Farmaseftaga bioinformatika Biotexnologiya kafedrasi – sanoat farmatsiya fakultetidagi mutaxassis tayyorlovchi kafedrasi xisoblanadi. Kafedrani bitiruvchilari bo‘lmish – muxandis texnologlar dori vositalari biotexnologiyasi (antibiotiklar, fermentlar, vitaminlar, rekombinant oqsil va polipeptidlar, immunobiologik preparatlar: vaksina va zardoblar, probiotiklar, immunoglobulinlar va boshqalar), biologik faol birikmalar (aminokislotalar, polisaxaridlar va boshqalar), shu jumladan o‘simlik xujayrasi va to‘qima kulturasi usuli bilan kallus texnologiyasi yordamida olingan maxsulotlarni olish soxasida muxandis-texnologik va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish uchun tayyorlangan.
Har bir o‘quv predmeti bo‘yicha ishchi dasturlar o‘ziga xos takrorlanmaydigan hisoblanib, o‘qituvchilarni ko‘p yillik mexnatlari va ularning farmatsevtika sanoati va soxa institutlarida biotexnologiya yo‘nalishida ishlovchilar bilan doimiy hamkorligida ishlab chiqilgan.
Kafedra tarixi 1994-yilda tashkil etilgan biotexnologiya kursi bilan bog‘liq.
1995-yilda biotexnologiya kursiga kafedra maqomi berildi va kafedra mudiri sifatida professor Komilov X.M. tayinlandi.
1999-yilda kafedraga f.f.d. Maxmudjonova mudirlik qilgan.
Mudir haqida ma’lumot va erishgan yutuqlari
Ismailova Moxinur Gafurovna – farmatsevtika fanlari doktori, kata ilmiy xodim. 1994-yilda Toshkent farmatsevtika institutini imtiyozli diplom bilan tugatib, O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot institutida o‘z ilmiy faoliyatini boshlagan va 2006-yildan 01.05.2014-yilgacha “Tabiiiy dorivor vositalar texnologiyasi va tibbiyot sorbentlari” laboratoriyasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Ismailova Moxinur Gafurovna Toshkent farmatsevtika institutidagi mehnat faoliyatini 2011-yili “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi dotsenti lavozimida o‘rindoshlik asosida boshlagan. 01.05.2014-yildan xozirgi vaqtgacha Toshkent farmatsevtika instituti biotexnologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
M.G.Ismailova 2001-yilda “Mahalliy o‘simlik xom ashyosidan tibbiyotda qo‘llaniladigan uglerod sorbentining texnologiyasini yaratish” mavzusida farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va 2006-yilda katta ilmiy xodim unvoniga sazovor bo‘lgan.
Ismailova M.G. 2011-yilda Ismailova M.G. Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi D 087.12.01 ixtisoslashgan kengashda 15.00.01 – dori texnologiyasi va farmatsevtika ishlarini tashkil etish ixtisosligi bo‘yicha “Mahalliy xom ashyo asosida entero-, gemo- va applikatsion sorbentlarni yaratishning ilmiy -texnologik asoslari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qildi va farmatsevtika fanlari doktori unvoniga sazovor bo‘ldi.Ismailova M.G. o‘z ish faoliyatida tabiiy dorivor vositalar va tibbiyotda qo‘llaniladigan sorbentlarni texnologiyasini yaratish, xamda ushbu dori vositalarini tibbiyotga tadbiq etish ustida ilmiy izlanishlar olib bordi. Olingan tibbiyot sorbentlari dori vositalari inson organizmini zaxarli moddalardan xoli etish faolligiga ega ekanligini ko‘rsatildi.
Ismailova M.G. bir qator fundamental davlat grantlariga, amaliy tadqiqotlar yo‘nalishidagi davlat grantlariga xamda innovatsion grantlarga rahbarlik qilib kelmoqda.
Ushbu izlanishning samarasi sifatida yaratilgan dori vositalariga bir qator Farmakopeya maqolalari tuzilib, Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan va tibbiyotda keng qo‘llanish uchun tavsiya etilgan bo‘lib, qayd etish guvoxnomalari olingan va ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Uning tomonidan, olib borilgan izlanishlar natijasida 200 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar Respublika va xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy jurnallari sahifalarida chop etildi, xamda O‘zbekiston Respublikasini oltita patenti olindi.
M.G.Ismailova ko‘plab xalqaro ilmiy konferensiyalarda ilmiy ma’ruzalar bilan ishtiroq etgan. Tibbiyotda qo‘llaniladigan sorbentlar bo‘yicha kasbiy maxorati va malakasini Rossiya (Moskva va Sankt-Peterburg), Ukraina kabi davlatlarda oshirgan.
Bugungi kunda M.G.Ismailova rahbarligida 1 nafar doktorlik, 5 nafar magistrlik dissertatsiyasi himoya qilinib, 3 nafar Phd va 1 nafar doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib borilmoqda.
Pedagogik faoliyati davomida M.G.Ismailova o‘zining ma’ruzalarini tibbiyot biotexnologiyasi soxasidagi yangiliklar, ilmiy izlanishlar natijalari bilan boyitib, zamonaviy dori vositalarini inson organizmiga mutlaqo yangi – xujayra va molekulyar miqyosida ta’sir etishi nazariyalarni targ‘ib etadi, bular natijasida 8 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.
Kafedra mudiri lavozimida ishlayotgan davri mobaynida uning rahbarligida kafedrada o‘qitiladigan 8ta bakalavriat va 4ta magistratura fanlari uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
M.G.Ismailova Toshkent farmatsevtika instituti Markaziy uslubiy kengashi, Toshkent farmatsevtika instituti Ilmiy kengashi №16.07.2013 Far.21.01, O‘zR FA bioorganik kimyo instituti Ilmiy kengashi №14.07.2016. K/V/T.13.01, “Uzfarmsanoat” AK kengashi, «Farmatsevtika jurnali» tahrir xay’ati a’zosi, xamda Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti sifat komissiyasi raisi hisoblanadi.
Ilmiy-pedagogik faoliyati bilan bir qatorda u jamoat ishlarida xam faol ishtirok etadi. Jumladan, 2009 – 2014 yillarda M.G. Ismailova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi kimyo va kimyo texnologiya ekspert kengashida ilmiy kotib vazifasini bajarib kelgan.
2018-yil O‘zbekiston xotin qizlar qo‘mitasi “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yahshi innovatsion loyihasi” I Rrespublika tanlovida o‘z innovatsion loyihasi bilan g‘olib bo‘ldi. Respublika Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining oxirgi yillardagi qator qarorlari, qonunlari va buyruqlarida, Respublikamizda dori vositalarining ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish masalalari qo‘yilmoqda. Iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan konsepsiyada mahalliy dori vositalarining raqobatbardoshligini oshirish va eksport qilishga yo‘naltirilgan dori vositalarining ishlab chiqarish hajmini ilmiy-texnika yutuqlari va xalq xo‘jaligi bilan integratsiyasi asosida ko‘paytirish va sog‘liqni saqlash sohasini 50% gacha mahalliy dori vositalari bilan ta’minlash, buning uchun esa respublikamiz har bir viloyatlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga, farmatsevtika sohasini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash choralari belgilangan.
Sanoat farmatsiyasi fakulteti sanoat farmatsiyasi va biotexnologiya yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar tayyor dori vositalari va fitopreparatlar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha texnolog, muhandis-texnolog kvalifikatsiyasini oladilar. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari esa, dori ishlab chiqarish korxonalardagi asbob-anjomlar metrologiyasi va standartizatsiyasini nazorat qilib, dori vositari sifatiga javob berishadi. Mazkur kafedralarda jami 10 dan ortiq fan doktorlari va professorlar, 60 dan ortiq fan nomzodlari va dotsentlar, 80 dan ortiq katta o‘qituvchi va assistentlar talabalarga bilim bermoqdalar. Fakultetga tegishli kafedralar professor-o‘qituvchilaridan prof. V.R.Xaydarov, F.Jalilovlar mos ravishda 2015-2016 va 2016-2017 o‘quv yillarida Oliy ta’lim muassasalari Respublika pedagoglari ko‘rik-tanlovlarida sovirinli o‘rinlarni olishgan.
Institut rahbariyati tomonidan fakultetda o‘quv jarayoni va o‘quv uslubiy ta’minotni modernizatsiya qilish borasida e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, fakultetda mavjud barcha ma’ruza xonalari statsionar proektorlar bilan jihozlangan, bu esa o‘z navbatida ma’ruzalarni axborot texnologiyalari qo‘llangan holda (taqdimot, virtual laboratoriya, animatsiya va boshqalar) o‘qishni ta’minlaydi. Fakultetda o‘quv ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, nafaqat ma’ruza, balki amaliy mashg‘ulotlar ham zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar – video qurilmalar, kompyuterlar va turli ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash orqali olib boriladi. Oxirgi yillarda fakultetga tegishli fizika, biotexnologiya laborotoriyalari yangi asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
Fakultetga qarashli kafedralardagi barcha ta’lim yunalishlarining o‘quv rejasidagi fanlar bo’yicha o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan va institut axborot resurs markaziga joylashtirilgan. Barcha fanlar darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlangan, bu darslik va o‘quv qo‘llanmalar kafedralar professor-o‘qituvchilar tomonidan ilg‘or horij adabiyotlari asosida yaratilayotgan yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan boyitilmoqda.
Fakultetning barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan kafedralari, respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari, yetakchi ilmiy-tekshirish institutlari, dori vositalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik dasturi asosida, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini hisobga olgan holda o‘quv mashg‘ulotlari va amaliyotni o‘tkazib kelmoqdalar va o‘quv ishlari bilan birga ilmiy tadqiqot ishlari ham olib boriladi.