Mavzu: Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari


Bolalar ijodini o’rganish metodi



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə4/6
tarix30.11.2022
ölçüsü59,5 Kb.
#120195
1   2   3   4   5   6
Ramazon

Bolalar ijodini o’rganish metodi. O‘quvchilar ijodini hamda ularning turli faoliyatini (xatlari, kundaliklari, insho, bayon solgan suratlari, bajargan amaliy ishlari, namunalari, rejalari va hisobotlarini) o‘rganishi va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Bolalar ijodining ahamiyati shundaki, unda yosh avlodning tipik layoqati va xususiyatlari aniq ochib beriladi.
Bu metodni qo‘llashdan asosiy maqsad hozirgi yosh avlod ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bo‘lishiga hamda rivojlantirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgandir. Bizda bolalar ijodi shakllari turlichadir: olimpiadalartematik konkurslar, maktab ko‘rgazmalari, turli xil musobaqalar, poxodlar, quvnoq startlar, ziyraklar va topqirlar, iste‘dodlar va hokazolar.


Eksperiment metod. Bu so‘z lotincha sinab tekshirib ko‘rish, ilmiy maqsadga qaratilgan tajriba ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim-tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan biror shakl, metod va vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi.
Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi.
1. Tabiiy eksperiment (yaratuvchi, ixtiro qiluvchi eksperimentlar. Asl holicha ta‘lim-tarbiya muammolari ma‘lum, suhbat, kuzatish va anketa asosida o‘quvchining o‘qish jarayonida, o‘z- o‘zini nazorat qilish singarilar) aniqlanadi.
2. O‘quvchilarning ongliligini yaratuvchi eksperiment. (tadqiqotchi biror ma‘no bo‘yicha taxminiy reja asosida o‘quvchi faoliyatining o‘quv jarayonida o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullarini, yo‘llari tekshirilib ma‘lum bir ilmiy pedagogik xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan o‘tkazdiriladi. Chiqarilgan pedagogik xulosa esa o‘z navbatida mazkur masalani hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi.
3. Tabiiy eksperiment buning asoschisi rus psixologi A..F.Lazurskiy hisoblanadi. Bu metodda maktab faoliyati asl holda o‘rganiladi. Masalan, maktab internatining tarbiyachilari o‘quvchilarning o‘zlari haqidagi g‘amho’rligini tabiiy tekshirishda pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan binoda yaqin joyda ho‘l o‘tin borligi, uzoqroq joyda quruq o‘tindan foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilinsa natija haqiqiy bo‘ladi.
Eksperiment metodlari o‘z mazmuni, turi va xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog‘ishtirma pedagogika va hokazo.



Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin