Mavzu: Qobilyat va uning rivojlanishi. Reja



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə6/6
tarix11.11.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#131728
1   2   3   4   5   6
Qobilyat va uning rivojlanishi.

Avtoritar qobiliyat o`qituvchining rostgo`yligi, irodaviy uddaburonligi, o`zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy hislatlari hamda qator shaxsiy xislarga, shu bilan birga o`quvchilarning ta`lim-tarbiyasida javobgarlikni xis etishi, uning e`tiqodi, o`quvchilarga ma`naviy va ma`rifiy e`tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi hislatlariga ham bog`liqdir.
O`quvchilar (ayniqsa o`g`il bolalar, o`spirinlar, buni alohida ta`kidlab o`tish kerak) talab qilishni biladigan, o`quvchilarni majbur qilmagan va do`q-po`pisa qilmagan, shu bilan birga behuda rasmiyatchilikka yo`l qo`ymagan holda o`z aytganini qildira oladigan o`qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Shu munosabat bilan o`quvchilarning o`qituvchilar haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltiramiz.
“Uning ajoyib hislati bor–u hech qanday zo`rlash va baqiriq-qichqiriqsiz ishlay oladi”; “Biz uni jiddiyligi, vazminligi va talabchanligi uchun juda yaxshi ko`ramiz. U hamma vaqt shunchaki muloyimgina, sipogina talab qiladi, ammo uning talabi shu qadar ta`sirchanki, unga quloq solmaslik mumkmin emas”; “Bizning matematika o`qituvchimiz hamma vaqt yuvosh, osoyishta, o`zini tutgan va shu bilan bir qatorda butun sinfga ajoyib ta`sir eta oladi”; “Hamma o`qituvchimizning obro`sini e`tibor etmay ko`rginchi, u har qanday sharoitda ham o`z aytganiga erishadi”; “Nigmat aka bizga ustalik bilan ta`sir etadi. U hadeb talab qilavermaydi, agar talab qiladigan bo`lsalar undan bo`yin tovlab bo`lmaydi”, yoki o`quvchilarning o`z o`qituvchilari haqidagi mana bunday fikrlari: “Polvon akani maktabimizdan ketganiga biz xursand bo`ldik. U bizni do`q-po`pisa, baqiriq qichqiriq, buyruqbozlik bilan qo`lga olaman deb o`ylardi-yu, ammo bizni bardosh berishgagina majbur etardi, xolos”.
Bunda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktab ta`limi jarayonida olib borilayotgan ishlarning ahvoli to`g`risida juda achinib aytgan ftkrlarini keltirish o`rinli bo`lur edi: “Mabodo biror bir o`quvchiga e`tiroz bildirilsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi”. Maktablardagi jarayonda o`qituvchi hukmron. U boladan faqat o`zi tushuntirayotgan narsani tushuni bolishni talab qiladi. Prinstip ham tayyor: “mening aytganim-aytgan, deganim-degan”.
Shu bilan bir qatorda o`quvchilar o`qituvchining bo`shligi, landavurligi, soddalarga ishonuvchanligi, sustkashligi, ortiqcha rioyagarchiligi, irodasizligi kabi hislatlarini baralla qoralaydilar: “Tushunib bo`lmaydi: birda juda qattiqqo`l, talabchan, ba`zan hech qanday talab degan narsa yo`q”; “Juda bo`shang, lanj: uni ko`rishing b
ilan uyqing keladi”.
Qobiliyatli, tajribali o`qituvchi o`zining diqqat-e`tiborini o`quv materialining qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o`z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki o`quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan bir vaqtning o`zida barcha o`quvchilarni kuzatib, ularning toliqqan-toliqmaganligiga, e`tiborli yoki e`tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga e`tibor berib, o`quvchilarning intizomini kuzatadi hamda, oqibat natijada o`zining shaxsiy hulq-atvoriga (yurish-turishiga, o`zini tutishiga, mimika va pontamimikasiga) e`tibor beradi. Tajribasiz o`qituvchi, ko`pincha o`quv mateiralini bayon etishga berilib ketib, o`quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo`yadi. Agar, bordiyu, o`quvchilarni diqqat-e`tibor bilan kuzatishga harakat qilsa, bunday hollarda o`z bayonatining izchilligini yo`qotib qo`yadi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan qobiliyatlardan tashqari, o`qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarinlik kabi qator ijobiy xislariga ega bo`lishi lozim.
O`quvchilarni tarbiyalar ekan, o`zining hulq-atvori, yurish-turishi, xullas, butun o`qituvchilik shaxsi bilan o`quvchilarga o`rnak bo`lishi kerak.
O`qituvchining o`zini qo`lga ola bilishi, o`z his-tuyg`ularini, kayfiyatini boshqara olish hislatlari muhim ahamiyatga egadir.Xulosa qilib shuni aytish joizki, o`qituvchining barcha ijobiy umuminsoniy ahloq me`yorlariga mos keluvchi hislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi hislatlarni olib qaraydigan bo`lsak, bularning barchasi ham o`ta muhim omillardir. Jumladan, o`qituvchining tashqi qiyofasi uning obro`si shakllanishiga ta`sir etadi. O`qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, saranjom-sarishtaligi, sipoyagarchiligi, uning qiliqlari, o`zini chiroylik tutishi, qaddi-qomati va yurish-turishlari o`quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi. Jumladan, o`quvchilarning “Farida opani nechuk yaxshi ko`rmaysan, ular har doim shu qadar xushchaqchaq, ozoda, sarishta-saranjomlar-ku!?” yoki “Noila opa maktabda emas, balki teatrda ishlab, tomosha ko`rsatishi kerak.-chunki, ularning turqi-qiyofasi, yurish-turishi yasama, soxta” degan fikrlarini olishimiz mumkin.
Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin