buzuldi, eng achinarlisi madaniy qadriyat egalari mavh qilindi. Oqibatda o’tmish bilan bog’liq uzviylik jamiyat ma’nan orqaga ketdi.Madaniyatning me’yoriy rivojlanishi uni asrab kelgusi avlodga meros qilib qoldirishni bildiradi. Hozirgi davrda ham milliy madaniyatni tiklashga asososiy e’tiborni qaratgan holda O’zbekiston xalqi jahon madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egallashga harakat qilib jahon madaniyati rivojiga hissa qo’shmoqda. Bu borada jadal amaliy yo’llar qilinmoqda: xalqaro konkurs va fiestevallar o’tkazilishi, chet mamlakatlarning madaniy kunlari va san’at asarlari ko’rgazmasi namoyish qilindi, Hind madaniyat markazi, Fransuz madaniyat markazlari ochildi. Hozirgi kunda turli xalqlarning milliy markazlari 100dan ortdi.O’zbekiston madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini nazariy asoslash va uning jahon madaniyatidagi o’rnini munosib baholash ishtiyoqi ham kuchli. “Mirzo Ulug’bek va uning jahon sivilizatsiyaga qo’shgan hissasi” (1994) “O’zbekistonning jahonda tutgan o’rni va roli. Buxoro va jahon madaniyati”, (1995) “O’rta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi” kabi mavzularda o’tkazilgan xalaqaro konfrensiya va semenarlarni ko’rsatish mumkin (1998). Ma’lumki, YUNESKO qarori bilan yer yuzida nishonlangan “Amir Temur va uning jahon tarixidagi o’rni” mavzusidagi (1996) konfrensiya misolida Porij shahrida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi” mavzusida ilmiy anjuman hamda ko’rgazma bo’lib o’tdi. Bu tadbirda xalqaro jamoatchilik Amir Temur, al- Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Bobur kabi buyuk yurtdoshlarimizning jahon tamadduni va madaniyati rivojiga qo’shgan munosib ulushini yuksak baholashni ko’rsatdi. Milliy an’anallar va ko’hna madaniyatimiz qayta yuz ocha boshlayapti. Ulug’ ajdodlarimizni yod eta boshladik. Aslini olganda, ma’naviyat va madaniyati bir biriga yaqin tushunchalardir.
Madaniy – ma’naviy meros o’zaro bir-biridan farq qilsada, ularning o’rtasida o’tib bo’lmas “Xitoy” devorini qo’yish ham mumkin emas, madaniy merosni barpo etishning zamirida ham ma’naviyat – ya’ni insonning madaniy – ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste’dodi, aqli va nazariy bilim faoliyati yotadi. Madaniy va ma’naviy meros o’rtasida umumiylik ham farqli tomonlari ham mavjud.Madaniy meros ko’proq umumiylik ustunlik qilsa, manaviy merosda uslubiylik ustunlik qiladi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tutashmaydigan qismig
Yüklə 20,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin