Qobiliyatlar o`zi nima? “qobiliyatlar” psixologiyada keng va anchadan beri foydalanganligiga qaramay turli adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Agar barcha tushunchalarni birlashtirib, mo``jaz klassifikastiyani faraz qiladigan bo`lsak, “qobiliyat” tushunchasi uzoq muddatning rivojlanish jarayonida yuzaga kelganiga amin bo`lamiz.
“Qobiliyatlar-inson ruhiyatining xususiyati bo`lib, u barcha psixik jarayonlar va holatlarning yig`indisi sifatida tushuniladi”.
Ushbu tushunchaning kamchiliklari nimadan iborat? Bu tushuncha asoschisi Xristian Volf (1679-1754) hisoblanib, uning nazariyasiga ko`ra barcha psixik xodisalar qobiliyatlar kategoriyasiga kiritilgan. Bunday yondashuvda muayyan qobiliyatlar tizimini aniqlash mumkin emas edi.
Qobiliyatlarni inson hayotidagi ahamiyati ham aniqlanmagandi. Shuning uchun bu tushuncha psixologiyada keng tarqalmadi.
Qobiliyat haqida tushuncha
Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo`ladi, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig`indisidir. Zarur bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlami aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo`lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya`ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg`ulariga qarama-qarshi qo'yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo`yilishi kerak.
Qobiliyat —insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Q. bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan boʻlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim.
Pedagogik qobiliyatlarni N.V.Kuzmin, F.N. Gonobolinlar tadqiq etgan. Ular pedagogik qobiliyatlarning tizimida quyidagi qismlarni kiritganlar.
a) didaktik qobiliyatlar-o`quv materialini o`quvchilarga tushunarli, aniq, yoshiga mos holda o`qitish, ta`limga qiziqishni uyg`otish, ularda mustaqil fikrlashni shakllantirish:
b) akademik qobiliyatlar-turli fanlar (matematika, fizika, biologiya, tarix, va hokazo.)ga doir bilimlarga ega bo`lish.
v) Persteptiv qobiliyatlar-o`quvchining ichki duyosiga kira olish qobiliyati, psixologik kuzatuvchanlik, uning psixologik holatini to`g`ri anglay olish:
g) Maxsus xususiyatlar (tashkilotchilik xis, psixologik kashfiyotchilik, psixologik takt; emostional-irodaviy ta`sir etish, talabchanlik, tanqidiylik, tashkilotchilik faoliyatiga moyillik):
d) shaxsiy qobiliyatlarni N.V. Kuzmina, F. N. Kuzmina F.N.Gonobolinlar tadqiq etganlar.
Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda, yaʼni insonni fahmlash, obʼyektdan u yoki bu alomatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, Qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (qarang Daho) namoyon boʻladi.