Мавзу педагогик техника хақида тушунча. Педагогик техникани шакллантириш услублари



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə2/8
tarix11.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#126699
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedogogik texnika

Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi pedagogning mimik va pantamimik ifodaligidir. Aniq imo, ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istexzoli tabassum pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ko‘p so‘zli tushuntirish yoki e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomala vositalari bo‘ladi.

Pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchining o‘z xissiy (psixik) holatini boshqarish, o‘zida eng qulay xissiy (ijodiy) jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixoxlik kayfiyatini saqlash, o‘zining xissiy dam olishini tashkil qilish mahorati muhim rol o‘ynaydi.

Pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchining o‘z xissiy (psixik) holatini boshqarish, o‘zida eng qulay xissiy (ijodiy) jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixoxlik kayfiyatini saqlash, o‘zining xissiy dam olishini tashkil qilish mahorati muhim rol o‘ynaydi.

Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini nazorat qilishini ta’minlaydi, ko‘p yillar davomida sog‘lom asab sistemasini saqlab qolish, asabiy buzilishlardan, xissiy va aqliy zo‘riqishdan o‘zini tiyishga yordam beradi.

Samarali pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish uchun o‘qituvchi aktyor va rejissyorlik mahorati tarkibiy qismlarini egallash zarur, ular o‘qituvchiga bolalar bilan muomila qilishda tarbiyalanuvchilarning aql-idrokigagina emas, balki ularning xis-tuyІulariga ham ta’sir ko‘rsatish, ularga olamga bo‘lgan xissiy-qadriyatli munosabatda bo‘lish tajribasini ancha to‘liq bera bilishga yordamlashadi

O‘qituvchining pedagogik texnikasi-bu shunday bir malakalar yig‘indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o‘z fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi. Bolalar bilan bevosita muomila qilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari (yoki ularning yo‘kligi) uning xulq-atvorida namoyon bo‘ladi.

Pedagogik texnika o‘qituvchi malakalarining yig‘indisidirki, u o‘qituvchining eng yaxshi ijodiy xulq-atvoriga, boshqacha qilib aytganda, har qanday pedagogik vaziyatda tarbiyalanuvchilarga samarali ta’sir ko‘rsatishga yordam beradi.


Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin