Predlog deb ot oki olmoshning gapdagi boshqa so’zlarga munosabatini ko’rsatuvchi yordamchi so’zlarga aytiladi.
Ingliz tilida kelishik qo’shimchalarini yo’qligi uchun ular ko’p hollarda o’zbek tilidagi kelishik qo’shimchalari vazifasini bajaradi.
Masalan:
Masalan:
He lives in London – U Londonda yashaydi.
He is sitting under a tree – U daraxt ostida o’tiribdi.
After dinner he went to the library – U tushlikdan keyin kutubxonaga bordi.
Ko’p hollarda u yoki bu predlogning ishlatilishi undan oldin kelayotgan fe’lga,sifatga yoki otga bog’liq bo’ladi. Masalan: to depend fe’li o’zidan keyin on predlogini alab qiladi.
Ko’p hollarda u yoki bu predlogning ishlatilishi undan oldin kelayotgan fe’lga,sifatga yoki otga bog’liq bo’ladi. Masalan: to depend fe’li o’zidan keyin on predlogini alab qiladi.
It doesn’t depent on me – Bu menga bog’liq emas.
Predloglar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
Predloglar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
a) Sodda (in,to,at,va hokazo);
b) qo’shma (into,upon,throughout va boshqalar.);
c) predlog vazifasini bajaruvchi so’zlar guruhi: (according to, by means of, instead of, in front of va hokazo).
Predloglar ot yoki olmoshdan oldin keladi. Agar otning aniqlovchisi bo’lsa , predlog shu aniqlovchidan oldin keladi:
Predloglar ot yoki olmoshdan oldin keladi. Agar otning aniqlovchisi bo’lsa , predlog shu aniqlovchidan oldin keladi:
He works at a factory – U fabrikada ishlaydi.
About predlogini ishlatilishi:
About predlogini ishlatilishi:
1.Haqida, to’g’risida:
I shall speak to him about the matter tomorrow – Men bu masala to’g’risida u bilan ertaga gaplashaman.