Pedagogik faoliyat ta’lim tarbiya maqsadlariga muvofiq yo‘naltirilgan hamda ko‘pgina qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. SHuning uchun ham bu faoliyat kishidan katta irodaviy kuch talab qiladi. Bu qiyinchiliklar darsga tayyorlanish, bolalarga bilim berish va ularni ishontirish va hakazolardir. Bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun g‘ayrat, chidam sabr – toqat, umuman kuchli iroda kerakdir.

O‘qituvchidagi e’tiqod, dunyoqarash, burch hissi pedagogik ishidagi muvaffaqiyatlarning garovidir. Agar o‘qituvchi ehtiros va qiziqish zo‘r bo‘lsa, u o‘zini kuchli his qiladi, qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etadi. O‘qituvchi faoliyatida eng muhim xususiyat maqsadga intilish yo‘lida tinmay harakat qilishdir
Bu haqda shunday degan edi:
«har bir yaxshi, vijdonli o‘qituvchi o‘zining oldiga fuqaroni tarbiyalashni katta maqsad qilib qo‘yadi. Bizning ajoyib yosh avlodlarimiz dunyoga keltirgan ijtimoiy – tarbiyaviy ishimizning chinakam olamshumul muvaffaqiyatining siri ana shunda».