Mavzu: Qirqim va kesim mavzusiga oid masalalarda talabani bilim olish qobilyatini faollashtirish Reja


Murakkam qirqim bajarish talab qiladiga detallar chizmasini bajarishga mashqlar



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə3/10
tarix23.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#127428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Qirqim va kesim mavzusiga oid masalalarda talabani bilim

Murakkam qirqim bajarish talab qiladiga detallar chizmasini bajarishga mashqlar
Qirqimlarni tasvirlashga oid aksariyat masalalar shartidagi ko‟rinishlar soni ikki yoki uchtadan iborat. Aksonometrik tasvirlar bo‟yicha qirqimlarni aniqlashga oid masalalar 16 foizni tashkil etadi. Barcha ko‟rib chiqilgan masalalarning 2,6foizgina og‟zaki tavsif bo‟yicha qirqimlar yasash bilan bog‟langan. Masalalarga quyilgan asosiy talablarning ko‟pchiligi masalaning shartini ko‟chirish, o‟lchamlar qo‟yish, yaqqol tasvirlarni yasash va qirqimni yasashdan iborat. Detal sirtining shakliga qarab, ularni quyidagi asosiy uch turga ajratish mumkun. 1. Tekis shaklli (to‟g‟ri chiziqli tekis sirt bilan chegaralangan) 2. Aylana shaklli (tokarlik stanoklarida ishlov berilgan yoki quyma)
3. Bir necha geometrik jismlarning birikishidan hosil bo‟lgan sirt. Shuni ham alohida ta‟kidlash kerakki, detalning tashqi tomoni murakkab geometrik jismlarning birikishidan tashkil topganiga qaramay, ko‟pincha ularning ichki tuzilishi juda ham soda ekanligini bilib olish mumkin. Bulardan ko‟rinib turubdiki, mashqlar to‟plamlaridagi qirqim berish bilan bog‟liq bo‟lgan yasash masalalari ikkinchi darajali shartlar bilan birga qo‟shib berilmoqda. Vaxolanki ikkinchi darajalishartlar chizmani proeksion asosini mustaxkamlash bilan bog‟liq bo‟lib, u maktab ta‟limining dastlabkidavridayoq o‟zlashtirib olinadi. Bunday masalalar bilan ish olib borilganda darsning asosiy qismi eng muxum o‟quv vazifasi bo‟lgan qirqimlarni yasash darsning tugash vaqtiga to‟g‟ri kelalib „‟uyga vazivaga‟‟ 38 aylanib qoldi. Bu faktlar topshiriqlarga qirqimlarni tasvirlash uchun obyektlar tanlash didaktiv vazivalar bilan moslashtirilmaganligini ko‟rsatmoqda. O‟qitish jarayonida qo‟llanadigon masalalarni taxlili shuni ko‟rsatmoqda ularning shakli real narsalar chizmasining 20 foizini tashkil etadi.Shunday qilib tipik masalalarni tanlashga o‟tkazilgan taxlil natijalarida asos qilib olinadi.Shunga ko‟ra tajriba o‟tkazish
1. Berilgan uchta ko‟rinish bo‟yicha chizmaga qirqim berih. 2. Detalning qirqimli yaqqol tasviriga ko‟ra uning eskisini qirqimda tasvirlash. 3. Og‟zaki tavsif bo‟yicha detalning eskisini qirqimda tasvirlash. Birinchi masalaning chizmaning proiksion asosini tushunishni nazarda tutadi. Masalani yechish jaroyonida o‟quvchilar chizma bo‟yicha detalning yaqqol tasvirini tasavvur qila olishlari zarur. So‟ngra esa tasvirning qismlarini va shu bilan birga uning ichki tuzilishini aniqlab kerakli qirqimda ko‟rsatish kerak. Masalaning murakkabligi qirqimni ko‟rsatmali qurolsiz bajarish bilan harakterlanadi. Ikkinchi masalaning muvaffaqiyatli bajarilishi faqatgina qirqimni yasash bilan bog‟liq bo‟libgina qolmay, balki ko‟rinishlarini yasash usullari va detalning ichki hamda tashqi shakllarini aniqlashni talab etadi. Ikkinchi masalaning birinchisidan farqi chizmaga ko‟rsatmali qurol qushib berilishi o‟lgan bilan harakterlanadi.
Ko‟rsatmali qurol sifatida simmetrik shaklga ega bo‟lgan detalning yarim bo‟lagi olinadi. Masala yarim shartining bunday quyilishi tasodif emas.Birinchidan simmetrik shaklga ega bo‟lgan detali yaqqol tasvirning yarim bo‟lagi narsaning ichki sirtini yaqqol ko‟rsatish imkoniyatini beradi.Ikkinchidan, o‟quvchilardan masalani yechishda detalning to‟liq shaklini fikran tasavvur etish talab etiladi.Bu oddiy qirqimlarni bajarish jarayonida texnik chizmachilikdagi shartliliklarni o‟quvchilar qay darajada o‟zlashtirganliklarini aniqlash imkoniyatini beradi. Ikkinchi masalani yechish jarayonida o‟quvchilarning detal chizmalariga foydali qirqim berish, to‟g‟ri burchakli proyeksiyalardan o‟zaro bog‟langan tasvirlarni 39 ko‟rish quyish sinfda shakllangan tasvirlash metodlari haqidagi bilimlarni o‟zlashtirish rejasini aniqlash mumkun. Uchinchi masalada detal chizmasini tavsif bo‟yicha qirqimda tasvirlash talab etiladi.Bu masalaning murakkabligi shundaki, og‟zaki tavsif bo‟yicha chizmada qirqim berilgan koeffitsenti yaratiladi. Yuqorida qayd etilgan masalalarni o‟zaro taqqoslab ular mazmuni jihatidan quyidagicha farq qilishini payqash mumkun: birinchisida proyeksion chizmada, ikkinchisida yaqqol tasvir, uchinchisida detalning tavsifi berilgan. Ammo uchala variantda ham masalaga bir xil shart – detalning eskizni zarur qirqim qo‟llab chizilsin degan talab quyilgan.Detallar shaklining murakkabligi ham bir xil bo‟lib tashqi tomoni silindr prizma kabi geometrik jismlarning o‟zaro birikishidan tashkil topgan.Ichki qismi esa o‟zarobirikkan konstrusktiv elementlardan tuzilgan. Masalalar 8-sinf o‟quvchilari bilan birga yakka tartibda yechiladi.Hammasi bo‟lib 200 ga yaqin yechimlar olinadi. Bulardan tashqari masalalarni yechishga 20 dan ortiq maktab o‟qituvchilari ham jalqilinib, ularning ish uslublari kuzatiladi.Chizishni bajarishda turli kategoriyadagi ijrochilar o‟rtasida umumiylik bo‟lishi bilan birga ular o‟rtasidagi juda katta farqlar ham aniqlanadi. Bu farqlarni shiu bilan birga tavsiflash mumkunki, ayrim ijrochilar masalani juda uzun yul bilan bajarib to‟g‟ri, natijaga erishadilar. Boshqalari esa masalani qulay yo‟l bilan ijobiy natijani qo‟lga kiritadilar.
Yuqoridagi uzun va qiyin zamirida vaqt ko‟rsatkichlari turishi tabiiydir. Shu maqsadda masalani ishlashga injiner-konstruktorlar ham jalb qilinadi.Masalani ishlashdan avval hamma ijrochilar uchta guruhga bo‟lib chiqiladi. Birinchi guruhga o‟quvchilar ikkinchi guruhga injener-konstruktorlar, uchunchi guruhga esa o‟qituvchilar kiradi. O‟quvchilar guruhi bilan masalani yechishga oddiy qirqimlar mavzusi o‟tilgandan keyin kirishiladi. 40 Masalani yechish natijalari ijrochilarining savollari fikr mulohazalari bayonnomaga qayd qilinadi.Masalani yechishdan avval o‟quvchilarga quyidagi mazmunda ko‟rsatma beriladi. Masalaning shartini diqqat bilan ko‟rib chiqish detalning tashqi va ichki shakllari tavsifini yozib chiqish masalasini qanday yechilishi o‟ylab ko‟rish detal eskizini bajarishda uning ichki va tashqi shaklini aniqlash va hokazolar. O‟tkazilgan tajriba asosida o‟quvchilarning o‟quv faoliyatini to‟g‟ri tashkil etish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga masalani yechish jarayoni o‟quvchilarda sodir bo‟ladigan qiyinchiliklarni savol javoblar va shunga o‟xshash va boshqa qimmatli faktlarni to‟plashga yorda beradi. Tajriba natijalarini ikkinchi masala misolida bayon etamiz.Chunki bu masalani yechish jarayonida o‟quvchilarda detalning shaklini qirqim berib tasvirlash bilan bog‟liq bo‟lgan usullarini to‟liq egallash imkoniyatlariga ega bo‟ladi.Berilgan masalalarning sharti va uning tuzulishini ko‟rsatib o‟tamiz. Detal simmetrik shakilga ega bo‟lib u parallelpeped bilan silindirning o‟zaro birikishdan tarkib topgan. Detalning asosi to‟g‟ri burchakli parallelepiped shakliga ega bo‟lb o‟rtasida ochiq silindirik teshik parmalab ochilgan. Detal asosininig o‟rtasida silindr bo‟lib uning ichki shakli pog‟onali silindirdan iborat.Masalaning sharti yaqqol tasvirda berilgan bo‟lib uning o‟rtasidan silindir o‟qi bo‟ylab kesuvchi tekislik bilan qirqib detalning yarmi tasvirlangan. Detalning ikkinchi yarmi yetishmasligi tufayli uning to‟liq tasvirini tasavur etish qiyin.Oldindan natijalar masalani yechishda o‟quvchilarning o‟ziga xos ish ussullari tipik xatolari xamda qiyinchiliklar sababini ochib berishga yordam beradi.Endi masalalarni yechish usuli bilan to‟liqroq tanishamiz.








Kompozitsiya so'zi lotincha «compozito» so'zidan olingan bo'lib, tuzish, birlashtirish, bog'lash, turli xil belgilarni bir butun yaxlitlikka birlashtirish va biron-bir g'oyani madh etish ma'nosini bildiradi. Kompozitsiya - san'atning barcha yo'nalishida qo'llaniladi. Dizayn va amaliy san'atda u loyihalash deb ataladi. Musavvir turli shakl va manzaralarni bir-biriga nisbatan solishtirib va joylashtirib nafis san'at asarini yaratadi. Kompozitsiyalar yaratish uchun, albatta, kompanovkaga, simmetriya va assimetriyaga, ritm, stilizatsiya, markazni topish, shakllarni to'g'ri, teng taqsimlashga, yorug'liklarni nur va soyaga, rangshunoslik qonun va qoidasiga to'liq rioya qilish lozim. Tabiatda va hayotimizda kompozitsiyaning roli, naqsh va miniaturada davriy takrorlanish, bezakning dinamikligi, simmetrikligi va markazini topish, naqshlarning erkinligi, nafisligi, ranglar uyg'unligi kabilarni aniqlash haqida o'quvchilarga tushunchalar beriladi. Kompozitsiya tuzish metodikasi, kompozitsiyada naqsh belgilaridan foydalanish yo'llari, tabiat va voqelikni kompozitsiyada aks ettirish, kompozitsiyaga nom qo'yish, me'moriy yodgorliklarga borish va u yerda ustalarning naqsh kompozitsiyasini tahlil qilish kabi bosqichlarni amalda bajaradilar. Oddiy naqsh namunalarini qalamda chizish va ranglarda bo'yash vazifalarini to'liq bajargan o'quvchi, keyingi bosqichdagi vazifa aylana va boshqa ko'p burchak yuzalariga naqsh yoki miniaturalar kompozitsiyalarini ishlash bosqichiga o'tadi. O'quvchi oldingi darslarda olgan bilimi asosida, oddiy naqsh namunalari bodom guli, islimi yak raftor, bargli raftor islimi, bargli islimi, aylana shukufta islimi, mehrob islimi, islimi bofta, qo'sh mehrobli islimi, islimi patnisgul, islimi shukufta naqsh namunalari ishtirokida mustaqil yangi kompozitsiya chizadilar. Uch, to'rt va ko'p burchak, aylana shakliga qonun-qoidalariga asosan o'quvchilar oddiy va murakkab naqsh kompozitsiya loyihalarini yaratibgina qolmay, sodda ko'rinishdagi miniatura kompozitsiyalarini ham yaratadilar.

Tengyonli uchburchak. Teng tomonli uchburchakni chizish uchun dastlab pargor yordamida doira shaklini chizib, uni markaziy nuqtasidan o'q chiziq o'tkazilib, doira shakli uchga bo'linib nuqtalari bir-biriga tutashtiriladi va markazi aniqlanadi. Markazdan uchburchak tomonlarining o'rta nuqtasi topilib burchak nuqtasi bilan tutashtiriladi va uch bo'lakka bo'linadi. Hosil bo'lgan maydonchaga islimiy naqsh yoki miniatura kompozitsiyasi chiziladi. Kompozitsiya o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqqa mos bo'lishi kerak. Uchburchak ichidagi naqsh, assimetrik, simmetrik naqshlarni chizish bosqichlarini o'rganish, naqshdagi tabiiylik, ularga o'ziga xos ranglar berishni o'rganish, o'simliksimon naqsh belgilaridan foydalanib, uchburchak naqsh kompozitsiyalarini tuzish va ularni bo'yash kabi amallar bajariladi.


To'rtburchak ichidagi naqsh kompozitsiyasini tuzish va bo'yash. Eng awalo o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriq asosida amalga oshiriladi. Teng tomonli to'rtburchakning ramziy ma'nosi dunyoning to'rt tomoni, osmon, saroy, quyosh, farzand, abadiy ishonch, xotirjamlik, mustahkamlik ma'nosini bildiradi. To'rtburchak shakllari hajmidan kelib chiqib doira chiziladi va uni to'rt nuqtaga bo'lib bir-biri bilan nuqtalari tutashtiriladi. Tutashtirilish natijasida markaziy nuqtasi belgilanib to'rt bo'lakka bo'linadi. Har bir bo'lagiga band kurtak, g'uncha, gul, bofta, shkifta, banob va boshqa bo'laklardan foydalanib oddiy vamurakkab ko'rinishda kompozitsiyalar chiziladi. Teng yonli to'rtburchak tomonlarining hajmi 5-10 sm bo'lishi hamda teng yonli kvadrat ichiga naqsh chizishda kvadrat o'q chiziqlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. To'rtburchak ichiga naqsh chizishda berilgan hajmning burchaklarini topishda doira aylana shaklidan foydalaniladi. To'rtburchak yuzasiga moslab naqsh chiziladigan kompozitsiyalar va ularning turlari haqida umumiy tushuncha berish, uni tuzish qonun-qoidalari, naqsh belgilari yordamida to'rtburchak yuzasidagi naqsh kompozitsiyasini tuzish, ustalarning ishlarini tahlil qilish, tuzilgan kompozitsiyani bo'yash va unga pardoz berish o'rgatiladi. To'rtburchak ichida naqsh kompozitsiyasini tuzish va bo'yashni mashq qiladilar
.Aylana ichida naqsh tuzish va bo'yash. O'quvchilarga aylana ichiga naqsh kompozitsiyalar chizish va ularning turlari haqida ma'lumotlar beriladi. Unga moslab naqsh kompozitsiyasini chizish yo'llari va ularning o'ziga moslab bo'yash usuli o'rgatiladi.
Geometrik naqshlar. Gulli girih. Girih va uning tarixi, girih kompozitsiya ustalari haqida ma'lumotlar beriladi. Girih turlari, belgilari, to'rtburchaklar, uchburchaklar, ko'pburchaklar va egri chiziqlar, girih belgilaridan kompozitsiyalar tuzish yo'llari, girih kompozitsiyalarini ishlash va bo'yash yo'llari tushuntiriladi. Gulli girih va uning turlari, gulli girih tuzish bosqichlari, har xil kompozitsiyalar tuzish va bo'yash, gulli girih kompozitsiyalarini tuzish va ularni bo'yash bosqichlari o'quvchilarga o'rgatiladi.
Munabbat naqshi, turunj, namoyon va uning turlari. Munabbat to'rt tomonga takrorlanadigan naqshi va ularning turlari o'rganiladi. Naqqosh ustalarning munabbat naqshlari tahlil qilinadi. Geometrik, gulli girih va o'simliksimon munabbat naqshlar chizish o'rgatiladi. Munabbat naqsh tuzish bosqichlari va ularni bo'yash yo'llarini o'rganish, munabbat naqsh kompozitsiyalari tuzish va ularni bo'yash haqida o'quvchilarga tushunchalar beriladi.
Turunj haqida tushuncha berish. Turunj Markaziy Osiyoda o'ziga xos ko'rinishga va mazmunga ega bo'lgan qadimiy naqsh turidir. O'quvchilarga turunj va uning turlari, geometrik gulli girihli va o'simliksimon turunjlar, turunj naqsh kompozitsiyasini tuzish va uni bo'yash haqida ma'lumotlar beriladi.
Namoyon. Uning lug'aviy ma'nosi hamda kelib chiqish tarixi, namoyon turlari, o'simliksimon, gulli girihli, geometrik va boshqa namoyonlar, murakkab namoyon kompozitsiyasini tuzish va uni bo'yashni o'rganish qoidalari o'rgatiladi.





Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin