Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslari va ulardan foydalanish 3
2.Qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirishga va ixtisoslashtirishga ta’sir etuvchi omillar. Ixtisoslashtirish deganda korxona faoliyatini asosan biror tur (yoki tor doirada bir necha tur) mahsulot yetishtirishga qaratilishi, yetishtiriladigan mahsulotlar tarkibida shu mahsulot salmog‘ining asosiy o‘rin egallashi tushuniladi. U yoki bu qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirishga nafaqat qishloq xo‘jaligi korxonasi, balki butun bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin. Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi zonalari yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti Bir zona yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmada joylash-gan qishloq xo‘jaligi korxonalarining tovar ishlab chiqarishi Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer, shirkat xo‘jaligi) o‘rtasidagi mehnat taqsimoti Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining (fermer, shirkat xo‘jaligining) tovar ishlab chiqarishi Ichki xo‘jalik ixtisoslashtirish Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsu-lotlari yetishtirish maqsadida korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishi Tarmoq ichida ixtisoslashuv
Qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning bo‘linmalari o‘rtasida biror turdagi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonning bir qismini bajarishga ixtisoslashgan mehnat taqsimoti Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqa-rishi Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifoda etadi: korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki bu turdagi mahsulotning salmog‘i; korxona yalpi mahsulotini tarkibi; yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda tarkibi; ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va taqsimlanishi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv darajasini ko‘rsatish mumkin: Bu yerda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda; Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda; YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulot qiymati, ming so‘mda. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va jug‘rofik joylashuvidir. Cho‘l zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar qo‘ychilik, shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir. Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, mustaqillik yillarida davlat tomonidan paxta va g‘alla yetishtirishning strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilishi, paxta va g‘allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan. Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘i va Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi egallagani bilan mashhur. Ixtisoslashuv tushunchasi eng avvalo korxonaning tarmoq tarkibini shakllantiruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida turli-tuman mahsulotlarni yetishtirish jarayonlari qo‘llanilayotgan mehnat qurollari, mahsulot yetishtirish usuli, mehnatni tashkil qilish xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun - qo‘llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ishlab chiqarishning bir qismiga tarmoq deb aytiladi. Qishloq xo‘jaligidagi tarmoqlar asosan ikkita katta guruhga: o‘simlikchilik va chorvachilikka (6-chizma) bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- asosiy tarmoq;
- yordamchi tarmoq;
- xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq;
- qo‘shimcha tarmoq.
Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish yo‘nalishi ularda yetishtirilgai tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi.
Ma’lumki xo‘jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug‘lik, chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash mahsulotlar yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va aniqlanadi. O‘zlarining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra xo‘jaliklardagi ixtisoslashish tarmoqlari asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchilarga bo‘linadi. Asosiy tarmoqlarga xo‘jaliklarning tovar mahsulotlaridagi nisbiy o‘rni eng yuqori bo‘lgan tarmoqqa kiradi. Yordamchi tarmoqlarning o‘rni tovar mahsuloti strukturasida asosiy tarmoqdan keyin turib, ular asosiy tarmoqni rivojlantirishga shart sharoit yaratish, hamda yer, suv va mehnat resurslaridan to‘laroq foydalanish maqsadida tashkil etiladi Xizmat qilish tarmoqlariga xo‘jaliklardagi qurilish, tamirlash, har xil xizmat qilish ustaxonalari kirib ular ham kishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanishiga ijobiy ta’sir etadi. Kishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashishi avvalom bor asosiy tarmoqni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatib kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor nasldor mollarni ko‘paytirish, intensiv texnologiyalar qo‘llash va hokazolarni amalga oshirishni taqozo etadi. Birok, xo‘jaliklar ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori darajasiga asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib rivojlantirish orqaligina erishish mumkin. Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra xo‘jaliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Tor ixtisosli xo‘jalik,
2) Ixtisoslashgan xo‘jalik,
3) Ko‘p ixtisosli (tarmoqli) xo‘jalik,
Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog‘i bo‘lib, uning tovar mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (parrandachilik fabrikasi, bug‘doychilik komplekslari, parnik va teplitsa, meva kuchati yetishtirish va shunga o‘xshash xo‘jaliklar kiradi). Ikkinchi guruhning tarkibiga hozirda nisbatan keng tarqalgan, tarkibida asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi. Bu guruhdagi xo‘jaliklar tarkibida asosiy tarmoqlarning soni va ularning katta-kichikligiga qarab uchga bo‘linadi: a) tarkibida bitta asosiy tarmoq bo‘lib uning tovar mahsulotidan nisbati 50 % dan yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (paxtachilik, chorvachilik, parrandichilik xo‘jaliklari). b) tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning har biri tovar mahsulotidagi nisbati 20 foizdan kam bo‘lmay, birgalikda tovar mahsulotining yarmidan ko‘proq qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtachilik, don-chorvachilik, sabzavot-sutchilik, bog‘dorchilik-uzumchilik) v) Tarkibida uchta asosiy tarmoq bo‘lib, ular xo‘jalik tovar mahsulotini to‘rtdan uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta yordamchi tarmoqlar bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtalavlagi-chorvachilik, don-kartoshka -chorvachilik va h.). Xo‘jaliklardagi mavjud asosiy tarmoqlarga qarab uning ixtisoslashishini yuritish qabul qilingan. Ba’zi ixtisoslashgan xo‘jaliklarda asosiy tarmoq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash kabi xizmat qiluvchi tarmoqlar keng rivojlanish ham mumkin. Bular sabzavot, meva, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlar kabilar. Uchinchi guruhga (ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga) - tarkibida ko‘p sonli qishloq xo‘jaligi tarmoqlari mavjud bo‘lgan va yaqqol ko‘rinadigan ixtisosga ega bo‘lmagan xo‘jaliklar kiradi. Bu xo‘jaliklarda tarmoqlarni kamaytirilishi va ixtisoslashtirishni chuqurlashishi natijasida ixtisoslashgan xo‘jaliklar guruhiga o‘ta boradilar.