Mavzu: Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslari va ulardan foydalanish Reja: Kirish


Qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va tamoyillari



Yüklə 31,49 Kb.
səhifə4/6
tarix20.04.2023
ölçüsü31,49 Kb.
#125659
1   2   3   4   5   6
Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslari va ulardan foydalanish 3

3.Qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va tamoyillari.
Ixtisoslashtirish qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning asosi hisoblanadi. Chunki ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarida ilmiy yutuqlarni, progressiv texnologiyalarni, yuqori ko‘rsatkichga erishgan xo‘jalik tajribalarini joriy etish uchun qulay imkoniyatlar mavjuddir. Ixtisoslashtirishni rivojlanishi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini samaradorligini oshishining asosidir. Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirishning iqtisodiy samaradorligi tizim ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi:
• 1 gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hamda asosiy va aylanma vositalarning xar bir so‘mi hisobiga to‘g‘ri kelgan yalpi va tovar mahsulot qiymati,
• bir sentner mahsulot yetishtirish uchun sarflangan mehnat sarfi (odam-soat),
• bir sentner mahsulot tannarxi, sum
• bir gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer hisobiga to‘g‘ri kelgan daromad miqdori, so‘m.
• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabellik darajasi.
Ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy asoslangan ishlab chiqarish tiplarini aniqlashga bog‘liq. Ishlab chiqarish tiplari deganida ixtisoslashishi, undagi tarmoqlarning mutanosibligi va ularning intensivlik darajasiga qarab guruhlarga bo‘linishi tushuniladi. Bu ishlab chiqarish tiplarining nomlanishi xo‘jaliklardagi asosiy tarmog‘ining tovar mahsuloti nisbatiga muvofiq belgilanadi. Qishloq xujaligi korxonalarining ishlab chiqarish tiplari xilma-xil bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda o‘zgarib boradi, Masalan: hozirda O‘zbekistonda paxtachilik, bog‘dorchilik-uzumchilik, don-chorvachilik, qorakulchilik va boshqalar rivojlangan. Qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlani­shi, ishlab chiqarishi ixtisoslashishini chuqurlashishi va uning markazlashuvini kuchayishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini markazlashuvi-bu, ishlab chiqarish vositalarini, ish kuchi va mahsulot yetishtirishni yirik ixtisoslashgan korxona va birlashmalarda intilishi (to‘planish) jarayonidir.
Yirik bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida intensiv texnologiyani jadallash, ishlab chiqarish vositalarini ratsional va nisbatan intensiv ishlash amalma oshriladi.
Yirik korxonaning afzalligi mehnat unumdorligini oshirishda va mahsulot tannarxini pasaytirishda, ishlab chiqarishi ratsional tashkil qilish, hamda tinimsiz takomillashgan texnikani, fan va yuqori tajribalarni qullashda yaqqol ko‘rinadi.
Qishloq xo‘jaligini markazlashtirish jarayoni tinimsiz amalga oshirilib u ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.
Qishloq xo‘jaligi- ishlab chiqarishida markazlashishning tinimsiz davom etishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanishiga muvofiq korxona, kompleks va birlashmalarning katta-kichikligi optimal bo‘lishini taqozo etadi, chunki yirik qishloq xo‘jalik korxonasining maydonlarini afzalligi bu ma’lum darajagacha bo‘lib, o‘z navbatida bu daraja qishloq xo‘jaligining tarmoqlari o‘rtasida, hamda har xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bir xilda bo‘lmaydi.
Yirik ishlab chiqarish korxonalarining maydalarini afzalligini asosiy omillari quyidagilar:
• moddiy-texnika bazasining rivojlanish darajasi.
• texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati.
• tashkil qilish va boshqarish formalari va boshqalardir.
Qishloq xo‘jalik nazariyasi va amaliyoti faqatgana yirik xo‘jaliklargina samaradorli bo‘lish xususiyatiga ega degan yagona fikrga mukkasidan ketilishi natijasida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bir necha bor yiriklashtirish tadbirlari amalga oshirildi va bo‘larga o‘z navbatida katta isbotlanmagan kapital mablag‘lar sarflandi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki yirik ishlab chiqarish bilan mayda ishlab chiqarishni bir-biriga muvofiq holda olib borilishi yuqori iqtisodiy samaradorlik garovidir. Shuning uchun ham hozirda birlamchi bug‘in sifatida, fermerlar, dexqon xo‘jaliklari, kichik pudrat jamoalari, oilaviy pudrat va boshqalar yirik korxonalar tarkibida tashkil bo‘lmoqda. Ijtimoiy mehnat taqsimoti, bir tomondan ishlab chiqarishni har xil sohalarini va ularni ma’lum xildagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashga ajratsa, boshqa tomondan ular o‘rtasida aniq va puxta kooperativ aloqani taqozo etadi. Xo‘jaliklar, bunda o‘zaro va sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish, iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradilar. Yangi xildagi yirik ixtisoslashgan tashkiliy ishlab chiqarish formalari vujudga keladi. Bir xildagi tarmoq va soha korxonalarining o‘zaro kooperatsiyalashishi gorizontal bo‘yicha amalga oshirilish deb qabul qilinib, gorizontal integratsiya deyiladi. Integratsiya so‘zi ma’lum bo‘laklar yig‘indisini bir butunga birlashtirish ma’nosini bildiradi. Integratsiya butunlay yoki qisman tashkiliy qo‘shilishga olib keladi. Gorizontal integratsiyani ikki xil ma’noda amalga oshiriladi: Birinchi alohida bo‘lgan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos vazifani bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida amalga oshirishdir. Ikkinchi, bir nechta xo‘jaliklarning imkoniyat va mablag‘larini yirik ixtisoslashgan korxona tashkil etish maqsadida birlashishi; Gorizontal bo‘yicha xo‘jaliklararo kooperatsiyaning tashkiliy formalari bo‘lib, ular xo‘jaliklararo kooperatsiya korxonalari birlashmalaridir. Xo‘jaliklararo kooperatsiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga bog‘lik bo‘lmagan sohalarda, qurilish, xizmat qilish va boshqalarda tashkil topgandir. U korxonalar va xo‘jaliklar o‘rtasida har xil birikma ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkindir. Xo‘jaliklararo kooperatsiya kapi­tal mablag‘larni tez qoplash, yer, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligining bir qator texnologik vazifalarini sanoat va xizmat qilish tarmoqlariga o‘tishi bilan qishloq xo‘jaligi mehnati faoliyati toraya boradi: tayyor mahsulot yaratuvchi qishloq xo‘jaligi - ko‘p hollarda xom-ashyo yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko‘p hollarda uning o‘z faoliyatiga bog‘lik emas balki, qishloq xo‘jaligida yaratilgan mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, yetkazib berish va boshqa xizmat qilish tarmoqlari sohalariga, ular o‘rtasidagi aloqa va ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liqdir. Bu esa sanoat tarmoqlarini qishloq xo‘jalik korxonalari bilan uzviy birlashishiga shart-sharoit yaratib beradi. Bunda birlashishning zaminida ma’lum bir mahsulot yaratish maqsadlarining bir xilligi yotadi, ya’ni yagona texno­logik jarayon yotadi. Gorizontal bo‘yicha amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining kooperatsiyasidan farq qilgan holda, bunday birlashish vertikal agrosanoat integratsiyasi deb yuritiladi. Agrosanoat integratsiyasiga xos birlashmalar avvalom bor mahsuloti tez buziladigan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida vujudga keldi (uzum, meva, sabzavot, sut, efir moylari va hokoza). Hozirda mamlakatimizda vertikal agrosanoat tuzilmalarining quyidagi shakllari mavjud:
* Agrosanoat korxonalari,
* Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari),
* Agrofirma (firmalar),
* Ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari.
* Agrosanoat korxonasi - bu ishlab chiqarishning shunday tashkiliy tuzilmasidirki, unda qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini ishlab chiqarish va uni qayta ishlash uzviy bog‘liq holda tashkil etilgan bo‘ladi. Buning tarkibida qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlovchi bo‘linmalarga ega bo‘lgan xo‘jaliklar zavodlardir.
* Bunday korxonalarda mahsulotni nobud bo‘lishini oldi olinadi va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
* Xolding kompaniyalari (agrosanoat birlashmalari)-bu qator qishloq xo‘jaligi, sanoat korxonalari, hamda, xolodilnik saqlash, transport, hattoki savdo xo‘jaliklarini yig‘indisi bo‘lib, ular ayniqsa, mevasabzavot konserva, uzumchilik, vinochilik va boshqa ishlab chiqarishda keng tarqalgan.
-Agrofirma asosan tuman miqyosida tuzilib, tarkibiga tuman chegarasidagi xo‘jalik va korxonalar kiradi, ular o‘zlariniig yuridik huquqini yo‘qotmaydilar. Faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni sotishga ixtisoslashadi.
-Ilmiy ishla6 chiqarish birlashmalari bu tarmoqda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, hamda hayotga tadbiq etishni keng joriy etish maqsadida tuziladigan birlashmalardir. Ular urug‘ seleksiyasi, hosildor navlar va kuchatlar yaratish, mahsuldor chorva zotlarini yaratish yo‘nalishida xizmat qiladilar.


Yüklə 31,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin