Jamg‘arish vositasi. Pul shuningdek jamg‘arish vositasi sifatida xizmat qiladi; daromad olingan vaqtdan boshlab xarajat qilingungacha bo‘lgan davrda xarid qobiliyatini saqlab turish vositasi xisoblanadi. Pulning ushbu funksiyasi foydali hisoblanib, ko‘pchiligimiz saqlashni afzal ko‘rib, pullarni olishimiz bilan darhol xarajat qilishni hoxlamaymiz. Pul – yagona jamg‘arish vositasi emas; har qanday aktivlar – pullar, aksiyalar, obligatsiyalar, er, uy, san’at asarlari yoki zargarlik mollari – jamg‘arish vositasi hisoblanadi. Ushbu aktivlardan ko‘pchiligi pulga nisbatan o‘zining egalariga katta foyda (foiz) keltirib, narxi kutariladi va qulayliklar yaratadi (masalan, boshimiz ustidagi tom). Agarda ushbu aktivlar jamg‘arish vositasi sifatida pul bilan taqqoslaganda ancha foydali bo‘lsa, unda insonlar nega pullarni jamg‘arishadi? Ushbu savolga javob muhim iqtisodiy tushuncha hisoblangan likvidlilik bilan bog‘liq hisoblanib, aktiv oson va tezkorlik bilan ayirboshlash vositasiga aylanadi. Likvidlilik juda ham muhim hisoblanadi. Pul ayirboshlash vositasi hisoblanganligi bois eng likvidli aktiv hisoblanadi; bir narsa sotib olish uchun pul boshqa narsaga aylantirish shart emas. Boshqa aktivlar pulga aylantirilganda tranzaksion xarajatlarni talab qiladi. Masalan, siz uyingizni sotsangiz, brokerlik komissiyasini to‘lashingiz shart (odatda sotish narxining 4-6% ini tashkil qiladi). Agar siz kechiktirib bo‘lmaydigan hisobraqamlarni tezda to‘lash uchun naqd pullarga muhtoj bo‘lsangiz, pulni tezda sotish uchun uyingizni ancha past narxda sotishingizga to‘g‘ri keladi. Pul eng likvidli aktiv bo‘lmasin va yuqori darajadagi jamg‘arish vositasi hisoblanmasada odamlar bajonidil pulni saqlaydi. Jamg‘arish vositasi sifatida pulning ishonchliligi narxlar darajasiga bog‘liq hisoblanadi. Masalan, barcha narxlarning ikki barobar oshishi, pulning qiymatini ikki barobarga kamayganligini anglatadi. Teskari holatda narxlarning ikki barobarga kamayishi pulning qiymatini ikki barobarga oshganligini ko‘rsatadi. Inflyasiya sharoitida narxlar darajasining tezlik bilan o‘sishi kuzatilsa, pul tezda o‘zining qiymatini yo‘qotadi. Natijada odamlar istar-istamas o‘zlarining boyliklarini pul shaklida saqlashadi. Bu holat oylik inflyasiya surati 50% dan oshishi natijasida yuzaga keladigan giperinflyasiyaga hos bo‘lgan bo‘lgan yuqori inflyasiya sharoitiga ko‘proq mos tushadi. Birinchi jahon urushidan so‘ng Germaniyada xuddi shunday inflyasiya sodir bo‘lib, inflyasiya surati ba’zan oyiga 1000% dan oshib ketdi. 1923 yilda giperinflyasiya tugagungacha narxlar darajasi ikki yil oldingiga nisbatan 30 milliard marotaba o‘sishi kuzatildi. Aytishlaricha, giperinflyasiya tugash davrida buxanka non sotib olish uchun bir zambil naqd pul talab qilingan ekan. Pul o‘zining qiymatini shunchalik darajada tez yo‘qotgan ediki, ish kuni davomida ishchilarga bir necha marotaba ish haqi to‘langan va pullar o‘zining qiymatini yo‘qotib qo‘yishidan oldin ertaroq pullarni sarflashlari maqsadida tanaffuslar e’lon qilingan. Hech kim pulni jamg‘arishni xohlamagan, chunki ularning almashuv vositasi sifatida o‘rni yo‘qolgan va barter tizimi yanada rivojlanishiga olib kelgan. Operatsion xarajatlar yuqori darajada o‘sib, kutganimizdek, yalpi ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketgan.8 Iqtisodiyotni boshqarishning bozor munosabatlari joriy etilgan mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida, pul uchta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarni bajarishi bayon etiladi.
P.Samuelson Aristotelning ta’limotlariga tayangan holda pul faqat ikkita, ya’ni ayirboshlash vositasi, baho mashtabi birligi yoki o‘lchov hisobi funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi9.
Angliya – amerika iqtisodchi olimlari pulning uchta funksiyasi (muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jag‘arma vositasi) mavjudligini e’tirof etishadi10. Jumladan, Edvin Dj. Dolan, Kolin D. Kempbell, Rozmari Dj. Kempbelllar pul muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi11.
Nemis iqtisodchi olimi K.Knis (1821 – 1898) pulning to‘rtta ya’ni, qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini e’tirof etadi.
S.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilar ham pulning to‘rtta funksiyalarini bajarishlarini e’tirof etib, ularni quyidagi ketma – ketlikda amal qilishini ta’kidlaydi: birinchisi – muomala vositasi va to‘lov vositasi, ikkinchisi – o‘lchov hisobi, uchinchisi – qiymatni saqlash vositasi, to‘rtinchisi – kechiktirilgan to‘lovlarni o‘lchovi12.
K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi mavjudligini ta’kidlaydi. U pulning funksiyalarini quyidagi ketma – ketlikda ifodalaydi. Birinchisi – qiymat o‘lchovi, ikkinchisi – muomala vositasi, uchinchisi – moliyaviy pul. K.Marksning pulning uchinchi funksiyasi ayrim iqtisodchilar tomonidan jamg‘arma vositasi, to‘lov vositasi va jahon puli kabi vazifalarini bajarishi mumkinligini ilgari suriladi ostida chop etilgan Pul, kredit, banklar darsliklarning barchasida pul beshta funksiyani bajarishi e’tirof etiladi.
Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning ichida kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, biz yashab istiqomat qilayotgan zaminda pullarning vujudga kelishi uning tarixi va sivilizatsiyasi juda boy va qadimiy ekanligidan dalolat beradi.