Mavzu: Pеdаgоgik mаhоrаtning аsоsiy tаrkibiy qismlаri
Reja:
1. O’qituvchi fаоliyatining tuzilishi.
2. “Pеdаgоgik mаhоrаt” tushunchаsi.
3. Pеdаgоgik mаhоrаtning аsоsiy tаrkibiy qismlаri.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat,
2008.
2. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. –
Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2006.
3. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов,
Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”,
2009.
4. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.
5. Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.
“Pedagogik mahorat fanining rivojlanish tarixi va pedagogik mahorat
to’g’risida yozgan olimlarning fikrlari bilan tanishtirish”ga doir blits-so’rov
savollari
1. “Ta’lim to‘g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsadi, vazifalari va
yo‘nalishlarini qanday belgilab berdi?
2. O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni
nechanchi moddasining qaysi bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida
qanday shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishlariga yo’l
qo’yilmaydi?
3. Buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida mudarrislar kasbiga oid fikrlarini
ayting?
4. Pedagogik jarayon deganda nimani tushunasiz?
O’qituvchi fаоliyatining tuzilishi
Pedagogik mahorat o‘qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik,
pedagogik texnika, ta’lim – tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri,
tarbiyachining ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga
oshirish, bu jarayonda xulq–atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini
o‘rgatadi va o‘z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi
to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o‘qituvchilarning pedagogik
faoliyati zamirida takomillashib boradi.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat
oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan
o‘qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyati
jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim:
1-chizma.
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur
hurmatda bo‘lmagan o‘qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini
ta’minlovchi fikrga ega bo‘lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish,
tarbiyalash, rivojlantirish bo‘lib, o‘qituvchilarning faoliyat mezonini begilab
beradi. O‘qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat
Dostları ilə paylaş: |