Nima uchun pulning qadri oltin bilan o‘lchanadi? Biz pul deb hisoblaydigan, metall tangalar yoki serhasham qog‘ozlar aslida shunchaki ramzlar xolos. Biroq mana shu ramzlar muayyan boylikning vakillaridir yoki dalillaridir. Pullar ularni chiqargan davlat xazinasida mavjud qimmatbaho metallar miqdori bilan tasdiqlanadi. Pul qadrini belgilashda sivilizatsiyaga erishgan butun dunyoda me'yor bo‘lib oltin va kumush xizmat qiladi. Bu qimmatli metallar ancha noyob va o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, biroq ularning zahirasi bozor ehtiyojlarini qondirishga yetadi.
Boshqacha qilib aytganda, qog‘oz pul va tangalar pul sifatida davlat tomonidan chiqarilar ekan, ular o‘z qadrlariga egaligi tan olinadi, chunki ular davlat xazinasidagi oltin va kumush miqdori bilan mustahkamlangan.
1821- yilda Buyuk Britaniya o‘z pul tizimining asosi sifatida monometalizm (ya'ni faqat bir xil metalldan foydalanish)ni joriy qildi. Oltin rasmiy valyuta sifatida qabul qilingan edi. 1914- yilga kelib oltin yer yuzidagi barcha valyutalarning o‘lchov birligi bo‘lib qoldi. Narxning standart me'yoriga ega bo‘lgan mamlakatlar endi bemalol bir-birlari bilan savdo sotiq qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining dollari, Fransiyaning franki, nemis markalari oltinda ifodalangan belgilangan qiymatga ega edi.
1933- yilga kelib aksariyat mamlakatlar oltin standartidan biroz chekinadilar. Biroq hali hanuzgacha ko‘plab mamlakatlar valyutasi, shu jumladan AQSH valyutasi ham belgilangan oltin bahosida me'yorlangan. Oltin xalqaro savdoda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat quyma oltinlarni sotib oladi va sotadi. Oltinning bir qismi xalqaro qarzlarni to‘lash uchun sarflanadi, qolgan qismi esa saqlanadi. Saqlanadigan oltinga davlatning oltin zahirasi deyiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati I. O’zbekiston Respublikasi qonunlari.
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. - T.: «O’zbekiston», 2017.
2. O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 29 dekabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni.
II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni.
III. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va O’zbekiston Respublikasi vazirliklarining huquqiy- me’yoriy hujjatlari
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi “Zarar ko’rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor, past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimizasiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 192-sonli qarori
IV. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
5. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar’. –Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
V. Darsliklar
6. Xodiev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Barkamol fayz-media, 2017. – 783 bet.
7. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi.