Parametrli takrorlash operatoriga misol sifatida berilgan x=1,2,3,..,10 larda
funksiyasining qiymatlarini hisoblash blok-sxemasini qarash mumkin.
3.4-Rasm. Parametrli takrorlash operatoriga doir algoritm
Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar. Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi. Misol sifati berilgan NxM o‘lchovli aij –matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik.
Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo’yicha ko‘paytmani hisoblab, avvalgi yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda yig‘indi uchun i-tashqi sikl, j-esa ko‘paytmani hosil qilish uchun ichki sikl foydalanilgan. 3.5-Rasm. Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir blok-sxema
FOR parametrli takrorlash operatori
Aksariyat masalalarni yechishda ma’lum amallar ketma-ketligini bir necha marta takrorlash zarur bo‘ladi. Avvalgi bobda bu kabi masalalar bilan tanishdingiz va ularni hal qilish uchun takrorlanuvchi algoritmlar tuzdingiz. Endi takrorlanuvchi dasturlar tuzish usullari bilan tanishtiramiz.
Takrorlanuvchi dasturlar tuzish uchun takrorlash operatorlaridan foydalaniladi. Paskalda ular uchta bo‘lib, bu darsda ulardan bittasi – parametrli takrorlash operatori bilan tanishamiz. Mazkur operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
For I: = N1 To N2 Do ; bu yerda For (uchun), To (gacha) va Do (bajar) Paskalning xizmatchi so‘zlari; I – butun turli ixtiyoriy o‘zgaruvchi bo‘lib, u takrorlash parametri deyiladi; N1 – takrorlash parametrining qabul qiladigan boshlang‘ich qiymati; N2 – takrorlash parametrining qabul qiladigan oxirgi qiymati; takrorlanish tanasi – takrorlanishi lozim bo‘lgan operator yoki operatorlar ketma-ketligi. Takrorlanish tanasini operatorlar ketma-ketligi tashkil etgan bo‘lsa, ular albatta begin ko‘rsatmasi bilan boshlanib, end; ko‘rsatmasi bilan tugallanadi. Takrorlash parametrining boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari o‘zgarmas, o‘zgaruvchi yoki ifoda ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Mazkur operator quyidagicha ishlaydi:
Avval takrorlash parametri boshlang‘ich qiymatni qabul qiladi;
Agar takrorlash parametrining qiymati oxirgi qiymatdan katta bo‘lmasa, takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar bajariladi, aks holda takrorlanish to‘xtatiladi va boshqarish navbatdagi operatorga uzatiladi;
Takrorlash parametrining qiymati bittaga ortadi (unga 1 qo‘shiladi) va 2-bandga o‘tiladi.