Sinf: 2
Fan: Atrofiimizdagi olam
Mavzu: Yil fasllari.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni yangi atamalar va tushunchalar,tabiatda fasllar almashinishi,undagi o’zgarishlar,fasllarning asosiy belgilari bilan tanishtirish,qushlar,hasharotlar ustida kuzatish ishlari olib borishga o’rgatish,har bir faslning oz’gacha tarovati borligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Ona Vatan ,ona tabiat haqidagi tushunchalarini kengaytirish,go’zallikni his etishga,uni asrab-avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning og’zaki nutqini,fikrlash qobiliyatini o’stirish,dunyoqarashini kengaytirish,ularning lug’at boyligini oshirish.
Dars turi: Bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi .
Dars uslubi: Suhbat, savol-javob, tushuntirish.
Darsning jihozlari: Fasllar tasvirlangan rasmlar, darslik, AKT
Dars shiori: Tabiat – o'z onamiz,
Uni doim sevamiz.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
salomlashish
o’quvchilar davomatini aniqlash.
O’quvchilarni kichik guruhlarga ajratish.Guruh nomlari tabiat hodisalari nomi bilan nomlanadi.Sinf doskasida kuz manzarasi hosil qilinadi.
-Ayting- chi,bolalar,hozir o’lkamizda qaysi fasl?
-Hozir o’lkamizda kuz fasli.
-Keling,kuz fasli haqida suhbat tashkil etamiz.
-Hozir o’lkamizda kuz fasli.Kuzda kunlar asta-sekin soviy boshlaydi.Bog’larda mevalar g’arq pishadi.Qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadi.Daraxlarning barglari sarg’ayib asta to’kila boshlaydi.Tez-tez yomg’ir yog’adi. Dalalarda paxtalar ochiladi.Ertalab –kechqurun shudring tushadi.Polizlarda qovun-tarvuzlar pishib yetiladi.
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O'tilgan mavzular yuzasidan guruhlarga “Tezkor savollar” beraman.
Yomg’ir guruhiga:
-
2017 –yil qanday yil deb e’lon qilindi?
-
Atrofimizdagi olam nima?
-
Jonli tabiatga misollar keltiring.
-
Moddalar qanday holatda bo’ladi?
Shudring guruhiga:
1.Harakatlar strategiyasi necha
yo’nalishdan iborat?
2. Atrofimizdagi olamni nimalar
yordamida sezamiz?
3. Jismlar nimalardan iborat?
4. Kuz fasli qaysi oylardan iborat?
Shamol guruhiga:
-
Kuz faslida qanday bayramlar nishonlanadi?
-
Jonsiz tabiatga misollar ayting.
-
Mis,oltin,tuz,suv,shakar bular …………..
-
Tabiiy jismlarga misollar keltiring.
O’quvchilar tezkor savollarga javob beradilar.
O’tgan darsdagi “ Ob – havo “ mavzusi asosida savol-javob o’tkaziladi.
O’tgan mavzu bo’yicha guruhlarga topshiriqlar beriladi.
Yomg’ir guruhiga: Ob-havo deganda nimani tushunasiz?
Shudring guruhiga: Ob-havoning qanday ekanini nimaga qarab aniqlanadi?
Shamol guruhiga: Termometrlar bilan nima o’lchanadi?
Qani o’quvchilar,ob-havo darakchilari va belgilarini aytib bering-chi.
O’quvchilar ob-havo belgilarini aytadilar.
-Tutun yuqoriga tik ko’tarilsa,ob-havo o’zgarmaydi.
-Tunda shudring,qirov qalin tushsa,ertasiga havo ochiq bo’ladi.
- Baqalar qurillay boshlasa, havo ayniydi.
-Qaldirg’och pastlab uchsa,yomg’ir yog’adi.
-Kechasi osmonda yulduzlar charaqlab tursa ,ertaga havo ochiq bo’ladi.
-Kuzda daraxtlarning barglari tepasidan to’kilishni boshlasa,qish sovuq keladi.
O’quvchilar bergan javoblari umumlashtiriladi.
O’quvchilarning aqliy zo’riqishlarining oldini olish maqsadida quvnoq daqiqa o’tkaziladi.
Sahna ko’rinishi namoyish etiladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Yil fasllari.
-
O’quvchilar bir yil necha fasldan iborat?
-
Bir yil to’rt fasldan iborat.
-
Yil fasllari ingliz tilida qanday nomlanadi?
-
Qish-winter
-
Bahor –spring
-
Yoz- summer
-
Kuz-autumn
Endi yil fasllarini rus tilida qanday atalishini ayting.
-Qish -зима
-Bahor-весна
-Yoz-лето
-Kuz-осень
Bizning yurtimizda har yili to’rt fasl navbat bilan almashib keladi.Bu bahor,yoz,kuz va qish fasllaridir.Har bir faslning ob-havosi bir-biridan farq qiladi.O’simliklarning rangi ham har faslda turli ko’rinishda bo’ladi.
Fasllar almashinishi Quyoshga bog’liq.Quyoshdan kelayotgan nur sochib turmaganda Yer yuzi sovuq va qorong’i bo’lar edi.Yerda hayot bo’lmas osimliklar o’smas edi.
Ob-havo ham Quyoshga bog’liq.Yozda Quyosh baland ko’tariladi.Uning nuri Yer yuzasiga tik tushadi,shuning uchun kunlar uzun va issiq bo’ladi.
Qishda esa Quyosh baland ko’tarilmaydi,nuri qiya tushadi.Shuning uchun kunduz qisqa bo’lib,kechasi uzun bo’ladi,havo sovuq bo’ladi.
Kuz va bahor fasllarida Quyoshning balandligi o’rtacha bo’ladi.Shu sababli kunlar issiq ham bo’lmaydi,sovib ham ketmaydi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
-
O’lkamizda har yili qaysi fasllar almashinib keladi?
-
Fasllar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
-
Quyoshning bizga qanday ahamiyati bor?
-
Fasllarning almashinib turishiga nima sabab bo’ladi?
O’quvchilar bergan javoblari umumlashtiriladi.
V.O’quvchilarni rag’batlantirish.
Guruh sardorlari guruhlari to’plagan rag’batlarini hisoblab,jamlaydilar.G’olib guruh aniqlanadi.
VI. Uyga vazifa:
Har bir faslning oylari nomini yozib kelish.
Dostları ilə paylaş: |